Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1248 yil, mart, Konya. 
Kaltafahmlar! Ovsarlar! Ularga men bilan 
birga bormanglar, deb aytgandim-a. Men doim 
bir o'zim ishlayman, buyurtmachilar ishimga 
aralashishini juda yomon ko'raman. Lekin ular 
darvishning g'ayritabiiy quvvati borligini 
menga pesh qilib, o'lganini o'z ko'zimiz bilan 


ko'rishimiz kerak, deb turib olishdi. 
- Mayli, - dedim oxiri. - Lekin darvishingizning 
ishini tugatmagunimcha, narida turasiz. 
Ular «xo'p» deyishdi. Endi ular uchta bo'lishdi. 
Ikkitasini men oldin ham ko'rgan edim, keyingi 
uchrashganimizda esa yana bittasi ularga 
qo'shilipti - u ham o'shalarday yosh va asabiy 
yigit ekan. Uchalasi ham yuzlarini qora ro'mol 
bilan berkitib olishgandi. Menga baribir 
emasday go'yo! 
Yarim kechadan keyin Rumiylarnikiga keldim. 
Tosh devordan sakrab o'tib, hovliga tushdim. 
Butalar orasiga yashirindim. Buyurtma 
berganlar Shams Tabriziy har kuni tahorat 
olishdan oldin hovlida muroqaba (meditasiya) 
qilish odati borligini aytishgan edi. Men faqat 
kutib turishim kerak edi. 
Havo odatdagidan sovuqroq, shamol ham 
bo'layotgan edi. Qo'limda ushlab turgan 
qilichim og'ir va sovuq, sopidagi ikki koratga 
sotib olgan marjon bezagi qo'limga qattiq 
botardi. Har ehtimolga qarshi deb xanjar va 


pichoq ham olganman. 
Oy och havorang parda ichida. Uzoqlardan 
tungi hayvonlarning qichqiriqlari va 
uvillashlari eshitiladi. Shamol esib dimog'imga 
atirgulning shirin isini ufurdi. Ne ajabki, men 
bundan o'zimni yomon his etdim. Bu yerga 
kelishimdan oldin ham kayfiyatim yaxshi emas 
edi, endi esa judayam yomon bo'lib ketdim. 
Shirin, xushbo'y atirgulning orqasida turar 
ekanman, qotillik haqida unutishga va uzoq 
yerlarga qochib ketishga bo'lgan xohishimni 
sira bostira olmasdim. 
Lekin bergan va'damga sodiq qoldim. Shu 
alfozda qancha vaqt o'tganini bilmayman. 
Qovoqlarim og'irlashgan, nuqul esnoq keladi. 
Shamol kuchaydi, qandaydir noma'lum 
sababga ko'ra men o'ldirgan barcha odamlar 
haqidagi qorong'u va og'riqli xotiralar yopirilib 
kela boshladi. Hech qachon bunday tuyg'uni 
boshdan kechirmagandim. Hech qachon 
o'tmishni eslaganimda bunaqa asabiylashmas 
edim. To'g'ri, menda o'qtin-o'qtin xayollarga 


beriladigan kunlar bo'lib turardi, lekin 
asabiylashish... 
O'zimga dalda berish uchun xushtak chala 
boshladim, lekin bu yordam bermadi. Orqa 
eshikka qarab pichirladim: «Chiqaqol, Shams. 
Meni uzoq kutishga majbur qilma. Hovliga 
chiq». 
Lekin biron ovoz yo'q. Biron harakat yo'q. 
Hech nima yo'q-ku. 
To'satdan maydalab yomg'ir tomchilay 
boshladi. Men turgan joydan devor ortidagi 
yerlar yaxshi ko'rinib turardi. Tez orada kuchli 
yomg'ir yog'a boshladi, ko'chalarda suv daryo 
bo'ldi, men suyaklarimgacha ho'l bo'ldim. 
- La'nat bo'lsin! - dedim chidamsizlik bilan. - 
La'nat bo'lsin! La'nati! 
Men endi qatlni boshqa kunga ko'chirmoqchi 
bo'lib turgan edim hamki, shu on tomlar va 
yo'llarga qattiq urilayotgan yomg'ir 
tomchilarini bosib ketadigan keskin ovoz 
eshitilib qoldi. Kimdir hovliga chiqdi. 
Bu Shams edi. U qo'lida moychiroq 


ko'targancha, men tomonga yurib kelardi, u 
men yashiringan butalardan bir necha qadam 
narida to'xtadi. 
- Go'zal kecha, - dedi u. 
Men sarosimaga tushdim, o'zimni zo'rg'a bosib, 
xo'rsindim. Nahotki yolg'iz bo'lsa? Kim 
bilandir gaplashayaptimi? Yo o'ziga-o'zi 
gapirayaptimi? Yoki men uni hovlida 
kutayotganimni bildimikin? Lekin qanday qilib 
meni bilishi mumkin? Bu fikrlardan boshim 
yorilay derdi. 
Keyin miyamga yana bir dahshat fikr kelib 
qoldi: kuchli shamol va yomg'irga qaramasdan 
qo'lidagi chiroq qanday qilib yonib turipti?! 
Shuni o'ylagan zahotim etim jimirlab ketdi. 
Shame haqida tarqalgan har xil gap-so'zlarni 
esladim. Odamlar uni sehr-jodu qiladi; 
shunchaki o'z kiyimidagi bir nechta ipni 
bog'lab, odamni hangraydigan eshakka yoki 
ko'rshapalakka aylantirib qo’yishi mumkin, 
deyishardi. To'g'risi, men hech qachon bu 
bema'ni gaplarga ishonmaganman va 


ishonishni istagan ham emasman, lekin 
Shamsning qo'lidagi o'chmaydi chiroqni ko'rib, 
boshimdan oyog'imgacha titroq turdi. 
- Bir vaqtlar Tabrizda ustozim bor edi, - dedi 
Shams chiroqni yerga qo'yar ekan. U menga 
«hamma narsaning vaqtu soati bor», deb 
o'rgatgan edi. Bu oxirgi qoidalardan biri. 
Bu qanday qoidalar bo'ldi? Bu qanday jumboq? 
Men bu jumboqni tez echishim kerak, yo 
yashiringan joyimdan shartta chiqishim, yoki u 
menga orqasini o'girishini kutib turishim, lekin 
bu keyingisi bo'lishi amrimahol. Agar u 
mening shundoqqina yonida ekanimni bilsa, 
berkinishdan ma'no yo'q. Agar bilmasa, qanday 
chiqishni aniq hisobga olish kerak. 
Shu on hovli devori ortiga yashiringan uch 
kishining soyalarini ilg'adim. Ular men nima 
uchun darvishni o'ldirmayotganimni tushuna 
olmayotgan bo'lsalar kerak. 
- O'ttiz yettinchi sonli qoida, - gapida davom 
etardi Shams. - «Xudo vaqtni juda aniq 
hisoblaydi. Uning tartiboti shunchalar aniqki, 


yer yuzidagi barcha hodisalar aynan o'z vaqtu 
soatida sodir bo'ladi. Bir daqiqa oldin ham, bir 
daqiqa keyin ham emas. Soat hamma uchun 
birday yuradi. Har bir insonning sevgisi va 
o'limi uchun aniq vaqt ajratilgan». 
Shundagina u aynan men bilan gaplashayotgani 
menga yetib bordi. U shu yerda turganimni 
biladi. U buni men hovliga kirmasimdan 
oldinoq bilgan. Yuragim baland ovozda urib 
ketdi va atrofimda havo qolmaganday bo'ldi. 
Endi berkinishda ma'no yo'q edi. Gavdamni 
tiklab, butalar orasidan chiqdim. Yomg'ir 
qanday birdan boshlangan bo'lsa, shunday 
birdan to'xtadi va suqunat cho'kdi. Biz - qotil 
va qurbon - yuzma-yuz turardik, vaziyatning 
daxshatiga qaramasdan, hammayoq tinch va 
tabiiy edi. 
Men qilichimni sug'urdim va qulochkashlab 
urdim, lekin darvish kutilmaganda qilichni 
oson qaytardi. Yana urishga chog'landim, lekin 
qandaydir shovqin eshitildi, qayoqdandir 
to'qmoq va nayzalar bilan qurollangan oltita 


erkak paydo bo'ldi va darvishga hujum qila 
ketishdi. 
Hammasi aralash-quralash, yerga dumalashdi, 
keyin yana o'rinlaridan turib, hammasi har 
qayoqqa urila boshladi. Men buni hayrat va 
g'azab bilan kuzatib turdim. Hech qachon 
menga birovini o'ldirishga pul to'lab, o'zlari 
o'ldirayotganlarining guvohi bo'lmagandim. Bu 
uch yosh yigitning surbetligidan shunchalar 
jahlim chiqdiki, hatto ularni yaxshilab 
do'pposlab, darvishni qutqarishga ham tayyor 
edim. 
Lekin shu vaqt xujum qilayotganlardan biri jon 
holatda baqira boshladi: 
- Yordamga! Shoqol Bosh, tez! U bizni 
o'ldiradi! 
Men yashin tezligida qilichimni otib, xanjarni 
qinidan chiqardim va urishayotganlar tomonga 
otildim. Yetti kishi darvishni yerga bosib 
turishardi, men xanjarni uning yuragiga urdim. 
Faqat birgina xirillash otilib chiqdi, darvish 
hatto silkinmadi ham. 


Hammamiz birgalikda ajablanarli darajadagi 
yengil jasadni ko'tardik, olib borib quduqqa 
tashladik va shaloplash eshitilishini kutib 
turdik. 
Lekin hech nima eshitilmadi... 
- Bu nimasi? - chiday olmay dedi qotillardan 
biri. - U quduqda emasmi? 
- Quduqda, quduqda, - uni yupatishga urindi 
boshqa qotil. - U bu yoqqa chiqa olmaydi-ku! 
Hamma qo'rqib ketdi. Men ham. 
- Balki u quduq devoridagi biron ilgakka ilinib 
Qolgandir? - taxmin qildi uchinchisi. 
Bu haqiqatga biroz yaqinroq edi. Bo'lgan 
hodisaga iron bir tushuntirish bo'lishi kerak-ku, 
axir, garchi quduq devorida hech qachon hech 
qanday ilgak bo'lmasligini bilsak ham, baribir, 
xursand, bir-birimizni quchoqlab qo’ydik. 
Bir-birimizning ko'zlarimizga qaramaslikka 
harakat qilib, qancha vaqt o'sha yerda 
turganimizni bilmayman. Sovuq shamol 
hovlida jigarrang yaproqlarni uchirib yurardi. 
Baland osmondagi to'q ko'k zulmat 


chiqayotgan quyoshga o’z o'rnini 
bo'shatayotgan chog' edi. Biz hovlida uzoq 
qolgan bo'lsak kerak, har holda orqa eshik 
ochilib, bo'sag'ada odam ko'rinmagunicha 
turdik. Men uni darhol tanidim. Bu Mavlono 
edi. 
- Bu kim?! - qichqirdi u, ovozida bezovtalik 
bor edi. - Shu erdamisan, Shams? 
Darvishning ismini eshitgan zahotimiz
yettovimiz tum-taraqay qochdik. Olti kishi 
devor oshib g'oyib bo'ldi, men esa butalar 
orasidan xanjarimni axtarardim. Men bir on 
ham to'xtamaslik kerakligini bilardim, lekin bir 
qayrilib qaramaslikdan o'zimni tiya olmadim. 
Rumiy hovliga chiqayotganini, keyin chapga, 
quduq tomonga burilganini ko'rdim. U 
ko'tarilib, quduqqa qaray boshladi va to ko'zlari 
qorong'ulikka o'rgangunicha bir necha daqiqa 
kutib turdi. Keyin u yerdan sakrab tushdi, 
tizzalab o'tirib qoldi, ko'kraklariga mushtlab 
ketdi va quloqni teshgudek chinqirdi: 
- Ular uni o'ldirishipti! Ular mening Shamsimni 


o'ldirishipti! 
Men devor osha sakradim, darvishning qoniga 
belangan xanjarni ham unutib shunday 
chopdimki, umrimda bunchalik 
chopmaganman. 
Ella 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling