Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Ichkilikboz Sulaymon
1248 yil, mart, Konya. 
Ichkilik ichmaydiganlar ichuvchilar boshqa 
qiladigan ishlari yo'qligidan, dangasalikdan 
ichishadi, deb hisoblashadi. Ular hech nimani 
tushunishmaydi! Qancha ko'p ichsangiz, 
shuncha og'irlashasiz, o'zingizni 
harakatlanishga majburlay olmaydigan bo'lib 
qolasiz. Biz butun dunyo yukini o'z 
yelkalarimizda ko'taramiz. 
Qattiq holdan toygan va hamma narsadan 
norozilik tuygan holda boshimni stolga qo'yib, 
mudrab qolibman. O'shanda ancha noxush bir 
tush ko'ribman. Qandaydir notanish 
ko'chalarda kattakon qora buqa meni g'azab 
bilan quvlayotganmish. Undan qochib, bozorga 


kiribman, bozordagi do'konlar, peshtaxtalar 
oshib, savdo qilayotganlarga urinib-surinib, 
hammaning jahlini chiqarib 
chopayotganmishman. Chopayotib qandaydir 
o'tish joyiga duch keldim, o'zimni o'shanga 
urdim, lekin u boshi berk ko’cha ekan. U yerda 
mamontning tuxumi bor ekan, juda katta, 
uydek keladi. Tuxum birdan maydalana 
boshladi, ichidan bir xunuk ho’l qush chiqipti. 
Men boshi berk ko'chadan chiqib ketmoqchi 
bo'libman, lekin shutob osmonda qushning 
onasi paydo bo'lipti, go'yo jo'jasining 
isqirtligiga meni aybdor sanab, qarab 
turganmish. Keyin u osmondan pastlay 
boshlapti va menga o'tkir tumshug'ini taqapti... 
Shundan keyin uyg'onib ketdim. 
Ko'zimni ochib, stol oldida uxlab qolganimni 
tushundim. Og'zim xuddi zanglagan mixning 
ta'miga o'xshagan mazadan taxir bo'lib ketipti, 
chanqab, o'lay deb qolibman-u, lekin 
qimirlagim kelmas edi. Boshimni ko'tarmagan 
holda qovoqxonadagi shovqinga quloq 


tutgancha, yana yo'qlikka cho'kib ketdim. 
Shu orada orqamda kimlardir 
bahslashayotganini eshitdim; shovqin xuddi 
asalari inidan chiqadigan ovozlarga o'xshab 
goh yaqinlashar, goh uzoqlashardi. Nihoyat bu 
qo'shni stolda bahslashib o'tirgan odamlarning 
ovozlari ekanini ilg'adim. Endi ularning yuziga 
qaramoqchi bo'lib turgandim, qulog'imga «qatl 
etish» degan ovoz eshitilib qoldi. 
Avvaliga buni mast odamning alahlashi bo'lsa 
kerak, deb o'yladim. Qovoqxonada nimalarni 
eshitmaysan kishi, keyin esa, o'rganib 
ketilganidan keyin hamma narsani ham jiddiy 
qabul qilavermaslik kerakligini tushunasiz. 
Lekin qo'shni stoldagilar ovozlaridagi allanima 
meni hushyor tortib, tuzukroq quloq solishga 
majbur etdi. Ular hazillashmayotganlarini va 
gap Shams Tabriziyni o'ldirish haqida 
ketayotganini tushungach, chakagim uzilay deb 
osilib qoldi. 
Ular chiqib ketgan zahoti o'zimni uxlayotganga 
solishdan to'xtab, stoldan irg'ib turdim. 


- Xristos, bu yoqqa kel! Kelsang-chi tezroq! - 
baqirdim men. 
- Senga yana nima kerak? - so'radi chopib 
kelgan Xristos. - Nimaga baqirasan? 
Men esa hech nima deya olmadim. Hatto unga 
ham ayta olmadim. Qovoqxonada 
o'tirganlarning hammasi menga shubhali 
ko'rinardi. Bu Shamsga qarshi 
uyushtirilayotgan suiqasd bo'lsa-chi? Yo'q, 
og'izni qulflab, ko'zni kattaroq ochish kerak. 
- Shunchaki, o'zim! Qornim ochdi, - dedim. - 
Menga sho'rvangdan olib kel. Sarimsoqdan 
ko'proq sol. Hushimga kelib olay! 
Mening kayfiyatimdagi tez o'zgarishlarga 
odatlanib qolgan Xristos menga hayron qarab 
qo'ydi, ortiqcha savol bermadi. Birpasdan 
keyin yaxshi qaynagan va xushbo'y tovuq 
sho'rva olib keldi. Va men uni shoshib icha 
boshladim. Biroz o'zimga kelib olgach, Shame 
Tabriziyni izlab topish uchun ko'chaga otildim. 
Eng oldin Rumiylarnikiga bordim. Shams u 
yerda yo'q ekan. Keyin machit, madrasa, 


choyxona, novvoyxona, hammomga bordim... 
Hunarmandlar ko'chasining barcha 
burchaklariga qirib chiqdim. Hatto mabodo 
tishi og'rib qolgan bo'lsa, kirmadimikin deb 
lo'lining chaylasiga ham bosh suqdim. 
Hammayoqni izladim va vaqt o'tgan sayin 
qo'rquvim ortib bordi. Vahimaga tushib 
qoldim. Kech qoldimmikan? O'ldirib 
bo'lishganmikin? 
Bir necha soat shu zaylda yurib, endi qayoqqa 
borishni bilmay karvonsaroy tomonga 
burildim, yuragim alg'ov-dalg'ov bo'lib yotardi. 
Shunda birdan, xuddi mo’jiza ro’y berganday, 
eshikdan ikki qadam narida Shamsga duch 
keldim. 
- Assalomu alaykum, Sulaymon. Sen juda band 
ko'rinasan? - kulimsirab so'radi Shams. 
- Xudoga shukur! Tirik ekansan! - xitob qildim 
men va uni quchoqlab oldim. 
Shams qo'llarimdan bo'shab olgach, menga 
hayron qarab qoldi: 
- Tirikman, albatta! Yo arvohni ko'rdim deb 


o'yladingmi? 
Men jilmayib qo'ydim. Boshim og'riyotgan edi, 
boshqa vaqt bo'lganda-ku, tezroq chanqovbosdi 
qilish va tashvishdan nari bo'lish uchun ikki 
ko'za ichgan bo'lardim. 
- Do'stim, nima bo'ldi? Tuzukmisan? - 
xavotirlanib so'radi Shams. 
Men zo'rg'a yutinib oldim. Men suiqasd haqida 
aytsam, u ishonmasa-chi? Balki kayfi 
oshganidan shunday tushungan, deb o'ylar? Bu 
to'g'ri bo'lishi ham mumkin. Hozir o'zim ham 
o'zimga ishonmas edim. 
- Seni o'ldirmoqchi bo'lishayapti, - dedim men. 
- Bu odamlar kimligini bilmayman, chunki 
ularning yuzlarini ko'rmadim. Uxlayotgandim, 
bilasan-ku... Lekin bu tush emas edi. Ya'ni tush 
ham ko'rayotgan edim, lekin bu tush emas edi. 
Men mast emas edim. Atigi ikki finjon, nima 
degan gap... 
Shams qo'lini elkamga qo'ydi: 
- Xotirjam bo'l, do'stim. Men tushunaman. 
- Tushunasan? 


- Ha. Endi joyingga qaytib borgin-da, men 
haqimda boshqa tashvish qilma. 
- Yo'q, yo'q! Hech qayoqqa bormayman. Sen 
ham bormaysan, - qarshilik qildim men. - Bu 
jiddiy odamlar edi. Sen ehtiyot bo'lishing zarur. 
Rumiylarnikiga borma. Seni eng oldin o'sha 
yerdan izlashadi. 
Shams mening holatimga e'tibor bermay, jim 
turardi. 
- Menga quloq sol, darvish, mening uyim 
kichkina, lekin agar istasang menikida qancha 
turging kelsa, shuncha turishing mumkin. 
- Meni o'ylaganing uchun katta rahmat, - dedi 
Shams. 
- Lekin hammamiz ham Xudoning 
dargohidamiz. Qoidalardan birida aytilishicha: 
«Dunyo hamma narsalarning hamma 
narsalarga bog'liqligi qonuniga bo'ysunadi. 
Ezgulikning har bir tomchisi, yomonlikning 
har bir bo'lagi - hamma-hammasi o'zaro 
bog'langan. Suiqasdlardan, aldanishlardan, 
ayyorliklardan ko'rmaslik kerak. Kimdir senga 


qopqon qo'yayotgan bo'lsa, bilginki, u 
Xudoning irodasi bilan shunday qilayapti. Eng 
zo'r qopqonni Uning O'zi qo'yadi. Xudoning 
izmisiz daraxtning yaprog'i ham qilt etmaydi. 
Xudoga to'liq ishon. Nimaiki sodir bo'lmasin, 
uning iznisiz bo'lmaydi». 
Shams shu so'zlarni aytib menga ko'zini qisib 
qo'ydi va xayrlashib, menga qo'l silkitdi. Men 
uning loy ko'chadan yurib, Rumiylarning uyi 
tomon qadam tashlab tez ketayotganini kuzatib 
qoldim. Mening ogohlantirishimga e'tibor 
bermadi ham. 
Qotil 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling