Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

 
Ella 
2008 yil, 9 iyun, Nortgempton. 
Avvallari bir o'zi uyda qolishdan qo'rqadigan 
Ella, keyingi vaqtlarda o'zi yolg'iz qolishni 
yoqtirib qolganiga e'tibor berdi. U «Shirin 
shakkoklik» uchun taqriz yozishga kirishib 
ketdi va buning uchun Misheldan yana bir 
hafta muddat so'radi. U taqrizni ertaroq yozib 


tugatishi ham mumkin edi, lekin shoshgisi 
kelmayotgan edi. Bu ish unga o'zini, o'z oilaviy 
masalalarini, afsuski, eri bilan o'zi orasidagi 
eski qarama-qarshiliklarni tushunib olishiga 
yordam bergan edi. 
Bu hafta Ella birinchi marta pazandachilik 
darsini qoldirdi. O'zi hech kim bilan 
gaplashgisi kelmayotgan edi, oxirgi 
daqiqalarda tobi yo'qligini aytib bormadi. 
Aziz bilan yozishmalarini hammadan sir 
tutardi. Adabiyot agentidagilar uning kitob 
muallifi bilan virtual iliq munosabatlarini 
bilishmas edi, farzandlari bilan eri ham bilmas 
edilar. Ammo Ellani hammadan ko'p hayron 
qoldirayotgan narsa, bu o'zgarish o'zini sira 
bezovta qilmayotgani edi. U bunday o'zgarish 
bo'lishini sabr bilan kutib yurganday edi go'yo. 
Lekin elektron yozishmalar endi yetarli 
bo'lmay qolgan edi unga. U Azizga telefon 
qildi. Vaqtda besh soat farq borligiga qaramay, 
ular har kuni telefonda gaplashishardi. Aziz 
uning ovozi muloyim va zaifligini aytdi. 


Kulganida esa, kulgisi jur'atsiz va uzilib 
chiqarkan, go'yoki kulsam bo'larmikan yo 
yo'qmi deyayotganday. Bu boshqalarning 
e'tiboriga ahamiyat bermaslikni bilmaydigan 
ayolning kulgusi ekan. 
«Sen shunchaki tabiiy bo'l, - derdi unga Aziz. - 
Shunga harakat qil!» 
Lekin notinch oilaviy hayotida tabiiy bo'lish 
uncha oson emas edi. Avi matematikadan 
xususiy darslarga qatnay boshladi, Orli esa 
o'zidagi taomlanish muammosi tufayli 
ruhshunos qabuliga ro'yxatda turdi. Bugun u 
omletining yarmini edi, bu uning bir oy 
mobaynida bir qadar to'g'ri ovqatlangani edi. 
Garchi u omletda qancha kaloriya borligini 
so'ragan bo'lsa-da, harqalay Ella uning shu 
yeganiga ko'ngli aynab, qusmaganining o'zini 
ham mo'jizaga yo'ydi. Bu orada Janet o'zining 
Skott bilan aloqalari uzilganini e'lon qildi. 
Ikkisiga ham shaxsiy hayot uchun maydon 
kerakligi haqidagi fikrdan boshqa tushuntirish 
bermadi. Ellaning xayoliga bu «shaxsiy hayot» 


deganlari yangi muhabbatni anglatishi 
mumkinligi fikri keldi, zero na Janet, na Skott 
bu ma'noda vaqtlarini bekor o'tkazmayotgan 
edilar. 
Ellani hammadan ko'p hayron qilgan narsa, 
odamlar orasidagi munosabatlarning qanday 
katta jadallik bilan tug'ilishi va parchalanishi 
edi, lekin u hech kimni ayblamaslikka harakat 
qilardi. O'zining Aziz bilan yozishmalarida 
qo'lga kiritgan narsasi hech bo'lmaganda shu 
edi: agar xotirjamlik saqlasa, bolalar o'zlari 
unga o'zlari aytadilar. U bolalarining ishiga 
aralashmay qo'yganidan boshlab, ularning 
o'zlari kelib hammasini aytadigan bo'lishdi. 
Ella ularga yordam berishga va yupatishga 
shoshilishdan voz kechishi bilanoq, hammasi 
o'z-o'zidan va yaxshiroq yo'lga tusha boshladi. 
U faqat hodisalar qanday kechayotganini 
kuzatib borar, kun ketidan kunlar ortiqcha 
zo'riqishlarsiz, birin-ketin o'tib borardi. Ella o'z 
ixtiyorida bo'lmagan ishlarga aralashmay 
qo'yganidan beri, ichida go'yo yana bir inson 


paydo bo'lgandi - bu (ichki odam) ancha dono, 
bosiq va zukkoroq edi. 
- Bu o'sha beshinchi unsur, - shivirlar edi u 
goho o'ziga-o'zi. 
Hech qancha vaqt o'tmay, eri xotinida sodir 
bo'lgan o'zgarishga e'tibor berdi. Endi u bilan 
sal uzoqroq birga qolishni istayotgani boisi shu 
emasmikin? Uyga ham erta qaytadigan bo'lib 
qoldi, Ella endi u ayollar e'tiborini tashqaridan 
izlamay qo'yganmikin, degan shubhaga bordi. 
- Azizam, senga biron kori hol bo'lmadimi? - 
so'rardi undan goho Devid. 
- Menda hammasi joyida, - javob berardi 
kulim- sirab Ella. 
U o’zining sokin (ichki) maskaniga ketganidan 
buyon, u xuddi uzoq yillar uxlab 
o'tkazilganday bo'lib ko'rinayotgan o'z 
nikohidagi tashqi odatlarini tashlaganday edi. 
Endi Devid bilan risoladagidek hayot 
manzarasini chizishni bas qilganidan beri, Ella 
ular birgalikda yo'l qo'ygan barcha xatolarni, 
birga kechirgan hayotlaridagi barcha eski 


qusurlarni ravshan ko'rgan edi. Ella endi tabiiy 
edi. Va Devidning ham o'z-o'zidan shunday 
bo'lib qolganini his etdi. 
Endi nonushta va tushlik vaqtlarida ular katta 
odamlar o'z odatiy ishlarini tinchgina qilganlari 
kabi, xuddi kirim va chiqimlarini 
umumlashtirgan kabi muhokama qilar edilar. 
Keyin xuddi boshqa gaplashadigan gaplari 
yo'qligini bilganday, jim bo'lib qolishar edi. 
Gohida Ella eri o'ziga undan qandaydir biron 
so'z kutayotganday, e'tibor bilan qarab 
turganini ko'rib qolardi. Agar Ella undan ishqiy 
sarguzashtlari haqida so'rab qolsa, u jon deb 
tavba-tazarru qilishi mumkinligini bilib turardi. 
Lekin Ella o'zi buni istashidan shubhalanardi. 
Avvallari oila qayig'ini muvozanatdan chiqarib 
yubormaslik uchun eridan hech nima so'ramas 
edi. Endi esa, eri kechalari uyga 
qaytmaganlarida nimalar bilan shug'ullanishini 
bilmaydiganga solmaydigan bo'ldi. U hamma 
narsani bilishini va buning unga mutlaqo qizig'i 
yo'qligini aniq sezdirib turardi. Erini esa ayni 


shu narsa qo'rqitar edi. Ella uni tushunardi, 
chunki qalbi tubida o'zi ham shundan qo'rqardi. 
Agar Devid atigi bir oy oldin u tomonga bir 
qadam ko'ygan bo'lsa edi, u eridan minnatdor 
bo'lgan bo'lardi. Oilani mustahkamlash yo'lida 
qo'yadigan har qanday qadamini minnatdorlik 
bilan qabul qilgan bo'lardi. Lekin bir oy oldin 
bu shunday edi. Endi esa avvalgi hayoti unga 
haqiqiy hayot bo'lib ko'rinmas edi. Uch 
bolaning onasi qanday qilib shu ko'yga tushdi? 
Boz ustiga, Janet aytganiday, hamon baxtsiz 
ekan, nima uchun o'zini hamma baxtsizlar 
tutganlariday tutmadi? Nima uchun 
vannaxonaga kirib yig'lab yurmadi, 
oshxonadagi rakovinaga engashib ho'ngramadi, 
tashqariga chiqib ketib yolg'iz aylanib yurmadi, 
devorga idishlarni otib sindirmadi? Hech nima 
qilmadi. 
Ellaga g'alati sokinlik cho'kkan edi. U to'kis 
ta'minlangan hayotini katta tezlik bilan tark eta 
boshlagan edi, lekin ayni paytda ilgari o'zida 
sira bo'lmagan barqarorlik borligini his etardi. 


Ertalablari oynaga uzoq tikilar, o'z yuzidagi 
o'zgarishlarni kurmoqchi bo'lardi. 
Yoshardimikin? Yoqimliroq bo'ldimikin? 
Lekin hech qanday farqni ko'rmas edi. Va 
baribir u endi avvalgiday emas edi. 
Kira 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling