Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1247 yil, dekabr, Konya. 
Hamma odamlarning ko'zida biz er-xotin edik. 
To'yimizdan keyin yetti oy o'tdi. Bu vaqt ichida 
Shams men bilan biron marta ham erdek 
yashamadi. Men odamlardan haqiqiy ahvolni 
yashirishga urinardim, lekin ular to'g'risini 
bilishadi deb o'ylardim. Nazarimda, bu 
sharmandali holat peshanamga yozib 
qo'yilganday ko'rinib turardi, unga qarab 
hamma tushunib olayotganday tuyulaverardi... 
Shams mening xonamga kirmas edi 


demayman. Kirardi, albatta. Lekin har safar 
kechqurun kirmoqchi bo'lsa, oldindan mendan 
ruxsat so'rardi. Va har safar men unga: 
- Ha, albatta. Axir erimsiz-ku! - deb javob 
qilardim. 
Keyin kun bo'yi duolar o'qib, nafasimni 
ichimga yutib, qachon nikohimiz haqiqiy 
hodisa bo'lishini kutardim. Lekin u eshigimni 
faqat birga gaplashib o'tirish uchun taqillatardi. 
U men bilan birga kitob o'qishni yaxshi 
ko'rardi. Biz u bilan bir nechta kitobni - «Layli 
va Majnun», «Farhod va Shirin», «Yusuf fia 
Zulayho», «Atirgul va bulbul»ni o'qidik. 
Ularning hammasida ham, boshlariga ne 
savdolar tushsa ham, sevishganlar o'z 
sevgilaridan kechmaydilar. Bu kitoblar meni 
g'ussaga soladi. Bu balki men o'zim hech 
qachon bunday muhabbat ta'mini totib ko'ra 
olmasligimni bilganim uchundir. 
Kitob o'qimagan vaqtlarimizda Shams islom 
so'fiy darvishlarining qirq asosiy qoidasi 
haqida hikoyalar qiladi. Bir marta qaysidir 


qoidani tushuntira turib, boshini tizzamga 
qo'ydi. Keyin sekin ko'zlarini yumdi va jim 
bo'lib qoldi. Uxlab qoldi, men uning uzun 
sochlarini siladim, peshonasidan o'pdim. U 
ko'zini ochgunicha bir umr o'tgandek bo'ldi. 
Keyin u meni o'ziga tortdi va ohista o'pib 
qo'ydi. Bu eng baxtli onlar edi. 
O'tgan yetti oy mobaynida men ham bir necha 
marta uning xonasiga bordim. Va har safar uni 
ogohlantirmasdan borganimda, qo'rqqanimdan 
yuragim siqiladi, chunki u meni qanday qarshi 
olishini bilmayman. Shamsning kayfiyatini 
oldindan bilib bo'lmaydi. Ba'zan u shunday 
mehribon va muloyim bo'lardiki, men barcha 
kechmishlarim uchun uni kechirishga tayyor 
bo'lardim, ba'zan esa juda injiq bo'lib qolardi. 
Bir marta uni yolg'iz qolishiga 
qo'ymayotganimni aytib, eshigini qattiq yopib 
oldi. Shu tarzda men undan ranjimaslikka 
odatlandim, shu bilan birga, men ham u 
muroqaba (meditasiya) qilayotganida unga 
xalal bermaydigan bo'ldim. Bir necha oy 


mobaynida men o'zimni nafaqat boshqalar 
ko'zi uchun, o'zim uchun ham juda 
mamnundek ko'rsatib yurdim. O'zimni Shams 
qiyofasida hamfikr, ustoz, suhbatdosh, hatto o'z 
o'g'limni ko'rishga majbur etdim, ammo 
faqatgina erni ko'ra olmas edim. O'zim yoki 
uning kayfiyatidan kelib chiqib men unga har 
xil qiyofalar berardim. 
Ma'lum vaqtga qadar bu meni qanoatlantirib 
keldi. Ortig'ini kutmasdan, faqat 
suhbatlashishni kutadigan bo'ldim. Uning fikr-
mulohazalarimni qadrlashi va rag'batlantirishi 
meni behad shodlantirardi. Men undan ko'p 
yangi narsalar o'rgandim, keyinroq esa o'zim 
ham uni nimalarnidir o'rgatishim 
mumkinligini, masalan, u tushunchaga ega 
bo'lmagan oilaviy hayotga o'rgatishim 
mumkinligini angladim. Shuningdek, hech kim 
uning kulgisini menchalik keltira olmas edi. 
Lekin bu menga yetarli emas edi. Qancha 
urinmay, u meni sevmaydi, degan fikrdan 
qutula olmas edim. To'g'ri, men unga 


yoqardim, u meni qadrlardi. Lekin bular sevgi 
emas edi. Bu fikr esa menga azob berardi, 
jismu jonimga tinchlik bermay, ich-ichimdan 
kemirardi. Men do'stlardan ham, qo'shnilardan 
ham nari yurardim. O'z xonamda yolg'iz 
qolishni va marhumlar bilan gaplashishni afzal 
ko'radigan bo'ldim. Zero, tiriklardan farqlanib, 
marhumlar hech qachon hech kimni 
ayblashmaydi. 
Tiriklardan esa faqat Cho'l atirguli mening eng 
yaqin dugonamga aylandi. 
Ikkimiz ham odamlardan uzoq bo'lishni 
istaganimiz uchun o'zaro tez yaqinlashib oldik. 
U ham so'fiy bo'ldi. Cho'l atirguli 
ishratxonadan qochib kelib, xilvatda yangi 
hayot boshlagan. Bir kuni men unga jasurligi 
va qat'iyatliligiga havas qilishimni aytdim. U 
bosh chayqab dedi: 
- Men yangi hayot boshlaganim yo'q. 
Shunchaki, qilgan ishim - o'lmay turib o'ldim, 
xolos. 
Bugun Cho'l atirgulining oldiga butkul boshqa, 


odatdagidan tashqari sabab bilan bordim. Men 
u bilan o'zimni qo'lga olib va juda xotirjam 
gaplashmoqchi edim, lekin uyiga kirgan 
zahotim o'kirib yig'lay boshladim. 
- Kimyo, nima bo'ldi, ishlaring yaxshimi? 
- Unchalik emas, - iqror bo'ldim men. - Menga 
yordamingiz kerak. 
- Ha, albatta. Ayt, nima qilishim kerak? 
- Shams tufayli... U menga yaqinlashmayapti. 
Ya'ni... - g'o'ldiradim men. - Men unga 
yoqishni istayman. Menga O'rgating. 
Cho'l atirguli og'ir xo'rsindi. 
- Kimyo, men qasam ichganman, - dedi u 
deyarli achchiqlanib,- Men Xudoga 
musaffoligimni saqlashga va erkaklarga yoqish 
to'g'risida o'ylamaslikka qasam ichganman. 
- Lekin siz qasamingizni buzmaysiz-ku, faqat 
menga ozgina yordam berasiz, xolos, - 
yalindim men. - Men Shamsni baxtli qilishni 
istayman. 
- Shams ma'rifatli inson, - xuddi birov eshitib 
qolishidan xavfsiraganday pichirlab dedi Cho'l 


atirguli. - Sen to'g'ri ish qilmayapsan, 
menimcha. 
- Lekin u erkak-ku! - e'tiroz bildirdim men. - 
Axir hamma erkaklar Odam Atoning o'g'illari 
emasmi? Ma'rifatlimi yoki ma'rifatsizmi, 
hammasida ham jism va qon bor-ku! Shamsda 
ham, to'g'rimi? 
- Ha, to'g'ri, lekin... 
Cho'l atirguli shoshib tasbehini oldi va 
xayolchan boshini egib, uni o'gira boshladi. 
- Iltimos, - gapimdan qaytmay turib oldim men. 
- Men faqat sizga ishonib ayta olaman. Yetti oy 
o'tdi. Har kuni ertalab yuragimda og'ir yuk 
bilan uyg'onaman, har kuni kechqurun 
ko'zlarimda yosh bilan uxlayman. Boshqa 
chiday olmayman. Men erim bilan 
yaqinlashishim kerak! 
Cho'l atirguli javob bermadi. Men ro'molimni 
yechdim, uni boshidan ushlab o'zimga 
qaratdim. 
- To'g'risini ayting. Men xunukmanmi? 
- Yo'q, albatta, Kimyo. Sen chiroyli ayolsan. 


- Shunday bo'lsa menga yordam bering. Menga 
erkak yuragiga qanday kirishni o'rgating. 
- Azizam, bilsang edi, erkak yuragiga kirish 
ayolni yo'ldan ozdiradi, uni o'zini unutishga 
olib keladi. 
- Baribir, - javob berdim men. - Men orqaga 
qayta olmayman. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling