Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Xizmatchi 
1243 yil, 29 sentyabr, Bag'dod. 
Darvishlik oson ish emas. Menga bu haqida 
ko’pchilik aytgan. Lekin buning uchun avval 
qancha chig'iriqlardan o'tish kerakligini 
aytishmagan. Bu yerga kelganimdan beri 
molday ishlayman. Kun bo'yi qilgan 
ishlarimdan keyin shunchalar charchaymanki, 
o’ringa yotganimda suyak-suyaklarimdan o'tib 
ketgan og'riqdan uxlay olmayman, oyoqlarim 
haqida gapirmasa ham bo'ladi. Qiziq, birontasi 
menga bu yerda qanday munosabatda 
bo'lishayotganini bilarmikin? Bilgan holda 
ham, bilmaganga olsa kerak. Darvishlar hatto 
mening ismimni ham bilishmaydi. «Yangi 
xizmatchi, - deb chaqirishadi ular meni. 
Orqavoratdan esa Mallasoch johil, 
- deb shivirlashadi. 


Hammadan yomoni - mening oshxonada 
oshpaz bilan ishlashim kerakligi. Uning yuragi 
o'rnida yurak emas, tosh bor. U darvishlarga 
ovqat pishirib yurish o'rniga, mo'g'ullarning 
jangari qo'shiniga bosh bo'lishga munosibroq 
bo'larmidi. Uning kimgadir yaxshi gap 
aytganini ham eshitmaganman. U jilmayishni 
ham bilmasa kerak. 
Bir kuni men darvishlarning kattasidan, 
nahotki hamma darvish bo'lishdan oldin 
oshxonada sinov xizmatini o'tasa, deb so'radim. 
U sirli ravishda jilmayib ko'ydi-da, keyin 
«Hamma emas, faqat ba'zilar» dedi. 
Unda nima uchun men? Nimaga ustoz 
boshqalarga qaraganda men ko'proq 
qiynalishimni istadi? Nahotki mening nafsim 
boshqalarnikidan kuchlirog'-u, shuning uchun 
menga bunchalik og'ir sinov berilayotgan 
bo'lsa? 
Har kuni hammadan erta turib, hovuzdan suv 
tashib kelaman. Keyin o'choq yoqaman va 
kunjutli lochira non yopaman. Ertalabga 


sho'rva pishirish ham mening vazifamga kiradi. 
Ellikta odamning qornini to'yg'azishning o'zi 
bo'lmaydi. Doshqozon kerak bunga. Keyin bu 
ovqatlarni tashib olib borish ham bor. 
Kunchiqardan to kunbotarga qadar idish 
yuvish, artish, sabzavot to'g'rash, hovli 
supurish, o'tin yorish, tizzalab o'tirgancha eski 
g'ichillab turgan oshxona polini yuvish. Yana 
men sharbat va turli xil ziravorlar 
tayyorlayman. Sabzi va qovoq tuzlayman. 
Tuzni suvga tuxum cho'kib ketmaydigan qilib 
solish kerak. Agar bundan ko'proq yo kamroq 
solib qo'ysam bormi, oshpazning jazavasi tutib, 
idishlar chilparchin sinadi, men esa ishni 
qaytadan boshlashim kerak bo'ladi. 
Bu ishlar orasida yana men arab tilidagi 
duolarni ham o'qishim kerak. 
Oshpaz mendan kalimalarni qattiq ovozda, 
dona-dona qilib aytishni talab qiladi, aks holda 
men so'zlarni to'g'ri talaffuz etayotganimni 
payqamay qolar emish. Xullas, men ishlayman
duolar o'qiyman, duolar o'qiyman va 


ishlayman. «Oshxona ishlarini qancha yaxshi 
uddalasang, shuncha erta ulg'ayasan, o'g'lim, - 
deydi menga u. - Pishir-Kuydir va boshqa 
yumushlarni o'rganish mobaynida qalbing 
yumshaydi, nafislashadi». 
- Bu sinov qancha davom etadi? - so'radim men 
bir kuni. 
- Ming bir kun, - degan javob bo'ldi. - Hamon 
Shahrizodaga o'z hikoyalarini to'qishi uchun 
shuncha kun kerak bo'lgan bo'lsa, sen ham shu 
muddatda bu vazifani uddasidan chiqa olsang 
kerak. 
Bo'lmagan gap! Nahotki men o'sha vaysaqi 
Shahrizodaga o'xshashim kerak bo'lsa? Bundan 
tashqari, uning bor-yo'q qilgan ishi 
paryostiqlarga yonboshlab olib, hikoyalar 
to'qishdangina iborat bo'lgan bo'lsa. Shu 
mashaqqatli ish ekanmi? Agar unga men 
qilayotgan ishlardan hech bo'lmasa yarmisini 
qilish buyurilsa, bir haftaga ham chiday 
olmasdi. Hech kim bu ishlarga uzoq dosh bera 
olmasa kerak. Men esa dosh berib kelayapman. 


Menga endi olti yuz yigirma to'rt kun qoldi. 
Sinovning dastlabki qirq kunini men yotib 
ham, tik turib ham bo'lmaydigan juda tor va 
qorong'u hujrada tiz cho'kib o'tkazganman. 
Agar tuzukroq ovqat eyishni istab qolsam, agar 
qorong'u yoki yolg'izlikdan qo'rqsam, yoki 
Xudo asrasin-u, shahvatim qo'zg'ab qolsa, 
shiftda osig'liq qo'ng'iroqni chalib, menga 
ma'naviy yordam berishlarini so'rashim kerak 
edi. Lekin men bir marta ham bunday 
qilmadim. Lekin bulardan birontasi mening 
xayolimga ham kelmadi demayman, albatta. 
Ammo bularning hammasi hatto qimirlab ham 
bo'lmas holatda o'tirishning oldida nima 
bo'lardi? 
Uzlat muddati tutaganidan keyin, meni 
oshxonaga, oshpaz qo'lida azob chekishga 
jo'natishdi. Azoblanayapman. Lekin to'g'risini 
aytsam, uni har qancha yomon ko'rmayin, 
biron marta ham u o'rnatgan tartibni buzmadim 
- harqalay Shams Tabriziy kelishiga qadar 
shunday edi. O'sha kuni esa u meni tutib olib, 


tol xivichlar bilan rosa savaladi. Keyin, jo'na 
bu yerdan, degan ma'noda, kavushimni 
to'g'rilab qo'ydi. Darvishlar xonaqosidan hech 
qachon hech kimni bunday savalab, sinovga 
dosh bera olmading, deb baqirib, ko'chaga 
uloqtirishmagan. Uddasidan chiqa 
olmaganlarni indamay chiqarib 
yuboraverishgan. 
- Biz seni xohishingga qarshi yurib, darvish 
qila olmaymiz, - dedi oshpaz. - Eshakning 
oldiga chelakda suv qo'yib, to o'zi 
istamagunicha uni ichishga majbur qilib 
bo'lmaydi. Eshak buni o'zi xoxlashi kerak. 
Boshqa yo'li yo'q. 
Demak, u meni eshak deb hisoblar ekan. 
To'g'risini aytsam, agar Shams Tabriziy 
bo'lmaganida, men o'zim ham allaqachon 
darvishlar dargohidan qochvorgan bo'lardim. 
Meni qiziqish ushlab qolgan edi. Men bunday 
insonni hech qachon uchratmagan edim. Hech 
kimdan qo'rqmaydigan va hech kimga 
bo'ysunmaydigan odam. Hatto oshpaz ham uni 


hurmat qilardi. Agar bu maskanda kimgadir 
ergashish kerak bo'lsa, men yuvosh qari ustoz-
ga emas, faqatgina hech kimdan qo'rqmaydigan 
va hech kimga bo'ysunmaydigan shu Shamsga 
ergashgan bo'lardim. 
Ha, Shams Tabriziy - haqiqiy qahramon. Uni 
uchratgach, men yuvosh darvish bo'lmaslikka 
qaror qildim. Uning yonida ko'proq qolsam, 
xuddi u kabi jur'atli, shaxdam va bo'ysunmas 
bo'lar edim. Kuz kelib, Shams bizni butkul 
tashlab ketayotganini anglaganimdan keyin, 
men u bilan birga ketishga qaror qildim. 
Shu qarorga kelgach, Bobo Zamonni izlashga 
tushdim va uni chiroq nurida kitob o'qiyotgan 
holda ko'rdim. 
- Xo'sh, xizmatchi, senga nima kerak? - so'radi 
u g'ashi kelganini yashira olmay, xuddi mening 
ko'rinishimning o'zidayoq ko'nglini 
ozdirayotganga o'xshardi. 
Shundan keyin men iloji boricha jur'at bilan 
de-dim: 
- Ustoz, men Shams Tabriziy yaqinda bizni 


tashlab ketishini eshitdim. Men u bilan birga 
ketishni istayman. Balki unga hamroh 
kerakdir? 
- U senga shunchalik yoqib qoladi, deb 
o'ylamagan ekanman, - gumonsirab javob qildi 
ustoz. - Yoki sen oshxonadan qochib qolish 
uchun shunday deyapsanmi? Sening sinov 
muddating hali tugamadi. Seni hozir darvish 
bo'lding deb bo'lmasa kerak. 
- Balki Shams bilan birga sayohat men uchun 
sinov bo'lar? - o'zimni haddan ziyod 
surbetlarcha tutayotganimni sezgan holda, 
o'zimni tuta olmay dedim men. 
Ustoz yerga qaragancha, xayolga botdi. Jimlik 
cho'zilgan sari, hozir u meni surbetligim uchun 
koyib tashlashi va oshpazga menga tuzukroq 
qarashni buyurishi ravshanroq bo'la boshladi. 
Lekin ustoz bunday qilmadi. U menga g'amgin 
qarab qo'ydi va boshini chayqab dedi: 
- O'g'lim, nazarimda, sen bu yerdagi hayot 
uchun tug'ilmagansan. Aslida ham bu yo'lga 
kirmoqchi bo'lgan yetti darvishdan faqat bittasi 


sobit qoladi. Nazarimda, sen darvishlikka 
yaramaysan va boshqa yo'ldan borishing 
kerakka o'xshaydi. Shamsga hamrohlik qilish 
borasida esa, uning o'zidan so'rashingga to'g'ri 
keladi. 
Shunday degach, Ustoz menga 
xushmuomalalik, lekin qat'iyat bilan bosh 
irg'adi va yana kitobini o'qishga tushdi. 
Haqirligimni sezib, juda xafa bo'lib ketdim, 
lekin shunga qaramay o'zimni birdan erkin his 
etdim. 
Shams 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling