Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
BO'ShLIQ (Yo'q deb hisoblanadigan bor narsalar...) Sulton Valad
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
BO'ShLIQ
(Yo'q deb hisoblanadigan bor narsalar...) Sulton Valad 1246 yil, iyulь, Konьya. Otam zo'rg'a nafas olib, yiqilay-yiqilay degan ahvolda o'z xonasiga kirib keldi. Uning avvalgi ko'rinishi yo'qolgan, go'yo faqat soyasi qolgan edi. Yuzlari kichrayib ketgan, ko'zlarining osti salqigan, qorayib ketgan, kechasi bilan uxlamagan ko'rinardi. Lekin meni eng qattiq larzaga solgan narsa bu soqolining oppoq oqarib ketgani edi. - O'g'lim, menga yordam ber, - dedi u qandaydir begona ovoz bilan. Men uning yoniga otildim, qo'ltig'idan oldim: - Nima qilay, otajon, ayting. U bir muddat jim qoldi, go'yo yuz bergan voqeani bor og'irligi bilan ko'tarishga kuchi yetmayotganga o'xshardi. - Shams yo'q. U meni tashlab ketdi. Bir on men erkinlik hissini tuydim. Biron so'z aytmadim. Otamga juda achinib ketgan bo'lsam ham, miyamga bu yaxshi bo'ldi, shekilli, degan fikr keldi. Nahotki hayotimiz yana avvalgiday tinch va sokin bo'lsa? Keyingi vaqtlarda shu Shamsning dastidan otamning dushmanlari ko'payib ketdi. Men hamma narsa o'z avvalgi iziga tushishini, hayot Shams Tabriziy kelmagan vaqtidagiday bo'lishini juda istardim. Alovuddin ham balki haqli edi. Axir Shamssiz bizga yaxshi bo'lmaganmidi? - U men uchun qanchalar ahamiyatli ekanini esingdan chiqarma, - dedi otam xuddi fikrimni o'qiganday. - U va men - bir butunmiz. Oyning yorug' va qorong'u tomonlari bo'lganiday, meni Shamsdan ajratib bo'lmaydi. Uyalib ketib, boshimni silkitdim. Yuragim achidi. Otamga ortiq hech nima demasligim kerak. Men odamning ko'zida bunchalar ko'p azob jo bo'lishini hech qachon ko'rmagan edim. Tilim birdan g'alati, og'ir bo'lib qoldi. Bir og'iz so'z ayta olmadim. - Shamsni top... agar topilishni o'zi istasa, albatta. Biznikiga olib kel. Unga mening yuragim qattiq og'riyotganini ayt. Uning yo'qligi meni o'ldirayotganini ayt. Oxirgi gapini u shivirlab aytdi. Men unga Shamsni olib kelishga va'da berdim. Otam qo'llarimni ushlab olib, shunday minnatdorlik bilan qisdiki, ko'zimni undan olib qochishga to'g'ri keldi. Otam ko'zlarimda qat'iyatsizlik borligini kurib qolishini istamas edim. Shamsni topish umidida bir hafta Konya ko'chalarini tit-pit qilib chiqdim. Bu vaqtga kelib shaharda hamma uning yo'qolganini bilib bo'lgan edi, bu haqida turli gap-so'zlar yurardi. Men Shamsni juda yaxshi ko'radigan moxov bilan uchrashdim. U meni darvish yordam bergan juda ko'p baxtsiz odamlar bilan tanishtirdi. Shamsni shuncha odam yaxshi ko'rishini bilmagan ekanman, ular men ko'rmay, e'tibor bermay kelgan odamlar edi. Bir kun kechqurun uyga juda charchab qaytdim. Nima qilsam, yana qayoqqa borsam ekan? Kira menga atirgul yog’I solingan bir likop shovla olib keldi. O'zi yonimda ovqatlanishimni kuzatib o'tirdi. U kulimsirab o'tirardi, lekin yuzlarida azob borligini ko'rib turardim. Keyingi yil ichida u qanchalik qarib qolganini ko’rmaslik mumkin emasdi. - Shamsni uyimizga qaytarish uchun izlayotgan emishsan. U qayerdaligini bilasanmi? - so'radi Kira. - U Damashqqa ketgan, degan gaplar bor. Boshqalar esa Isfaxonda, Qohirada deyishayapti, hatto o'z vatani Tabrizda, deyayotganlar qam bor. Otamning shogirdlari uni boshqa shaharlardan ham izlashayapti. Kirani yuzlarida xafalik ifodasi paydo bo'ldi,u xuddi o'ziga-o'zi gapirayotganday shivirladi: - Mavlono she'rlar yozayaptilar. Go'zal she'rlar, Shamsning hajri ularni shoir qildi. Keyin xuddi eron gilamini tomosha qilayotganday, ko'zlarini pastga tushirib, bir necha bor xo'rsindi, she'r o'qiy boshladi: Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling