Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1247 iil, dekabr, Konya. 
Bu asov, jasur, zukko Shams ishq haqida juda 
ko’p narsa biladi. Lekin bir nimani bilmasligi 
aniq: rad etilgan sevgi azobini. 


Cho'l atirguli meni pardoz-andozlar qilib, 
kiyintirib qo'ygan kuni juda to'lqinlanib ketdim 
va esu hushim joyida emas edi. O’zimda 
shunday o'zgarish bo'lishi mumkinligi 
xayolimga ham kelmagan edi. Vujudimga tegib 
turgan nafis ipak mato, atir isi, tilimdagi gulob 
ta'mi va boshqalar hammasi, bir tomondan
meni asablantirar, ikkinchi tomondan, menga 
kutilmagan jasorat ham baxsh etgan edi. Uyga 
qaytib, birinchi galda o'zimni ko'zguga soldim. 
Suluvgina edim. 
Uyda hamma uxlashini kutib, keyin katta 
ro'molni yelkamga tashlab, oyoq uchida 
Shamsning xonasiga ravona bo'ldim. 
- Kimyo, men seni kutmagan edim, - dedi u 
eshikni ocharkan. 
- Men sizni ko'rishim kerak edi. - Shunday 
dedim-u, taklifini kutmasdanoq ostonadan 
o'tdim. - Iltimos, eshikni yopib qo'ying. 
Shams hayron bo'lganini yashirmay, 
iltimosimga bo'ysundi. 
Ikkimiz uning xonasida yolg'iz edik, menga 


diqqatimni to'plab olishim uchun vaqt kerak 
edi. Men unga orqa o'girdim, chuqur 
xo'rsindim-da, ro'molni tashlab, ko'ylagimni 
echa boshladim. O'sha zahoti orqamda 
erimning og'ir nigohini his etdim. Xonaga 
sovuq jimjitlik cho'kdi. Nafasim tiqilib qoldi, 
turli yomon xayollar miyamda gir aylanardi, 
lekin men Shams qarshisida xuddi jannatdagi 
xur kabi turaverdim. 
Yoqimsiz sukut xukm surardi, faqat tashqarida 
esayotgan shamolning uvillashini eshitib 
turardik. 
- Bu nima qiliq? - sovuq ohangda so'radi 
Shams. 
Men birdan ovozdan qoldim, shunga qaramay 
o'zimni majburlab dedim: 
- Sizni istayman. 
Shams atrofimda yarim aylanib, qarshimda 
to'xtadi va meni ko'zlariga qarashga majbur 
etdi. Tizzalarim bukilay-bukilay deb turardi, 
lekin men bunga so'z bermaslikka harakat 
qilardim. Aksincha, uning tomoniga bir qadam 


qo'ydim va Cho'l atirguli o'rgatganday, unga 
taqaldim, quloqlariga nafis sevgi so'zlarini 
shivirladim. 
Shams xuddi cho'g' tekkanday sakrab o'zini 
nari oldi. 
- Sen o'zingcha meni istayapman, deb 
o'ylaysan, aslida o'zingning kamsitilgan 
«men»ingni yupatmoqchisan. 
Men Cho'l atirguli aytganday qilib, qo'llarim 
bilan uning bo'ynidan quchoqladim va qattiq 
o'pdim... Atigi bir daqiqa har ikkimizni ham 
ehtirosli istak o'z girdobiga tortayotganini his 
etdim, lekin Shams yulqinib qo'limdan chiqib 
ketdi. 
- Kimyo, sen mening hafsalamni pir qilding, - 
dedi u. - Endi esa, iltimos, xonamdan chiq. 
Shams meni qattiq xafa qiladigan bu so'zlarni 
yuzida hech qanday ifodasiz - na g'azab va na 
jahlsiz aytdi. Va men ularning qaysi biridan - 
aytgan so'zlarining ma'nosidanmi yoki yuzida 
hech qanday hissiyot yo'qligidanmi - ko'proq 
xafa bo'lishim kerakligini 


ham bilolmay qoldim. 
Hayotimda bundan ortiq xo'rlikka duch 
kelmagan edim. Men yerda yotgan ko'ylagimni 
olishga egildim, lekin qo'llarim qaltiraganidan 
sirpanchiq ko'ylagim ushlab ololmasdim. 
Shuning uchun ro'molning o'ziga o'ralib oldim. 
Yig'lagancha, og'ir nafas olib, yarim yalang'och 
xonasidan chiqdim, undan ham, uning 
muhabbatidan ham qochib ketdim, 
tushundimki, bu muhabbat faqat mening 
tasavvurimda ekan. Shundan buyon Shamsni 
biron marta ham ko'rmadim. O'sha kundan 
boshlab o'z xonamdan tashqariga boshqa 
chiqmadim. Ertayu kech to'shakdan turishga 
majolim yetmay, yotib qoldim. Bir hafta o'tdi, 
yana bir hafta o'tdi va men kunlarni ham 
boshqa sanamay qo'ydim. Menda butkul mador 
qolmadi. 
O'limning isi borligi haqida hech o'ylamagan 
ekanman. Bu is tuzlangan zanjabil yoki 
qarag'ayning ignalari kabi, lekin ancha o'tkir va 
achchiq, biroq badbo'y emas. Men o'limni 


xonamga kirib kelganida, u meni qalin va nam 
tumanga chulg'ab olayotganida his etdim. Meni 
bezgak tutdi, hushimni yo'qota boshladim va 
hatto alahladim ham. Meni juda ko'p do'stlar va 
qo'shnilar ko'rgani kelish- di... Kira yonimdan 
nari ketmadi. Uning rangi siniqqan, ko'zlari 
ichiga cho'kkan edi. Gavhar ham yonimda, 
ikkinchi tomonimda, yuzlarida kulgichlar 
paydo bo'ladigan o'zining yoqimli tabassumi 
bilan kulimsirab turardi. 
- La'nati bid'atchi! - derdi Sofiya. - Bechora 
qizning yuragini chilparchin qildi. Hammasi 
o'sha tufayli bo'ldi. 
Men unga e'tiroz bildirmoqchi bo'ldim, lekin 
ovozim chiqmadi. 
- Nimaga unday deysan? - e'tiroz bildirdi Kira.- 
Hammasi Xudoning qo'lida. Odamning irodasi 
Xudonikiga teng kelarmidi? 
Lekin Kiraga hech kim quloq solmas, men 
o'zim-ku, Hech kimni ishontiradigan holatda 
emas edim. Lekin nimaiki deya olganimda 
ham, natija bir xil bo'lib chiqishini tez ilg'ab 


olgandim. Shamsni yomon ko'rgan odamlar 
mening kasalimda undan nafratlanish uchun 
yana bir sabab topishdi, lekin men uni hech 
nimaga qaramay sevardim. 
Mana, nihoyat, men barcha ranglar bir rangga
hamma ovozlar bir guvillashga aylanadigan 
holatga tushdim, Odamlarni tanimaydigan va 
so'zlarni ajratmaydigan holga. 
Shams meni ko'rgani keldimi, kelmadimi, 
bilmayman. Kelmagan bo'lsa kerak. Kelganida 
ham xotinlar uni yonimga yo'latmagan 
bo'lishardi. Balki kelgandir ham, to'shagim 
yonida o'tirib, qo'limdan tutib yoki soatlab nay 
chalib yoki duo o'qib o'tirgandir. Shunga 
ishongim keladi. 
Nima bo'lsa ham, endi buning ahamiyati yo'q. 
Mening undan jahlim chiqmadi va xafa ham 
bo'lmadim. Bu menga Xudoning marhamati va 
yupanchi bo'ldi. Shamsning oldiga pardoz-
andoz qilib, ipak ko'ylaklar kiyib kirib, kasal 
bo'lib qolganimdan keyin o'n kun o'tgach, men 
yo'qlik daryosiga sho'ng'idim va o'z yuragimga 


to'liq muvofiqlashgan holda suzib ketdim. 
Bu oqim meni hayotdan o'lim sari oqizib ketdi. 
Ella 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling