Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Cho'l atirguli
1247 yil, dekabr, Konya. Kimyo yig'lab, mendan yordam berishimni so'radi. Yuzlari bujmayib, nafaslari qisilib qoldi, oxiri, mayli, yordam beraman dedim unga. Ichimda bu ish befoydaligini va yalinishlariga quloq solmasligim kerakligini tushunib turardim. Bu fojiaga olib kelishini negadir oldindan bila olmadim. Aybdorlik hissidan azob chekar ekanman, nahotki shunchalar soddalik qildim, bu ishning dahshatli oqibatini ko'ra olmadim, deb hamon o'zimdan takror-takror so'rayman. O'sha kuni u mendan yordam so'rab kelganda men qarshilik qila olmadim. - Iltimos, yordam bering, o'rgating, - yolborardi u shivirlab. Qizaloqqa achinganimdan yuragim yum-yum yig'lar- di, «Balki bezarardir», deb o'ylagandim o'shanda. Nima bo'lardi, axir u o'z eri bilan qovushmoqchi. Begona erkak bilan emas-ku! Sababi: faqat sevgi. Bu qanday yomon oqibatga olib kelishi mumkin? Unda kuchli ehtiros bor, lekin bu gunoh emas. Bu toza ehtiros! Qalbim ich-ichidan bu tuzoq, deb turardi, ammo Xudoning rejasi shunday ekanki, men buning zararli oqibatini ko'ra olmadim. Shuning uchun ayol latofati borasida qo'llaridagi xinadan boshqasini bilmaydigan bu qishloq qizi Kimyoga yordam berishga qaror qildim. Men unga pardoz-andoz qilishni o'rgatdim, u uquvli shogird chiqdi. Unga xushbo'y suvda cho'milish, terisiga xushbo'y moylar surib ishqalash, yuziga asal va sutli niqoblar qilish kerakligi qaqida gapirishimga to'g'ri keldi. Men unga erkak ehtirosini qo'zg'atadigan turli moylar haqida aytdim. Tishni oqartirish, tirnoqlarini xina bilan bo'yash, o'sma va surmalar qo'yish, yanoqlar va lablarni bo'yash, sochlarni turmaklash kabilarni o'rgatdim. Keyin u bilan bozor aylanib, ipak liboslar sotib oldik... Keyin raqs tushishni va Xudo ato etgan go'zal vujudini eriga ko'z-ko'z qilishni o'rgatish navbati keldi. Ikki hafta o'tib, Kimyo o'z erini asir eta oladigan darajaga yetdi. O'sha kuni xuddi cho'pon qurbonlikka qo'zichoqni qanday tayyorlasa, men ham Kimyoni Shames Tabriziy uchun shunday tayyorladim. Xushbo'y suvda cho'miltirdim, sochlariga moy surtdim, chiroyli ko'ylagini kiydirdim. Pardoz qildirdim. Oxirida Kimyo ko'z uzib bo'lmas darajada chiroyli bo'lib ketdi. Bu ishlarni tugatganimizda Kimyo endi tajribasiz yosh qizaloqqa o'xshamas, u vujudini to'ldirib toshirayotgan ehtiroslarda yonayotgan ayol edi. U sevgilisi tomon qadam tashlay oladigan va kerak bo'lsa buning uchun qimmat badal to'lashga ham tayyor ayolga aylandi. Men o'z go'zalimni tomosha qilib turar ekanman, Qur'ondagi Yusuf va Zulayho haqidagi oyatlar yodimga tushdi. Xuddi Kimyo kabi Zulayho ham o'z ehtirosiga ehtiros bilan javob bermagan erkakka ko'ngil qo'ygan edi. Butun shahar ahli g'iybat qilavergach, Zulayho ularni mehmonga chaqirgan. Har birining qo'liga pichoq berib, Yusufga: «Bu yoqqa kel», deb buyurgan. Uni ko'rgan mehmonlar hayratdan qo'llarini kesib, «Xudoyim, o'zing asra bizni! Bu inson bo'lishi mumkin emas! Bu farishta!» deyishgan. Shundan keyin hech kim Zulayhoni Yusufni sevgani uchun ayblamaydigan bo'lgan. - Ko'rinishim qanday? - hayajon bilan so'radi Kimyo xonamdan chiqishidan oldin. - Ajoyib, - javob berdim men. - Endi ering seni ertaga va indinga ham erkalaydi. Kimyo qizarib ketdi. Men esa kulib yubordim va u ham o'sha zahoti menga qo'shilib kuldi, uning kulgusi meni xuddi quyosh nurlariday ilitdi. Men o'zim aytgan gapimga ishonardim, unda Shamsni o'ziga jalb etish qobiliyati borligiga shubha qilmagandim. Shunga qaramay, ko'zlarimiz uchrashganda, uning ko'zida ikkilanish soyasi borligini payqadi , mening ko'nglim g'ash bo'lib qoldi. Yomon alomatni his etdim. Lekin Kimyoni to'xtatolmadim. To'xtatishim kerak edi. Axir ko'rib turgan edim-ku! Uni to'xtatmaganim uchun umrimning oxirigacha o'zimni kechirmayman. Kimyo Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling