Element suzi – tarkibiy qism degan ma’noni bildiradi. Barcha jismlar atomlardan tashkil topgan buladi. Jism bu


Download 67.33 Kb.
bet3/4
Sana27.12.2022
Hajmi67.33 Kb.
#1069238
1   2   3   4
Bog'liq
kimyo nazariy 1.

Atom tuzilishi nazariyasi.
Atom tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar er.avv. 400 yillarda Demokrit asarlarida uchraydi.
Faqat XVIII asrga kelibgina ingliz olimi J.Dalton atomistik nazariyani yaratadi. Unga ko’ra barcha narsalar atomlardan tuzilgan. Daltonga ko’ra har bir element atomi o’ziga xos o’lcham va massaga ega bo’ladi.
Atomning o’lchami juda kichkina – 10-10m(1Å) atrofida. Uning absolyut massasi ham juda ham kichik mu.b.=1,66∙10-27kg.
1895 yil ingliz olimi Kruks manfiy zaryadlangan nurlarni ochadi va unga katod nurlari deb nom beradi. Yana bir ingliz olimi J.Tomson katod nurlarini magnit maydonidagi harakatini o’rganib, bunday nurlar har qanday moddada mavjudligini asosladi va unga elektron deb nom beradi.
1911 yil ingliz olimi Ernest Rezerford atom tuzilishing planetar modelini kashf etadi. Ya’ni u yupqa Au folga olib unga α nurlar oqimini yuboradi. Shunda bu nurlardan barchasi ham to’g’ri o’tib ketavermasdan baz’ilari burilishini, hatto orqaga ham qaytishini kuzatadi.
Planetar modelga ko’ra:



  1. Atom markazida musbat zaryadlangan yadro yotadi.

  2. Yadro atrofida manfiy zaryadli elektron harakat qiladi.

  3. Atom yadrosi o’lchami atomning o’lchamidan ancha kichik. Ya’ni atom o’lchami 10-10m bo’lsa, yadroning o’lchami 10-15m ga teng.

Atom elektroneytral bo’lib, yadro atrofidagi elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga tengdir. Yadroning musbat zaryadi esa o’z navbatida elementning davriy jadvaldagi tartib raqamiga teng. Buni 1913 yil ingliz fizigi Mozli aniqlagan.
Elektronning massasi juda kichik bo’lganligi uchun atomning asosiy massasi yadroda yig’ilgan. Atom yadrosining musbat zaryadini protonlar tashkil qiladi. Lekin yadroda protonlardan tashqari massaga ega zarrachalar ham bo’lib, ular neytronlar deyiladi. Neytronlarning mavjudligini 1932 yil Chedvik ochgan.
Ta’rif: Atom musbat zaryadli yadro va uning atrofida harakatlanuvchi manfiy zaryadli elektronlardan tuzilgan. Yadro o’z navbatida proton va netronlardan tuzilgan.
Proton va neytronlar soni ayni atomning massasini beradi va nuklonlar deyiladi. Proton, neytron va elektron fundamental zarrachalardir.




Zarracha

Zaryadi, Kl

Nisbiy zaryadi

Nisbiy massasi

p

Proton

+1,6∙10-19

+1

1

n

Neytron

0

0

1

ē

Elektron

-1,6∙10-19

-1

1/1840




Download 67.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling