Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

2.26. Lok va kompaundlar 
Lok tabiiy va sintetik qatronlar, bitum, quriydigan moy, tsellyuloza efiri va 
boshqa birikmalarning kolloid eritmasidir. Lokning qurish jarayonida uning 
tarkibidagi erituvchi moddalar uchib ketadi, natijada lok pardasi hosil bo’ladi. 
Alifatik (benzin, uayt-spirit, kerosin) va aromatik (toluol, ksilol, solvent) 
uglevodorodlar organik erituvchilarning keng tarqalgan xillaridir. 
Vazifasiga ko’ra elektr izolyatsiya loklari uch guruh (shimiluvchi, qoplovchi 
va yelimlovchi)ga bo’linadi. 
Shimiluvchi loklar g’ovak va tolasimon izolyatsiya materiallari (qog’oz, 
yog’och, gazlama)ga shimilishi natijasida ular hajmidagi havo bo’shliqlarini siqib 
chiqaradi. Lok qurigandan so’ng izolyatsiya materialining mexanik va elektr 
mustahkamligi keskin ortib, uning gigroskopiklik xususiyati kamayadi; issiqlik 
o’tkazuvchanligi yaxshilanib, izolyatsiyaning issiqqa chidamliligi ortadi. Mazkur 
loklardan elektr mashina va apparati chulg’amlarini shimdirishda, lokli gazmollar 
va qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Qoplovchi loklar qattiq izolyatsiya materiallari yuzasiga surtilishi natijasida 
silliq, yaltiroq, mexanik mustahkam, namga chidamli qoplama olinadi. Qoplama 
loki izolyatsiya qarshiligini keskin oshirib, yuzani zaryaddan yaxshi muhofaza 
qiladi. Ushbu lok yuzani kimyoviy erituvchi va boshqa reagentlarga bardoshli 
qilishi bilan birga unga chang o’tirishini ham kamaytiradi. 
Bunday loklar suyuq holatda sim yoki po’lat varaqlarga yupqa qilib surtiladi. 
Natijada, metall yuzasida kerakli xossaga ega elektr izolyatsiya qoplamasi hosil 
bo’ladi. 
Yelimlovchi loklar ikki qattiq izolyatsiya materialini o’zaro yoki izolyatsiya 
materialini metall bilan biriktirish vazifasini o’taydi. Bu loklarga materiallarni 
yaxshilab yelimlash bilan birga yuqori darajali elektr izolyatsiya xossasini berish 
vazifasi ham yuklatiladi. Yelimlovchi loklar materiallarni biriktirish bilan birga 
ularga shimilishi ham shart. Bunday loklar xona haroratida qurish xususiyatiga 
egadir. Odatda, yuqori harorat va kerakli muhitda quritiladigan loklardan yaxshi va 
sifatli parda va hamda qoplamalar olinadi. 


137 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling