Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
2008 yil, 24 may, Nortgempton.
Begim kunlari ham, bayram kunlari ham oilaning birgalikda tanovul qiladigan asosiy vaqti nonushta hisoblanardi. Bunga chin ko'ngildan ishongan Ella har kuni ertalab, shanba va yakshanbalarda ham eng avval oshxonaga kirardi. Nonushta yaxshi bo'lsa, butun kun yaxshi o'tadi, deb o'ylar edi u. Ayollar jurnallarida bolalar va ota-onalar uydan o'z hollaricha, yarim och, yarim to'q chiqib ketaveradigan oilalardagiga nisbatan hamisha birgalikda nonushta qiladigan oilalarda hamjihatlik va uyg'unlik kuchliroq bo'lishi haqida yozadilar. Bundan tashqari uning tajribasi boshqa narsani ham ko'rsatar edi: hamma har xil taomni istaydi, bu esa nonushtaning odamlarni hamjihat qilishi haqidagi tasavvurlarga zid keladi. Biri (Janet) jem surilgan non chaynasa, boshqasi (Avi) asal bilan yanchilgan bodroq chaynasa, uchinchisi (Devid) omlet pishishini kutib o'tirsa, to'rtinchisi hech nima yeyishni istamasa, bu qanday hamjihatlik bo'lsin? Shunga qaramay nonushtadan muhimroq hech nima yo'q. Shunga asoslanib Ella har kuni nonushta tayyorlar edi. Lekin o'sha kuni ertalab Ella oshxonaga kirdi va qahva tayyorlash, apelsinlarni archish va nondan tostlar tayyorlash o'rniga, eng avval stolga o'tirib, noutbukni yoqdi. Keyin Azizdan xat kelganini tekshirib ko'rish uchun Internetga kirdi va xat kelganini ko'rib, xursand bo'lib ketdi. «Azizam Ella! Qizingiz bilan munosabatingiz tiklanganini bilib, juda xursand bo'ldim. Men esa kecha erta tongda Momostenango qishlog'idan jo'nab ketdim. Bu erda atigi bir necha kun turgan bo'lsam-da, ketar vaqti kelganida xomushlik, hattoki chinakam dilsiyohlik his etdim. Bu mo'jazgina Gvatemala qishloqchasini yana qo'rishim amrimahol, deb o'ylayman. Har safar biron joydan ketayotganimda, u yerga o’zimning bir qismimni tashlab ketayotganday bo'laman. Marko Polo kabi sayohatchi bo'lamizmi yoki beshikdan to qabrgacha bir joyda yashaymizmi, hayot faqat tuzilishu o'lishlardan iborat, menimcha. Yorug' dunyoda paydo bo'lar onlarimiz va boshqa dunyoga ketar onlarimiz. Dunyoda yangi insonlar paydo bo'lishlari uchun qariyalar ketmoqlari kerak. Siz bu haqida nima deb o'ylaysiz? Momostenangodalik vaqtimda men meditasiya qildim va Sizning aurangizni ko’rishga harakat qildim. Tez orada uch rangni ko'rdim - sariq, to'qroq sarg'ish va bosiqroq, metallga yaqinroq tovlanuvchi qizgish ranglar. Balki shu ranglar Siznikidir? Ular ayrim holda ham, birgalikda ham chiroyli. Gvatemaladagi oxirgi to'xtash joyim Chahul bo'ladi - bu somon suvoqli uylari bor kichkina shaharcha. U yerlik bolalarning ko'zlari huddi hikmat nazari bilan boqayotganday ko'rinadi. Barcha oilalarning ayollari gobelen (devorga osib qo'yiladigan suratli gilam) to'qishadi. Men bir kampirdan Nortgemptonda yashaydigan bir ayol uchun bitta gobelen tanlab berishni iltimos qildim. U biroz o'ylanib turdi-da, katta golenlar to'plami ichidan bittasini oldi. Qasam ichib aytamanki, u yerda kamida ellik xil gobelen bor edi. Uning tanlab bergan gobelenining rangi sariq, to'qroq sarg'ish va qizgish edi. Agar Xudo yaratgan bu olamda mos kelib qolishlar uchrab turadigan hodisa desak, bu mos kelib qolish nimadan ekani Sizni qiziqtirsa kerak, deb o'ylayman. Bizning o'zaro maktublar yo'llashimiz ham mos kelib qolish emasmikin, degan savol xayolingizga kelmadimi? Sizga barcha ezguliklarni tilab Aziz P.S. Aytmoqchi, gobelenni Sizga pochta orqali jo'nataymi? Yoki bir finjon qahva ichish uchun uchrashgunimizgacha kutasizmi?» Ella ko'zlarini yumdi va o'z aurasini tasavvur etishga harakat qildi. U o'zi o'ylamay qo'ygan ko'p narsalar yodiga tushib ketdi. Eng oldin ko'z oldimda pistoqi-yashil fartuk taqqan va qo'lida o'lchov stakanini ushlab turgan onasi gavdalandi; uning yuzi juda rangpar, niqob taqqan kabi jonsiz edi; keyin devorlarda qog'ozdan yasalgan yaltiroq yurakchalar va uyni xuddi Yangi yil kechasini o'zi bilan bezatishga urinib, ilgakka ilinganday turgan otam ko'rindi. O'smirlik vaqtida onasini otasining o'limida aybdor hisoblagani esiga tushdi. Balog'atga yetganida, turmushga chiqsam, onamdan farq qilib, erimni baxtli qilaman va hech qachon bu axdimdan qaytmayman deb o'ziga so'z bergan edi. Turmushi onasinikiga o'xshamasligi uchun hatto erni ham xristianlar orasidan emas, o'z e'tiqodidagilardan tanladi. Qari onasidan nafratlanmaydigan bo'lgunicha ko'p yillar o'tdi. Oxirgi yillarda oralaridagi munosabat yaxshi tomonga o'zgargan bo'lsa hamki, onasi haqida o'ylaganlarida qalbining tubida nimadir bor edi, shundan yuragi qisilardi. - Oyi!.. Osmonlardan yerga tushing! Oyijon! Ella orqasidan kelayotgan hingir-hingir kulishlar va pichirlashlarni eshitdi. O'girilib qarab to'rt juft ko'z o'ziga taajjublanib qarab turganini ko'rdi. Orli, Avi, Janet va Devid nonushta qilish uchun pastga tushishgan va endi yoniga kelib unga g'aroyib ajoyibotni ko'rib qolganday qarab turishardi. Aftidan ular uning e'tibor berishini anchagina kutgan ko'rinishadi. - Hammaga xayrli tong, - dedi jilmaygancha Ella. - Nima uchun biz kirib kelganimizni bilmadingiz? - so'radi Orli, ajablanganini yashira olmasdan. - Sen o'z kompyutering bilan juda band eding, - dedi Devid xotiniga qaramasdan. Ella uning ko'z qarashini kuzatdi va noutbuk ekranidagi Aziz Z.Zaxaraning elektron xatiga ko'zi tushdi. Ella bir on ham kutmasdan, hatto dasturni berkitish kerakligi ham esidan chiqib, kompyuter qopqog'ini yopib qo'ydi. - Men agentlik uchun hali ko'p o'qishim kerak, - tushuntirdi Ella. - Hisobot ustida ishlayotgan edim. - Noto'g'ri! Siz pochtani o'qiyotgan edingiz, - juda jiddiy ohangda dedi Avi. Nima uchun bu o'smirlar hamma yoqqa burunlarini suqaverar ekanlar-a? - Ella nima deyish haqida o'ylanib qoldi, lekin uning baxtiga boshqalarni bu bilan ishlari yo'q edi. Ular nonushta axtarib, boshqa tomonga Qarayotgan edilar. Nihoyat Orli Ellaga qaradi va hammani qiziqtirib turgan savolni berdi: - Oyijon, sizga nima bo'ldi? Axir nonushta tayyorlamabsiz-ku! Ella ham stolga o'girilib qaradi va hamma ko'rib turgan narsani ko'rdi: qahva ham, omlet ham, maymunjon mevasidan tayyorlangan sharbat ham yo'q edi. Nima bo'ldi o'zi, o'ylardi Ella, qanday qilib nonushta tayyorlashni esidan chiqarib qo'ydi? Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling