Елкасини пайІамбарлар силаган шоир


Download 0.5 Mb.
bet28/33
Sana10.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1183600
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Ona tili va adabiyotdan noan\'anaviy darslar

Zukkolar: Bizning fikrimizcha, qotillikni sodir etilishida qo‘rquv va o‘sha kungi ob-havoning ham ta’siri bo‘lgan. Shoikrom Xadichaning “Shu kunda yana o‘g‘ri oralab qoldi” degan gapidan so‘ng vahimaga tushdi. U aylanib yong‘oq tagiga bordi. Bordi-yu, chindan ham ko‘cha tomondagi devorning bir cheti o‘pirilganini, ostiga tuproq to‘kilganini ko‘rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Nazarida devorning kemtik joyidan birov mo‘ralab turganday bo‘ldi. Yong‘oq shoxlarining shamolda vishillashi ham, oyog‘i ostida to‘kilib yotgan devor tuprog‘i ham shubhali, vahimali ko‘rinib, darrov orqasiga qaytdi. Shamol borgan sari avjga chiqar, yong‘oq shoxlari shubhali qirchillar, allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo‘lardi.
Izquvarlar: Xadichaning qurumsoqligi, uy tutishni bilmasligi, ziqnaligi, qaynonasi bilan munosabatining yomonligi Shoikromni doim g‘ashlantirgan. Bolasini ham ovutishni bilmaydi, oqibatda bolasi ham yig‘loq bo‘lib qolgan. Eri ishdan charchab kelib, bolasining yig‘i ovozi yoqmay, uni tinchlantirishini so‘raganda Xadicha darrov beshikni mushtlab zarda qiladi. Bolalariga qarashadigan qaynonasidan ovqatini qizg‘anadi. Yolg‘on gapiradi.
Zukkolar: Shoikromni qo‘rquv bosadi. U Ilhom samovarchining xotinini so‘yib ketishganini eslaydi. O‘zi smenada kechasi bilan qolib ketsa, xotini uchta jo‘ja birdek jon, jon hovuchlab tong ottirsa, o‘g‘riga o‘ljaning katta-kichigi bormi? Bordi-yu, o‘zi yo‘g‘ida uyini o‘g‘ri bossa, xotini dod solsa, pichoqlab tashlasa. U yoqdan onasi chiqsa, uniyam pichoqlasa.. «Vijdonsiz! Odamlarning boshiga kulfat tushganidan foydalanib qoladiganlarni qirish kerak», degan o‘y keladi. Qo‘rquv nafratga aylanadi.
Izquvarlar: Xadicha o‘sha kuni vahima qilib erini gij-gijlamaganda, bir hovuch qulupnayga bir kosa jo‘xori beradi, demaganida Shoikrom o‘sha tokni simga ulamasmidi. Erining - Hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin, o‘ladi! - deganiga qiziqmaydi ham. Bemalol kirib uxlaydi.
Zukkolar: Shoikromning sigiri yo‘qolgan kuni ham rosa jala quygan edi. Bugun ham osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, shamol o‘kiryapti.. O‘g‘rilarga bo‘lgan nafrat qo‘rquvni yengdi. «Menga desa otib yubormaydimi!- deb o‘yladi u ayvon labiga cho‘qqayib o‘tirganicha usti yopiq simni ochiq simga ildam ularkan: «Harna bitta xaromxo‘rni o‘ldirganim. Bittasi o‘lsa, boshqalari adabini yeydi» deb, a’zoyi badani terlab ketgan edi. U qilayotgan ishining oqibatini o‘ylaydigan holatda emas edi. Simlari yaxshilikka xizmat qilayotganiga imoni komil edi. Uni qotillikka nafrat undadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling