Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
2.20. Tabiiy qatron 
Tabiiy qatron o’simlik va biogen birikmalaridan tashkil topgan organik 
moddadir. Tropik o’simliklarda tabiiy qatron ko’p bo’ladi. U past haroratda amorf 
holatda bo’lib, qizdirilganda avvaliga yumshab, plastik so’ngra esa suyuq holatga 
o’tadi. Elektr texnikada ishlatiladigan tabiiy qatron suvda erimaydi, ammo spirtda, 
efirda va o’zi bilan kimyoviy tabiati bir xil bo’lgan organik erituvchilarda yaxshi 
eriydi. Hosil bo’lgan eritma quritilganda yupqa parda hosil bo’ladi. Tabiiy qatron 
yopishqoq bo’lib, suyuq holatdan qattiq holatga o’tishida jism yuzasiga 


130 
mustahkam yopishadi. Bu material kompaund, plastik massa, sun’iy yoki tabiiy 
tolasimon materiallarining tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi. 
Shellak – tropik daraxt qumursqalari (gummilak) mahsuli. Shellak 
tangasimon ko’rinishli, rangli (och sariqdan qo’ng’ir tusgacha), spirt, aseton va 
efirda yaxshi eriydi. U eritilgan holatda kanifol, kopol, gliftal, bitum va novalak 
bilan yaxshi birikadi. Shellakning zichligi 1000 – 1040 kg/m
3
, chiziqli kengayish 
koeffitsienti 4,4∙10
-4
… 9∙10
-5
ga teng. Uning dielektrik xossalari quyidagicha:

r
=3,5; tg

= 0,01; 

= 10
13
-10
14
Om∙m; E
t
=20-30 MV/m. 
2.11-jadval
Polietilenning asosiy mexanik va fizik xossalari 
Ko’rsatkichlar 
Yuqori
bosimli 
Past
bosimli 
O’rtacha 
bosimli 
Zichligi ,kg/m
3
918-930 
954-960 
960-968 
Mustahkamligi,MPA: 
cho’zilishda 
10-17 
18-45 
18-40 
Egilishda 
17-20 
18-45 
25-40 
Siqilishda
14-17 
30-36 
20-37 
Nisbiy cho’zilish,% 
15-20 
10-12 
5-8 

,Om∙m 
10
15 
10
15
10
15

8
,Om∙m
10
15
10
15
10
15

r
(1MGs) 
2,2-2,3 
2,2-2,4 
2,3-2,4 
tg

(2-3) 10
-4
(2-4) 10
-4
(2-4) 10
-4
E
r
, MV/m 
45-55 
45-55 
45-55 
Erish harorati, 
0
C
108-110 
124-132 
128-135 
Suv yutishi (30 sutka),% 
0,02 
0,005 
0,01 
Ish harorati, 
0
C
90 
90 
90 
Shellakdan qoplovchi yoki yelimlovchi loklar tayyorlanib, ko’pincha, undan 
elektr asboblarining qismlarini loklashda foydalaniladi 
Kanifol – to’q sariq rangli mo’rt modda bo’lib, daraxt yelimidan ajratib 
olinadi. Kanifol spirt, benzin, benzol, skipidar, aseton, neft va o’simlik moylarida 
osongina eriydi, suvda esa mutlaqo erimaydi. Uning dielektrik xossalari 
quyidagicha: 

r
= 2,8; tg

= 0,003; 

= 10
13 
– 10
14
Om∙m; E
t
= 10-15 MV/m. 


131 
Elektr izolyatsiyasida kanifol lok va kompaund tayyorlashda, qatron tarkibida 
va yuqori kuchlanishli kabellar uchun neft moyiga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. 
Qahrabo – och sariq – qo’ng’ir tusli o’simlik maxsulidir. Qahraboning 
zichligi 1050 – 1096 kg/m
3
, yumshash harorati 175 – 200 
0
C. Uning dielektrik 
xossalari: 

r
2,8; tg

= 0,001; 

= 19
15
Om∙m; 

= 19
15
Om∙m. Bu qatron skipidar, 
benzin va moylarda yaxshi eriydi. Qahrabo qimmat bo’lganligi sababli, undan 
faqat maxsus o’lchov asboblarida va katta qarshiliklar ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling