“elektrotexnika va elektrinika”fanidan


Download 299 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi299 Kb.
#1539102
1   2   3
Bog'liq
1-лаборатория

ISH BO‘YICHA HISOBOT
Hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

  1. Ishning qisqacha tavsifi.

  2. Qurilmaning printsipial sxemasi.

  3. Tajriba jadvali.

  4. Olingan natijalarning taxlili va xulosa.

Nazariy ma’lumotlar:
Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi:


(2.1)

bu yerda: S - tekislik yuzi; F - shu tekislik yuziga tik ta’sir qiladigan bosim kuchi.


Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikular bo‘lgan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm2, bar, kgk/m2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. 2.1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
2.1-jadval
Bosimning turli o‘lchov birliklari orasidagi nisbati

O‘lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Pmut - mutlaq bosim - modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Patm - atmosfera va Port - ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat:


Pmut = Patm + Port (2.2)




Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
Port = Pmut - Patm (2.3)


Atmosfera bosimi - yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi.
Pv=Patm-Pmut (2.4)
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk - porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan bosim kattaligining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) manometr - mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
2) barometr - atmosfera bosimini o‘lchaydi;
3) vakuummetr - berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi;
4) manovakuummetr - ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
5) naporomer - kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
6) tyagomer - kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;
7) tyagonaporomer - kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
8) differensial manometr - ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi.
Suyuqlikli bosim o ich a sh asboblarining ishlash prinsipi o ic h an ay o tg an bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ishchi suyuqliklar, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi.
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda ishchi suyuqlik sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar ishchi suyuqlik ko‘rinadigan sathga ega. o‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ishchi suyuqlikning sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.



2.1-rasm. Ikki naychali manometr.


Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U - simon manometrlardan, vakuummetrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning prinsipial sxemasi 2.1 - rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘iib , unga shkala 4 o‘rnatilgan.
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari bir xil holatda bo‘ladi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin:

Pmut·S=Patm·S+H·S·g(ρ-ρi) (2.5)


Bu yerda: Pmut - o‘lchanayotgan bosim, Pa;


Patm - atmosfera bosimi, Pa;
S - naycha ko‘ndalang kesimining yuzi, m2;
N – Suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m;
ρ – suyuqlikning zichligi, kg/m3;
ρ1 – manometrdagi suyuqlik uslidagi muhitning zichligi, kg/m3;
g – erkin tushish tezlanishi, m/s2.

Demak:
Pmut=Patm+H·g(ρ-ρ1) (2.6)


Port=Pmut-patm-H·g(ρ-ρ1) (2.7)

Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz boisa, u holda:


Port=Pmut-Patm=H·g·ρ (2.8)


Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa ko‘payishini) va ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni:


H=h1+h2 (2.9)


Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (∆P):


∆P=P1-P2=H·g(ρ-ρ1) (2.10)


Manometrlarda ish suyuqligi kapillar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8 ... 10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ishchi suyuqlik sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.


Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbayi mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1, h1, va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat. Ularning ko‘rsatish xatosi 20 °C haroratda 2 mm dan oshmaydi. Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Mazkur asboblardan bosimlar farqini o‘lchashda difmanometr sifatida foydalanish mumkin.
Tuzilishiga qarab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), og‘ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir turi bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi.
Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo‘llanadi. Ularning kamchiliklari - ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat.
Texnik o‘lchashlarda kombinatsiyalashgan suyuqlikli mexanik asboblar qo‘llanadi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblardan farqli o‘laroq , ishchi suyuqlikning ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va halqali asboblar kiradi.



Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling