Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1247 yil, may, Konya.
Ishqday nozik mavzu ustida gap ketganda e'tiroz bildirish juda qiyin. Bu xuddi shamolni to’xtatishga urinishday ish. Garchi shamol vayrongarchilik olib kelishini bilib tursang hamki, to'xtatolmaysan. Shuning uchun Kimyoni ko'p ham savolga tutmadim, lekin buni Kimyo meni ishontirgani uchun emas, balki uning ko'zlarida ishq borligi uchun qildim. So'rab-surishtirishdan ne foyda? Kuchim etmaydigan boshqa hodisalarni ham qabul qilgan kabi bu to'yni ham qabul qilishga to'g'ri keldi. Ramazon oyi tayyorgarlik ishlari bilan tez o'tib ketdi. Bo'ladigan to'y oqibatlari haqida o'ylashga bir daqiqa ham bo'sh vaqt bo'lmadi. Iyd bayrami yakshanbaga to'g'ri keldi, to'rt kundan keyin esa Kimyoni Shamsga uzatdik. Kecha nikoh arafasida mening kayfiyatimni butkul o'zgartiradigan bir hodisa bo'ldi. Oshxonada mehmonlarga non yopish uchun xamir qorayotgan edim. O'zimdan o'zim xamirdan kichik zuvala uzib olib, shakl yasay boshladim. Bibi Maryamning, Iloh Onasining shakli hosil bo'ldi. Pichoqda uzun ko'ylak qirqdim va yuziga sokinlik, mehribonlik ifodasini berdim. Bu mashg'ulotga qattiq berilib ketganimdan, orqada kimdir kelib, qarab turganini sezmabman. - Nima qilayapsan, Kira? Yuragim qinidan chiqib ketay dedi. O'girilib, eshik oldida meni qiziqsinib kuzatayotgan Shamsni ko'rdim. Eng oldin qo'limdagi shaklni berkitmoqchi bo'ldim, lekin juda kech bo'lgan edi. Shams yaqinroq keldi va men yasagan narsaga qaradi. - Bu Bibi Maryammi? - so'radi u, men javob bergach, o'zining nurlanib turgan yuzini menga burdi. 1 U zal chiqipti. Sen uni qo'msab turasanmi? - Men musulmonlikni qabul qilganimga ko'p bo'l- gan. Va men musulmonman, - dedim shasht bilan. Lekin Shame xuddi meni eshitmaganday gapida da- vom etdi: - Islomda Maryam kabi ayollar nima uchun yo'q, deb o'ylasang kerak? Albatta, Bibi Oysha, Bibi Fotimalar borliklarini bilasan, lekin ular sening nazdingda sen o'ylaganday o'rinda emas, boshqacharoq. Men o'zimni noqulay his etardim va nima deyishni ham bilmasdim. - Ruxsat etsang, bir rivoyat aytaman. Turli shaharlardan kelib qolgan to'rt kishi - turk, arab, fors va yunon ittifoqo bozor yonida- gi chorrahada uchrashib qoladilar. Bir oliyjanob kishi ularga bir dirham sadaqa qilib o'tib keta- di. Dirham o'rtada, chunki unda har birining haqqi bor. Bu pulga biror egulik sotib olmoqchi bo'ladi- lar. Shunda fors - angur, turk - uzum, yunon - istafil, arab - eynab emoqchiligini aytadi. Orada janjal ko'tariladi. To'rtalalari ham ayni bir narsa - uz- umni xohlayotgan bo'lsalar-da, bir-birining tilini tushunmaganlari uchun yoqa bo'g'ishib ketadilar. Shu ora¬da tasodifan yonlaridan so'fiy o'tib qolipti. So'fiy ularning pullariga uzum sotib olipti. Keyin uni idishga solib ezipti va ularga uzumning faqat sharba- tini ichishni, qolgan narsalarni esa chiqarib tashlash- ni tavsiya etipti. Bu bilan u asosiysi mevaning tashqi shakli emas, ta'mi ekanini uqtiripti. Rivoyat bugungi kun uchun ham aktual. To'rt kishi tushunmay turgan bitta so'zni, to'rttovining tilini tushunadigan boshqa bir inson oralaridagi nizoni hal qiladi. Bugungi hayotda ham odamlar (millatlar, turli din vakillari) bir-birlarini tushunmoqlari uchun faqatgina zohiran til bilmak etarli emas, bal¬ki botin tilini ham bilmak, anglamak kerak. Ayniqsa, bugungi globallashuv va global krizislar davrida bu juda zarur). - Xristianlar, yahudiylar, musulmonlar odatda mevaning tashqi shakli borasida bahs yuritadilar, so'fiy uchun esa mohiyat muhim, - dedi Shame quvnoq tabassum bilan. - Men... men buni to'g'ri deb o'ylamayman, - dedim tutilib. - Nima uchun? Dinlar misoli daryolar. Hammasi bir ummonga qarab oqadi. Xudo Onasi insonlarga yupanch, hamdardlik, beminnat muhabbat baxsh etadi. U hammamizga va har birimizga tegishli. Musulmon bo'lgach, sen baribir uni yaxshi ko'rishda davom etishing mumkin va hatto qizingni Maryam deb atashing mumkin. - Mening qizim yo'q. - Bo'ladi. - Qayoqdan bilasiz? - Bilamanda. Buni eshitgach, hayajonim kuchaydi, lekin keyin ha-yajon o'rniga sokin xotirjamlik keldi. Sokinlik va allaqanday uyg'unlik hislari ta'sirida birgalikda Bibi Maryam shakliga qarab turdik. Yuragimdagi muz eridi, Shams uyimizga kelganidan buyon birinchi marta men unda Rumiy hamisha ko'radigan insonni - katta qalbli insonni ko'rdim. Shunga qaramay, uning Kimyoga yaxshi er |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling