Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Alovuddin 
1247 yil, may, Konya. 
Men biron marta ham bu to'yga qarshi e'tiroz 
bildirmadim. Lekin Kimyo Shamsning xotiniga 
aylanadigan kuni shunday og'riq bilan 
uyg'ondimki, bunaqasi sira bo'lmagan. Nafasim 
xuddi suvda cho'kib ketayotgan odamning 
nafasiday qisilib, havo qattiq yetishmayotgan 
bir alfozda to'shakda o'tirib qoldim. Nihoyat, 
birozdan keyin, odatdagiday nafas 
olaboshladim-u, endi otamga o'g'il bo'la 
olmasligimni angladim. 
Onam-ku yo'q edi - endi otam yo'q bo'ldi. 
Akam ham. Kimyo ham yo'q bo'ldi. Yorug' 
dunyoda bir o'zim qoldim. Bir kechada 


o'g'ilning otasiga bo'lgan hurmatidan saqlanib 
qolgan bir tutami ham yo'q bo'ldi-qoldi. Kimyo 
uning tug'ishgan qiziday edi. U Kimyoni 
yaxshi ko'radi deb o'ylardim. Lekin endi u 
faqat Shams Tabriziyni yaxshi ko'rishi ma'lum 
bo'ldi. Qanday qilib u Kimyoni shu odamga 
berdi-ya? Shamsdan yaxshi er chiqmasligi 
hammaga ma'lum-ku! Bu haqida o'ylagan 
sarim, Shamsni Kimyoga uylantirish shunchaki 
bu odamning xavfsizligini ta'minlash uchun 
bo'lganini tushunayapman, shuni deb otam 
Kimyoning baxtini — mening ham baxtimni 
qurbon qildi. 
Bugungi muhim hodisaga tayyorlanish 
jarayonini kuzatar ekanman, kun bo'yi 
o'zimdan bu fikrlarni haydashga harakat 
qildim. Mana uy yaraqlatib tozalab chiqildi
yovuz kuchlarni haydash uchun kelin-kuyov 
yotoqxonasiga atirgul suvi purkaldi. Asosiy 
yovuz kuch-chi? Shamsni qachon haydashar 
ekan? 
Kechga yaqin bu tantanani kuzatishga boshqa 


toqatim qolmadi. Menga azob berayotgan bu 
ishlarda boshqa qatnashmaslik uchun uydan 
chiqayotganimda akam to'xtatdi. 
- To'xta, Alovuddin! Qayoqqa ketayapsan? - 
dedi u baland, jarangdor ovozda. 
- Hozircha Irshodnikiga, - dedim orqamga ham 
qaramasdan. 
- Jinnimisan? To'y nima bo'ladi? Otam bilsa, 
qattiqxafa bo'ladi! Yuragi eziladi! 
Men ichimda g'azab to'lqinlari qanday 
ko'tarilayotganini his etardim. 
- Uning o'zi birovlarning yuragini ezsa 
maylimi? 
- Kimni aytayapsan? 
- Tushunmayapsizmi? Otamiz Shamsning 
ko'nglini olish uchun va u yana ketib 
qolmasligi uchun bu to'yni qilayapti. Kimyoni 
unga kumush idishga solib, ikki qo'llab hadya 
etayapti. 
Akamning qattiq jahli chiqdi, lablarini mahkam 
qimtib oldi. 
- Nima demoqchiligingni tushundim, lekin sen 


nohaqsan. Seningcha, Kimyoni majburlab 
uzatishayaptimi, lekin uning o'zi Shamsga 
tegishni istadi-ku!
-Go’yo unda o’z ixtiyori bordek, - e'tiroz etdim 
men.
- Yo Xudoyim-ey! Tushunsang-chi! - xitob 
qildi akam 
xuddi Xudodan madad so'rayotganday ikki 
qo'lini osmonga ko'tarib. - U Shamsni yaxshi 
ko'radi. 
- Bo'lishi mumkin emas. 
Ovozim bo'g'ilib qoldi. 
- Uka, - dedi keyin Sulton Valad, - 
hissiyotlaring ongingni xiralashtirishiga yo'l 
qo'yma. Sen rashk qilayapsan. Lekin hatto 
rashk ham foyda berishi va oliy maqsadga 
xizmat qilishi mumkin. Xatto ishonchsizlik 
ham ishonchga aylanishi mumkin. Qoidalardan 
biri shunday. O'ttiz beshinchi qoida shunday 
deydi: «Bu dunyoda yakdillik ham, to'g'rilik 
ham olg'a yurishimizga yordam bermaydi, 
qarama-qarshiliklar yordam beradi. Har 


birimizda butun koinot qarama-qarshiliklari 
mavjud. Shunga ko'ra har bir e'diqodli 
odamning ichida e'tiqodsiz odami ham bor. 
E'tiqodsiz odam ham o'z ichida e'tiqodli odam 
borligini ertami-kechmi topadi. Insoni komil
ya'ni mukammal inson bo'lish yo'lida e'tiqod 
asta-sekinlik bilan sodir bo'ladigan jarayon va 
u o'z qarama-qarshisini - e'tiqodsizlikni taqozo 
etadi». 
Bu gaplar mening sabr kosamni toshirib 
yuborgan so'nggi tomchi bo'ldi. 
- Sizlarning so'fiyona gaplaringiz jonimga 
tegib ketdi! Sizga quloq solishim shartmi? O'zi 
hammasiga siz aybdorsiz! Shamsni Damashqda 
qoldirib kelsangiz yaxshi bo'lardi va hech nima 
bo'lmas edi. Nimaga uni qaytarib keldingiz? 
Agar biron yomon ish sodir bo'lsa va bu bo'ladi 
ham, aybdori siz bo'lasiz. 
Akam qo'rqib, tilini tishlab qoldi, o'shanda men 
hayotimda birinchi marta akam mendan ham, 
mening qo’limdan kelishi mumkin bo'lgan 
ishdan ham qo'rqayotganini tushundim. 


Irshodni uyiga yo'l olayotib, tanishlarni ham, 
notanishlarni ham uchratib qolmaslik uchun 
ataylab tor va aylanma, sassiq ko'chalarni 
tanladim, chunki ko'zlarimdagi yoshni to'xtata 
olmas edim. Boshimda faqat bir fikr aylanardi: 
Shams bilan Kimyoning bir to'shakda... 
Men haddimdan oshayotganimni bilardim. 
Kimdir hal qiluvchi qadam qo'yishi kerak edi. 
Kimyo 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling