Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1247 yil, may, Konya 
Ey, hulqi hush kelinchak, yig'lamagin, yor-yor, 
Ota-onangdan seni olib ketar, yor, yor, 
Tongda qushlar sayrashi o'zga endi, yor-yor, 
O'zga hayotning kuyi jo'r bo'ladi, yor-yor. 


To'y kuni kechqurun sekin hovliga chiqdim va 
kimlarningdir xitoblari, kulgulari, gaplari 
orasida uydan tashqariga eshitilib turgan 
Onado'lining qadimiy yor-yorini tinglab, biroz 
muddat o'tirdim. Ayollar o'zlariga ajratilgan 
tomonda kuylashardi. Men ashula so'zlarini 
qiziqib eshitdim. Nima uchun ayollar to'y kuni 
hamisha qayg'uli ashula aytishadi? 
So'fiylar to'yni o'limga qiyoslashadi va o'limni 
esa Xudoning vasliga yetish kuni sifatida 
bayram qilishadi. Ayollar ham to'yni o'lim 
bilan bog'lashadi, lekin buning sababi butunlay 
boshqacha. Garchi ular uchun to'y baxtli hodisa 
esa-da, baribir, xafa bo'lishadi. To'y 
marosimida qizlik davri bilan vidolashayotgan, 
tez orada ayol va ona bo'ladigan shaxsning 
nolasi kuylanadi. 
Mehmonlar ketishgach, uyga qaytdim va 
yolg'izlikda muroqaba qildim. Keyin meni 
kutayotgan Kimyoning xonasiga kirdim. U 
to'shakda, zarli naqshlar bilan bejab tikilgan oq 
libosda o'tirardi. Sochlari mayda o'rilgan, har 


o'ramiga marjoy taqilgan. Yuzi ko'rinmadi, 
chunki yuziga qizil ro'mol yopilgan edi. Oyna 
yonida yonib turgan shamdan boshqa chiroq 
yo'q. Devordagi oyna ustiga duxoba mato 
tushirib qo'yilgan, chunki yosh ayol tunda o'z 
aksini ko'rishi yomon belgi hisoblanar ekan. 
To'shak yoniga anor va pichoq qo'yilgan, biz 
uni serfarzand bo'lish niyatida eyishimiz kerak 
ekan. 
Kira meni bu yerning barcha urf-odatlaridan 
xabardor qilgan, hatto kelinning boshiga 
yopilgan to'rni olishdan oldin kelinga tilla 
tangalardan terilgan marjon taqishim 
kerakligini aytgan edi. Lekin umrimda tilla 
tangalarim bo'lmagan, birovdan nasiyaga 
olingan «marjon»ni esa taqishni xohlamadim. 
Shuning uchun Kimyoning yuzini ochib, unga 
faqat toshbaqanusxa taroq sovg'a qildim va 
lablaridan bo'sa oldim. U tabassum qildi. Bir 
on jur'atsizlikka taslim bo'ldim, go'yo yosh 
bola bo'lib qolganday edim. 
- Go'zalsan, - dedim men. 


Kimyoning yuzi qizarib ketdi. Keyin bor kuchi 
bilan o'zini aslidan farqli o'laroq, xotirjamroq 
va tajribaliroq ko'rsatishga urinib, qaddini 
rostladi. 
- Endi men xotiningizman. 
U yerga to'shalgan, sepining bir qismini tashkil 
etgan, o'zi katta diqqat-e'tibor bilan to'qigan 
gilamini menga ko'rsatdi. Ajoyib rang-barang 
jilolar. Ko'rgan zahotim, undagi har bir tugun 
men haqimda so'zlayotganini his etdim. Kimyo 
unda o'z orzusini to'qigan edi. 
Uni yana bir marta o'pib qo'ydim. Uning iliq 
lablaridan vujudimni larzaga soladigan istak 
taralardi. Kimyodan yasmin va boshqa 
giyohlarning isi kelardi. Yoniga yotib Shu 
ifordan nafas oldim. Shu topda men faqat 
uning ichiga kirib g'oyib bo'lishni va o'zimni 
butkul unutishni istardim. U esa menga 
yomg'irdan oldin atirgul g'unchasi qanday 
ochilsa, shunday ochilayotgan edi. 
Men undan o'zimni tez tortib oldim: 
- Kechir, Kimyo, men bunday qila olmayman. 


U nafas olishdan to'xtab, jim qotdi. Uning 
ko'zlaridagi uzilgan ilinj ifodasini ko'tara 
olmay, o'rnimdan turib ketdim: 
- Men ketishim kerak. 
- Siz hozir keta olmaysiz, - dedi Kimyo hazin 
ovozda. - Agar hozir ketsangiz odamlar nima 
deydi? Ular nikoh buzildi deyishadi. Va bunda 
meni aybdor qilishadi. 
- Nima uchun? - so'radim men, garchi javobini 
bilib turgan bo'lsam ham. Kimyo nigohini 
chetga olib, tushunarsiz bir nimalar dedi, lekin 
keyin o'zini qo'lga olib, har bir so'zini dona-
dona qilib dedi: 
- Ular meni qiz emas ekan, deb o'ylashadi. Va 
men bu nomusni bir umr ko'tarib yurishim 
kerak bo'ladi. 
Xudo yaratgan uyg'unlik bilan sira umumiyati 
yo'q bu insoniy adolatsizlikdan tomirlarimda 
qonim qaynab ketdi. 
- Bema'nilik. Odamlar o'zlarining ishlarini 
qilishsin, - e'tiroz bildirdim men, garchi 
Kimyoning haqligini yaxshi tushunib turgan 


bo'lsam ham. 
Men anor yonida turgan pichoqni tezgina 
oldim. kimyoning yuzida vahima paydo bo'ldi, 
lekin keyin qayg'uli ahvolni tushungandek 
bo'lib, o'ziga keldi. Men tezgina chap qo'limni 
kesdim, yaradan choyshabga qon tomchiladi
oqib to'q qizil dog'ga aylandi. 
- Choyshabni ularga ber. Shu bilan og'zilarini 
yoparsan, noming qanday toza bo'lgan bo'lsa, 
shunday tozaligicha qoladi. 
- Iltimos, shoshmang. Ketmang, - yolborardi 
Kimyo.- Axir men xotiningizman-ku! 
Shu dam men unga uylanib qanchalar katta 
xato qilganimni his etdim. Tunda xonadan va 
hovlidan ham chiqib ketar ekanman, boshimda 
yorilguday og'riq turgan edi. Mening 
vaziyatimdagi erkak uylanmasligi kerak. Men 
oilaviy majburiyatlar uchun yaralgan emasman. 
Menga endi bu har qachongidan ham ravshan 
edi. Va endi buning badali ham behad katta 
bo'ladi. 
Menda nafaqat bu uydan, bu shahardan, bu 


nikohdan, balki o'z vujudimdan ham qochishga 
behad kuchli istak tug'ilgan edi. Lekin ertalab 
Rumiy bilan ko'rishishim haqidagi fikr meni 
to'xtatdi. Men uni yana tashlab keta olmasdim. 
Men tuzoqqa tushibman. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling