Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

 
Ikkinchi qism
Suv
(Hodisalar suv kabi oquvchan, o'zgaruvchan 
va kelajakda nima bo'lishini oldindan aytib 
bo'lmas) 


Rumiy 
1244 yil, 15 oktyabr, Konьya 
Qop-qorong'u osmonda yarqiragan to'lin oy 
xuddi kattakon durga o'xshaydi. Yotgan 
joyimdan turdim va oy nuri yog'ilib turgan 
hovliga ochig'liq derazadan tashqariga 
qaradim. Lekin bu go'zal manzara ham 
yuragimning dukillab urishi va qo'llarimdagi 
titroqni bosa olmadi. 
- Nima bo'ldi, afandim. Yana o'sha tushni 
ko'rdingizmi? - shivirlab so'radi xotinim. - Suv 
keltirib beraymi? 
Men uni tinchlantirishga urindim. Uxlasin, 
baribir, menga yordam bera olmaydi. Tushlar - 
hayotimizning bir qismi va ular Xudoning 
irodasi bilan ko'riladi. Bundan tashqari, keyingi 
qirq kundan buyon men aynan o'sha tushni 
ko'rishimda qandaydir sabab bo'lishi kerak. 
Tushning boshlanishi har doim har xil edi, 
ehtimol, men o'zim uni turli tomondan 
ko'rayotgandirman. Tanishday ko'ringan, lekin 
avval sira ko'rmaganim gilamli xonada Qur'on 


o'qiyotganimni ko'rardim. Ro'paramda baland 
bo'yli, ozg'in, gavdasini g'oz tutgan va yuzlari 
ko'rinmayotgan darvish o'tiradi. U qo'lida 
beshta shamli qandilni tutib, men o'qishim 
uchun yoritib turadi. 
Sal turib darvishga nimalarni o'qiyotganimni 
ko'rsatishni istab, boshimni ko'taraman va 
shundan keyingina yoritayotgan narsa qandil 
emas, odamning qo'li ekanini ko'rib dahshatga 
tushaman. U ro'paramda o'ng qo'lini ko'tarib 
turadi va har bitta barmog'i xuddi olovdek 
yonadi. 
Meni vahima bosardi va suv izlay boshlardim. 
Olovni o'chirish uchun kiyimlarimni echib 
darvishning ustiga yopardim. Kiyimlarni 
olganimda esa, darvish o'z o'rniga yonib turgan 
shamni qoldirib, o'zi g'oyib bo'lgan bo'lardi. 
Keyin men uyning har tomonidan darvishni 
qidirishga tushaman, har burchakdan uni 
axtaraman, keyin yorqin-sariq atirgullar ochilib 
turgan hovliga chopib chiqaman. Darvishni 
chaqiraman, lekin u hech qayerda ko'rinmaydi. 


- Mahbubim, qayt. Qayoqqa g'oyib bo'lding? 
Va nihoyat, g'ayrishuuriy kuch meni yetaklab 
quduq yoniga olib boradi va men chuqurdagi 
qora suvga qarayman. 
Avvaliga hech nima ko'rinmaydi, lekin 
keyinroq oy chiqadi va quduq ostidan ikki qora 
ko'z unutilmas anduh ila menga qarab turganini 
ko'raman. 
- Ular o'ldirishipti uni! - baqiradi yonimda 
kimdir. Balki bu mening o'zimdirman. Kuchli 
iztirob og'rig'idan o'zim baqirgan bo'lsam 
kerak. 
Men baqiraveraman, baqiraveraman, toki 
xotinim meni mahkam quchoqlab, bag'riga 
bosmaguncha baqiraman: 
- Afandim. Yana o'sha tushni ko'rdingizmi? - 
shivirlab so'raydi har safar xotinim. 
Kira uxlab qolganidan keyin hovliga chiqdim. 
Nazarimda ko'rgan tushim tush emas, ayni 
hozir bo'lgan hodisa edi va hamon men bilan, 
meni vahimaga solib turipti. Kecha juda sokin; 
quduqni ko'rdim-u, badanim jimirlab ketdi, 


lekin baribir uning yoniga o'tirdim va tungi 
shabada daraxt shoxlarini mayin shitirlatishiga 
quloq tutdim. 
Bunday damlarda meni hamisha anduh bosadi. 
Buning sababini bilmayman: hayotda 
bajaradigan ishlarim juda ko'p, hamisha o'zim 
uchun eng qadrli bilgan ishlarim bilan 
bandman: ilm olish, ezgulikni tanish va 
Xudoga e'tiqodni o'zlariga singdirishlari uchun 
ularga yordam berish iqtidori berilgan menga. 
O'ttiz yetti yoshimda men Xudodan 
so'raganimdan ortig'ini oldim. Men kalom, fiqh 
ilmlarini o'rgandim va muqaddas g'ayb ilmlari - 
payg'ambarlar, avliyolar va olimlar egallagan 
ilmlar - sirlarini bilishga bag'ishlandim. 
Rahmatli otam boshchiligida, davrimizning eng 
yaxshi ustozlaridan ta'lim olib, Xudo mening 
zimmamga yuklagan majburiyatni anglab, ko'p 
ishlamoqdaman. 
Zimmamga Xudodan kelgan vahiylarni Uning 
xalqi orasida tarqatish vazifasi yuklatilgani va 
Uning xalqiga to'g'rini noto'g'ridan ajratishni 


o'rgatishim tufayli meni Uning O'zi 
yorlaqagan, deydi odatda keksa ustozim Said 
Burxoniddin. 
Men ko'p yillardan buyon madrasada ta'lim 
beraman, boshqa olimlar bilan bahs yuritaman, 
shogirdlarimga o'rgataman, o'zim kalom va 
hadislarni o'rganaman va har jumada 
shaharning eng katta masjidida imomlik 
qilaman. Muridlarim sanog'ini yo'qotib 
qo'yganimga ham ko'p bo'ldi. Odamlar notiqlik 
san'atimni sharaflayotganlarini va mening 
so'zlarim ularga eng zarur vaqtda yordam 
berib, hayotlarini o'zgartirayotganini eshitish 
yoqimli edi. 
Oila a'zolarim tomonidan sevilgan va yaxshi 
do'stlar bilan taqdirlanganman. Birinchi 
xotinimning Qazo qilishi men uchun og'ir 
zarba bo'lgan va men endi sira uylanmayman, 
deb o'ylagan edim. Lekin shunga qaramay 
uylandim va Kira tufayli yana hayotimda 
muhabbat, quvonch topdim. Hozir ikkala 
o'g'lim ham katta bo'lib qolishgan, men 


ularning bir-birlariga o'xshamasliklaridan 
hayron bo'laman. Ular misoli bir tuproqqa 
ekilgan, o'sha bitta quyoshdan bahra olayotgan, 
yonma-yon o'sayotgan, lekin tamomila boshqa-
boshqa urug'lar. Men ular bilan, shuningdek, 
juda iqtidorli asrandi qizim bilan iftixor 
qilaman. Xullasi kalom, men baxtli insonman, 
o'z xususiy hayotimda ham, ijtimoiy hayotimda 
ham birday baxtliman. 
Lekin nima uchun ichimda kun sayin zilday 
og'irlashib borayotgan bo'shliqni his 
etayapman? Bu xuddi bir kasallik kabi jonimni 
kemiryapti va qayoqqa bormay, meni qo'yib 
yubormayapti. U xuddi ochofat yuvosh 
kalamushga o'xshaydi. 
Shams 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling