Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Kirim foydasidan kech, nari qoch undan! Aslo Haqdan kechma zaqqum ichsang ham! Haq izlashdan tolma, xatardan qochma! Shonni unutgin-u, vijdondan kechma! Zero, Xudo har kuni, har daqiqa bizdan «Seni dunyoga yuborayotib, nimaga kelishganimiz esingdami? Mening yashirin xazinamni kashf etishday vazifangni anglab yetdingmi?» deya so'rab turadi. Odatda biz bu savollarga javob berishga tayyor bo'lmaymiz. Va bu bizni qo'rqitadi. Lekin Xudo sabr qilguvchi (Sobir)dir. U takror va takror bu savollarini bizga beraveradi. Agar qalbimdagi bu azoblar sinovning bir qismi bo'lsa, u holda bular nihoyasi mening yagona tilagim - Shamsni topishdir. Kitoblarim, masjiddagi xizmatlarim, oilam, farovon hayotim, nomim va shonim - hamma- hammasini uni bir bora ko'rish uchun berishga tayyorman. Tunov kuni Kira, o'zim istamagan holda, shoirga aylanayotganimni aytdi. Ilgarilari she'riyatni qadrlamaganimni bo'ynimga olaman, lekin uning bu gapi hozir meni hayron qilmadi. Boshqa vaqt bo'lganida, balki e'tiroz bildirgan bo'lardim, endi esa - yo'q. G'ayriixtiyoriy ravishda tilimdan she'riy misralar otilib chiqayapti, uni eshitgan har qanday odam meni chindan ham shoirga aylanayapti, deb o'ylaydi. Lekin, to'g'risini aytsam: bu she'rlar meniki emas. Men faqat kimdir tilimga joylayotgan so'zlarni uzatish vositasi bo'layapman, xolos. Men she'rlarni qog'ozga tushirayotgan qalam kabiman yoki bastalangan kuyga ovoz bergan nay kabiman, o'z vazifamni bajarayapman, xolos. O, Tabrizning mo'jizaviy quyoshi! Qayerdasan? Shams 1247 yil, aprelь, Damashq. Damashqda bahor. Sulton Valad meni izlab topganida Konyadan ketganimga o'n oy bo'lgan edi. Frantsisk ismli xristian-tarkidunyochi bilan tiniq moviy osmon ostida shaxmat o'ynab o'tirgan edik. Fransisk mo'minlikka erishgan, ichki muvozanati mustahkam inson. Islomda ichki sokinlik mo'minlikdan kelib chiqishi nazarda tutilgani uchun, mening nazdimda, Fransisk o'zini musulmon deb hamma yoqqa jar soladigan ba'zi birovlardan ortiqroq musulmon edi. Qirqinchi qoida bu borada shunday deydi: «Mo'min degani zaiflik yoki itoatkorlik degani emas. U fatalizm yoki beixtiyor bo'ysunuvchanlikka ham olib kelmaydi. Aksincha. Mo'minlikda inson ichki dunyosida o'sib unadigan haqiqiy kuch mavjud bo'ladi. Tabiatning muqaddas mohiyati oldida mo'minlikni kasb etgan odam, hatto butun olam alg'ov-dalg'ov bo'lib ketganda ham, vazmin, sokinlikda va isyon ko'tarmay yashaydi». Men farzin bilan yurish qilib, Fransiskning qiroliga taxdid qildim, u esa shartta filning o’rnini almashtirdi. Men yutqazsam kerak deb o'ylab, boshimni ko'targan edim, ko'zim Sulton Valadning ko'zi bilan to'qnashdi. - Seni ko'rganimdan xursandman, - dedim men. Demak, harna, meni qidirib topishga qaror qilibsan-da. Sulton Valad istehzoli jilmaydi, keyin jiddiylashdi: uning ichida kechgan kurashni men bilganimdan hayron edi u. Lekin vijdoni toza bo'lgani uchun to'g'risini tan oldi. - Bir muncha muddat sizni izlash o'rniga xdmma yoqda sandiroqlab yurdim. Lekin keyin otamning oldiga sizsiz bora olmasligimni tushundim. Keyin Damashqqa keldim va izladim. Sizni topish uncha oson bo'lmadi. - Sen yaxshi insonsan va yaxshi o'g'ilsan,- dedim men. - Yaqin orada sen otangga juda yaxshi suhbatdosh bo'lishing mumkin. Sulton Valad xayolchan bosh chayqadi: - Unga faqat siz keraksiz. Ketdik Konyaga. Siz otamga keraksiz. Buni eshitgach, miyamdan turli fikrlar o'tdi, lekin ulardan birontasi aniq emas edi. Nafsim odamlar meni sira ko'rishni istamaydigan joyga qaytish haqidagi bu taklifga qo'rquv bildirayotgan edi. «Unga quloq solma. Sen o'z burchingni ado etib bo'lding. Konyaga qaytishing kerak emas. Bobo Zamon aytgan gapni esla. Bu juda xatarli. Agar Konyaga qaytsang, u yerdan boshqa keta olmaysan». Men dunyo kezishni, turli odamlar bilan uchrashishni, turli shaharlarni ko'rishni yaxshi ko'raman. Menga Damashq yoqardi, kelgusi qishgacha shu yerda qolishni istardim. Yangi joylar odatda odamda yolg'izlik hissini uyg'otadi, hijron azobiga soladi. Lekin Xudo men bilan birga ekani uchun, men o'zimni yolg'iz his etmas edim. Lekin har holda... Har holda yuragim Konyada qolganini his etar edim. Rumiyni shunchalik sog'inar edimki, hatto ismini aytish ham yuragimga og'riq berardi. Hamon yonimda Rumiy yo'q ekan, qaysi shaharda yashashimning nima farqi bor? Men farzinni yurdim, bu men uchun xavfli ekanini tushungan Frantsisk ko'zlarini katta ochdi. Ammo shaxmatdan farqli o'laroq, hayotda shunday yo'llar bo'ladi- ki, ularda yutib chiqmoq uchun emas, shunday qilish kerakligi uchun yurasiz. - Iltimos, men bilan yuring, - xayolimni bo'lib yalinardi Sulton Valad. - Sizni g'iybat qilgan va sizga yomon munosabatda bo'lgan odamlar o'z qilmishlariga pushaymon bo'lishgan. Va'da beraman, endi hammasi yaxshi bo'ladi. Men unga: «Ey, bolakay, va'da berish sening ishing emas, boshqalarning ham ishi emas, kishi o'zi ustidan chiqa olmaydigan va'dalarni berishi mumkin emas» degim keldi. Lekin buning o'rniga bosh silkitdim: - Damashqda kun botishini yana bir bor ko'rgim kelayapti. Konyaga esa ertaga ertalab ketamiz. - Rostmi? Rahmat! - xitob qildi Sulton Valad. - Bu otam uchun nima ekanini bir tasavvur etsangiz edi! Keyin men qachon o'yinni davom ettirishimni sabr bilan kutib o'tirgan Frantsiskka o'girildim. O'ziga e'tibor qaratganimni kurgan zahoti uning lablariga tabassum yoyilib ketdi. - Qara, do'stim! - dedi u g'olibona. - Shoh va mot. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling