Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Ey, yuzimni dahr aro misli qamar qilgan 
o'zing, 
Band-bandim so'ylatib, ahli nazar qilgan 
ko'zing. 
Ey, shamolingdan daraxtim raqs aylab, 
o'ynagan, 
Noming aytsam, og’zimi shahdu shakar qilgan 
so'zing. 
Men Kiraning o'z xayollari og'ushida ekanini 
tushunib turardim. Uning yuziga bir qarashning 
o'zidayoq eri chekayotgan azoblardan qattiq 
azobda ekani aniq ko'rinib turardi. U erining 


birgina tabassumi uchun hamma narsaga tayyor 
edi. Shunga qaramay, nihoyat Shamsdan 
qutilganidan o'zini yengil his etar, hatto 
xursand ham edi. 
- Agar men uni topsam, nima bo'ladi? - deb 
yubordim beixtiyor va bundan o'zim hayron 
bo'ldim. 
- Nima ham qilardik. Qanday yashagan bo'lsak, 
shunday yashayveramiz, - javob qildi Kira
uning ko'zlarida umid nurlari porlardi. Men 
Kira nima istayotganini aniq tushunib turardim. 
Shams Tabriziyni izlamasligim kerak edi- 
Damashqqa bormasligim kerak edi. Shahardan 
chiqib biron mehmonxonada yashash, bir-ikki 
hafta o'zimni Shamsni tinimsiz izlaganday 
ko’rsatib qaytishim mumkin edi. Otam 
gapimga balki ishonishi mumkin edi, hammasi 
shu bilan barham topardi. Bu balki nafaqat 
Kira uchun va Shamsni hech qachon yaxshi 
ko'rmagan Aloviddin uchun, shuningdek
otamning shogirdlari va izdoshlari uchun, hatto 
o’zim uchun xam eng yaxshi yo'l bo'lar edi. 


- Kira, men nima qilishim kerak? 
Otamni deb islomni qabul qilgan, menga va 
ukamga juda yaxshi ona bo'lgan, o'z erini 
bexad sevgan va o'ziga bag'ishlanmagan she'rni 
yod olgan bu ayol menga diqqat bilan qarab 
qo'ydi va hech nima demadi. 
Javobni o’zim topishim kerak edi. 
Rumiy 
1246 yil, avgust, Konya. 
Shams yo’q, quyoshsiz dunyoda quvonch ham 
yo'q. U sovuq va qayg'uli, qalbim bo'm-bo'sh. 
Kechalari uxlamayman, kunduzi uyda 
bemaqsad sandiroqlab yurganim-yurgan. Go'yo 
shu yerdaman-u, lekin shu yerda emasman - 
tiriklar orasidagi o’lik. Hamma meni 
asablantiradi. Nima uchun hamma xuddi hech 
nima bo'lmaganday, bemalol yashayapti-ya? 
Shams Tabriziy bo'lmasa, hayot o'zgarmasligi 
mumkinday go'yo. 
Har kuni erta tongdan to kechgacha 


kutubxonamda Shamsni eslayman. Masalan, 
bir kuni menga o'zining odatdagi sal xirildoq 
ovozi bilan «Sen bir kunmas bir kun ishq 
kuychisi bo'lasan» degan edi. 
Kim bilsin, kim bilsin... Lekin bu so'zlar 
qalbimdagi zulmatni engishimga yordam 
berayotganga o'xshayapti. Balki Shams shuni 
istagandir. U mening shoir bo'lishimni istagan 
bo'lsa kerak! 
Hayot ezgulikka yo'nalgan. Nimaiki sodir 
bo'lmasin kattami yo kichik - biz yengib 
o'tadigan barcha qiyinchiliklar, mohiyatan, 
Xudoning, biz komil bo'lmog'imiz uchun 
tuzgan, muqaddas rejasiga kiradi. Kurash - bu 
inson bo'lishni istagan kishining ichki ishi. 
Shuning uchun Qur'onda «...Bu yon esa 
mo'minlarning qutulish yo'lidir» deya alomat-
belgilar qo'yilgan. Xudoning chizgisida tasodif 
yoki to'g'ri kelib qolish degan narsalar yo'q. Va 
Shams Tabriziy deyarli ikki yil oldin aqrab 
oyining o'sha kunida mening yo'limdan chiqib 
qolgani ham tasodif emas edi. 


- Meni sening oldingga shamol uchirib 
kelmadi, - degan edi Shams. 
Keyin menga o'z rivoyatlaridan birini aytgan 
edi: 
- Bir so'fiy bo'lgan ekan, unga hatto Iso 
nafaslik yuksak ilmi nasib etgan ekan. Garchi 
faqat bitta shogirdi bo'lgan esa-da, shuning 
o'ziga ham rozi ekan. Lekin shogirdi 
boshqacharoq ekan. Ustoziga boshqalar ham 
qoyil qolishlarini istab, ko'proq shogirdlar 
olishini undan hadeb so'rayveripti. 
- Yaxshi, - rozi bo'lipti nihoyat ustozi. - Shuni 
istasang, mayli, yana shogirdlar bo'lsa bo'la 
qolsin. 
O'sha kuniyoq ular bozorga borishipti. Bir 
joyda qush shaklidagi shamlar sotuvga 
qo'yilganini ko'rishipti. Ustoz shamlarga 
sekingina puflagan ekan, ularga jon kirib, 
shamolda uchib ketishipti. Qoyil qolgan 
tumonat shahar ahli ustoz yoniga to'planibdi. 
Tez orada shogirdlar shunchalik ko'payib 
ketiptiki, ustozning birinchi shogirdi bilan 


uchrashishi uchun sira vaqti qolmaydigan 
bo'lipti. 
- Oh, ustoz, men nohaq ekanman. Avvallari 
ancha yaxshi yashagan ekanmiz, - debdi xafa 
bo'lib shogird. - Biron chora ko'ring. Iltimos, 
ularni haydang. 
- Yaxshi. Sen shuni istasang, hayday qolaman. 
Ertasi kuni ma'ruza o'qiyotib, ustoz shamol 
ko’taripti. Shogirdlar qo'rqib ketishipti va 
birin-keti unga orqalarini o'girib keta 
boshlashipti. Faqat avvalgi shogird qolipti. 
- Xo'sh, sen nima uchun boshqalar bilan 
ketmading? - so'rapti ustoz. 
- Men sening huzuringga birinchi shamoling 
uchun kelmagan edim, - javob beripti shogird, - 
va bu shamoling uchun seni tashlab ham 
ketmayman. 
Shams nimaiki qilgan bo'lsa, mening foydam 
uchun qildi, menga yaxshi bo'lsin uchun qildi. 
Shahar ahli buni tushunmadi. Shams g'iybatlar 
shamolini ataylab qo'zg'atdi, odamlarning 
jig'iga tegdi, Konya aholisi uchun shakkoklik 


bo'lib ko'rinadigan gaplarni aytdi. U hatto 
o'zini yaxshi ko'radigan odamlarni ham 
qo'rqitib, jig'iga tegdi. Shams men o'zimning 
oldingi bilimlarimni unutmog'im uchun 
kitoblarimni suvga otdi. Garchi hamma uning 
shayxlar va olimlarni yomonlab gapirganlarini 
eshitgan bo'lsalar ham, aslida o'zi muqaddas 
matnlarni qanchalar chuqur tafsirlay olishini 
juda kamchilik biladi. Shamsning alkimyo, 
nujum, ilohiyotshunoslik, falsafa va mantiqdan 
ilmi chuqur edi, lekin o'z ilmlarini johil 
odamlardan uzoqda, yashirin saqlardi. U faqih 
edi, lekin o'zini faqirday tutardi. 
U fohishaga uyimiz eshigini ochdi, bizni u 
bilan birga yashashga va birga tanovullar 
qilishga majbur qildi. U meni qovoqxonaga 
yubordi va u yerda ichkilikbozlar bilan 
suhbatlashishimga maslahat berdi. U meni, 
moxov bo'lish qismati nimaligini bilishim 
Uchun, o'zim xutba o'qib kelgan machit 
darvozasi ro'parasida tilanchilik qilishga 
majbur etdi. U meni oldin o’z muxlislarim va 


izdoshlarimdan, keyin aslzodalardan ajratib 
oldi va oddiy odamlarga yaqinlashtirdi. Faqat u 
tufayli men odatda sira tanimay yonlaridan 
o’tib ketadigan odamlar bilan tanishdim. 
Shams odamlarni Xudodan ajratadigan barcha 
butlarni yo'qotish kerak deb hisoblardi. Uning 
uchun shon-sharaf, boylik, hatto diniy 
aqidalarda ham butga aylanuvchi jihatlar bor 
edi. Shams odatlangan hayot tarzimdagi meni 
bog'laydigan barcha aloqalarim iskanjasini 
ancha bo'shashtirdi. Ongimdagi cheklanish yo 
bid'atni ko'rib qolgan zahoti, vaqtni zoe 
ketkazmay, raqibni darhol gumdon qilardi. 
Men uni deb, meni eng ishonchli 
muxlislarimdan ham ajratib yuboradigan, 
barcha sinov va tekshiruvlardan, barcha daraja 
va bosqichlardan o'tdim. Muxlislarim juda ko'p 
edi, endi esa menga hech kim kerakmas. Shams 
ketma-ket zarba beraverib, butun obro'-
e'tiborimni chilparchin qildi. U tufayli men 
telbalikning qadr-qimmatini angladim va 
yolg'izlik, nochorlik, g'iybat, tarkidunyochilik, 


nihoyat, qayg'u va umidsizlik ta'mini totdim. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling