Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
2.21. Sellyuloza 
Sellyuloza yuqori molekulali chiziqli polimer bo’lib, yog’ochga ishlov berish 
orqali olinadi. Sellyuloza yuqori molekulyar massaga ega. Sellyuloza tarkibida 
qutbli gidroksid guruh bo’lganligi sababli, u qutbli polimer hisoblanadi. Mazkur 
polimerning dielektrik xossalari quyidagicha: 

r
= 6,5-7,0; tgδ = 0,005-0,01.
98
Elektr texnikada izolyatsiya materiali sifatida ko’pgina sellyuloza
materiallaridan foydalaniladi. Ulardan elektr mashinasi va transformatorlar uchun
turli xil izolyatsiya materiallari yoki konstruksiya detallari ishlab chiqariladi. 
Sellyuloza asosida olingan qog’oz esa yuqori kuchlanishli kabel, telefon kabeli, 
transformator va kondensatorlar izolyatsiyasida ishlatiladi. 
Sellyuloza atsetati yaxshi tozalangan paxta sellyulozasidan olinadi. Bu 
materialning metilenxloriddagi eritmasidan tola va plyonka olinadi. Ularga 
egiluvchanlik xususiyatini berish maqsadida eritmaga plastifikator (dibutilftalat) 
qo’shiladi. 
Triatsetat plyonkasi, odatda, elektr mashinasining paz izolyatsiyasida 
qo’llaniladi. 
Nitrosellyuloza loki past kuchlanishli simlarning izolyatsiyasida ishlatiladi. 
Etilsellyuloza noyob xossalarga ega bo’lganligi sababli, undan kabel sanoatida sim 
usti va tola yuzasiga qoplama berishda foydalaniladi. 
98
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 91-bet 


132 
2.22. To’qimachilik materiallari 
To’qimachilik materiallari tarkibi tolalardan iborat xom- ashyoga maxsus 
ishlov berish orqali olinadi. Elektr izolyatsiyada tola sim va shnur yuzasiga o’rab 
yoki to’qib chiqiladi. Elektr mashina va apparatlarning asosiy izolyatsiyasini tashqi 
mexanik ta’siridan himoya qilishda ham tasma va gazlama matolar ishlatiladi.
Tola diametri silindrsimon bo’lmagani sababli, uning qalinligini aniqlashda 
raqamlash usulidan foydalaniladi. Tola raqami tola uzunligining uning massasiga 
nisbati orqali aniqlanadi. Demak, tola raqami qancha katta bo’lsa, tola shuncha 
ingichka bo’ladi. Agar bir necha tolalar birlashtirilib to’qilsa, to’qima qalinligi kasr 
sonda (75/3) ko’rsatilib, uning suratida tola raqami, mahrajida esa tola soni 
ko’rsatiladi
Tolasimon materiallar zichligi 920- 2500 kg/m
3
atrofida bo’lib, uning quyi 
chegarasi polietilenga, yuqori chegarasi esa asbest va shisha materiallariga xosdir. 
Elektr texnikada qo’llaniladigan gazlamalarga misol qilib shifon (qalinligi 0,15 
mm), batist (0,12mm) va bo’z (0,40 mm) ni olish mumkin.
Elektr mashina izolyatsiyasida, kabellarda va elektr uskunalarini ta’mirlashda, 
mitkal va batist tasmalar ishlatiladi. Bu tasmalarning eni 10 mm bo’lib, qalinligi 
kiper tasmasida 0,45 mm, mitkal va batistda -0,12 mm qilib olinadi 
Tabiiy shoyi tolasining tashqi qismi ipak yelimi seritsin bilan qoplangan 
bo’ladi. Izolyatsiyada ishlatiladigan ipak tolasi seritsin va boshqa material 
qo’shimchalaridan tozalanadi. Tabiiy shoyi tolalari juda ingichka bo’lib, sim 
yuzalariga qoplama sifatida ishlatiladi. Bu material yaxshi dielektrik xossaga va
mustahkamlikka ega. Tabiiy ipak gazlamalariga lok shimdirish orqali mexanik va 
elektr mustahkamligi yuqori bo’lgan materiallar olinadi. Bunday shoyi
to’qimalaridan shoyi-slyuda tasmalari ishlab chiqariladi. Izolyatsiyada 
ishlatiladigan shoyi gazlamalarning qalinligi 0,07-0,08 mm bo’lib, ulardan juda 
yupqa izolyatsiya qatlami tayyorlanadi. Shoyi ishlatib tayyorlangan izolyatsiya 
yupqaligi va nafisligi bilan ajralib turadi. 


133 
Sintetik tola va ulardan olingan turli materiallar elektrotexnikada triatsetat
shoyisi, kapron, lavsan nomi bilan tanishdir.
99
Triatsetat shoyisi asosan triatsetat sellyulozasi eritmasidan tayyorlanadigan 
tolalardan ishlab chiqariladi. U sim va kabellarning izolyatsiyasida ishlatiladi. 
Kapron gazlamasi kapron tolalaridan tayyorlanadi, olinadigan lavsan gazlamasi 
yoki tasmasi polietilentereftalatdan olinadigan lavsan tolalaridan tayyorlanadi. Bu 
gazlamalardan, o’z navbatida, mitkal va batist deb nomlangan tasmalar 
tayyorlanadi. Mazkur tasmalarning eni 15-30 mm, qalinligi 0,14-0,16mm bo’lib, 
ular qayishqoqligi va mexanik mustahkamligi bilan ilgarigilaridan farq qiladi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling