Елкасини пайІамбарлар силаган шоир
Download 0.5 Mb.
|
Ona tili va adabiyotdan noan\'anaviy darslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoralovchilar
- O‘qituvchi
- Izquvarlar
Qoralovchilar guruhi: O‘sha kuni oqibati nima bilan tugashini bilgan holda simni tokka ulab, qulupnay pushtalari orasiga tashlab qo‘ygan. U o‘g‘ri bahona ichidagi yomon niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Oqlovchilar: Shoikrom o‘sha tunda ko‘p o‘yladi. Ilhom samovarchining xotinini pichoqlab ketishgani, o‘zi bilan ishlaydigan bir yigitning g‘arq pishib yotgan uzumlarini o‘g‘irlab ketishgani, qolaversa, erta bahorda tug‘ay deb turgan sigirining o‘g‘irlanishi, non puli bo‘lar deb yetishtirgan mevalaridan judo qilishayotgani uchun o‘g‘rilardan qasos olmoqchi edi. Qoralovchilar: U qotillikka qo‘l urar ekan, o‘z ishidan zavqlanadi. Xotinini «hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin, o‘ladi» deb ogohlanitiradi. Ko‘rinib turibdiki, Shoikrom qotillikda, qasddan odam o‘ldirishda ayblanadi. Oqlovchilar: Biz Shoikromni qasddan odam o‘ldirishda ayblanadi degan fikringizga qo‘shilmaymiz. U qulupnay pushtasi ichida yotgan odamni ko‘rib dahshatga tushadi. Shu ondayoq xato qilganini, qotillik qilganini anglaydi. Titrog‘ qo‘llari bilan loy changallagancha cho‘kkalab ko‘ksiga mushtlaydi. U aybdor ekanligidan ko‘z yumayotgani yo‘q. Og‘ir va nochor hayot uni charchatgan. Shoikrom bu ishi uchun bir umr armonda yashaydi, ma’naviy jazoga hukm etiladi. O‘qituvchi: To‘g‘ri, Shoikromday mehnatkash, sabr-qanoatli odamda ham faqat o‘zini o‘ylash, xudbinlik, shafqatsizlik kabi illatlarini nima yuzaga chiqardi? O‘quvchilar: Urush. «Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi» deganda yozuvchi haq edi. Ana shu yomonlarning harakatlari Shoikromday yigitning ham ongiga ta’sirini o‘tkazdi. O‘qituvchi: Endigi bosqichimizda hikoyaning boshqa personajlari hatti-harakatlarini chuqurroq o‘rganib tahlil qilsak. Bu bizga qotillikni keltirib chiqargan ba’zi sabablarni topishimizda yordam beradi. Izquvarlar va zukkolar qotillikka dahldor bo‘lgan isbot va dalillarni keltirishi bu ishimizga aniqlik kiritadi.. Izquvarlar: Ushbu qotillikda Xadichaning ham aybi bor. Chunki Shoikromga turmushga chiqib, uni tubdan o‘zgartirib yubordi. Shoikromday mehribon yigitni o‘z shaxsini o‘ylaydigan, qizg‘anchiq, xudbin yigitga aylantirdi. «Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin», deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Bu xonadonga Xadicha kelin bo‘lib tushibdiki, oilada tinchlik yo‘q. Uning injiqligidan, ikir-chikir gaplar chiqaverganidan Umri xola ularning qozonini boshqa qilib berdi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling