Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

Qatronli loklar sintetik, sun’iy va tabiiy qatron eritmalaridan iboratdir. 
Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 
Bakelit loki bakelitning spirtdagi eritmasi bo’lib, termoreaktiv turdagi lok 
hisoblanadi. Bu lok shimiluvchi yoki biriktiruvchilik vazifasini o’taydi. Bakelit 
loki quritilganda jism yuzasida qayishqoq bo’lmagan qattiq parda qatlami hosil 
bo’ladi. Bu lok getinaks, tekstolit ishlab chiqarishda, elektr apparatlarining 
izolyatsiyasida shimiluvchi sifatiga keng qo’llaniladi. 
Gliftal 
loki 
gliftal 
qatronining 
spirtlarning 
suyuq 
uglevodorodlar 
aralashmasidagi eritmasi bo’lib, termoreaktiv yelimlovchi lok hisoblanadi. Undan 
mikanit va mikalentalarni biriktirishda foydalaniladi. 
Sellyuloza loki - sellyuloza efirining eritmasidir. Bu lok quriganda hosil 
bo’lgan parda qatlami termoplastikligi bilan ajralib turadi. Nitrolak qurishidan 
hosil bo’lgan pardalar yaltiroq, mexanik mustahkam bo’lib, havo, namlik va moy 
ta’siriga chidamligir. Mazkur lok, asosan, sim yuzasidagi qog’oz-paxta o’ramini 
shimdirish uchun qo’llaniladi.
102
Moyli lok asosini zig’ir va tung kabi quriydigan moylar tashkil etadi. Quritish 
jarayonini tezlatish maqsadida ushbu loklarga erituvchi modda qo’shiladi. Bunday 
erituvchilarga benzin, kerosin va boshqalar misol bo’la oladi. Tarkibida bitumi 
bo’lmagan moyli lokning ranggi tiniq bo’lib, u mato va qog’oz izolyatsiyasini
shuningdek, elektr mashina va apparatlari chulgamlarini shimdirishda keng 
qo’llaniladi. Bu lok termoreaktiv bo’lganligi sababli, transformator chulg’amini 
shimdirishda juda qo’l keladi, hosil qilingan qoplama esa transformator moyida 
yaxshi ishlaydi. Issiqlik ta’sirida tez qotadigan moyli lok elektr mashina va 
apparatlarning magnit o’zaklaridagi po’lat varaqlarni sirlash uchun ishlatiladi. Bu 
po’lat varaqlar bir-biridan izolyatsiya qilinsa, o’zgaruvchan tokli magnit 
maydonida sodir bo’ladigan uyurma tok hisobiga vujudga keladigan dielektrik 
isroflar birmuncha kamayadi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling