Ellikqal’a pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqich talabasi talabasi Djumabayeva Guljahonning Pedagogik mahorat fanidan taqdimot ishi
Download 319.92 Kb.
|
Ped mahorat 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1.O’QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.
- Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab istiqbol rag‘batlantirish jazolash jamoatchilik fikri
- E’tibringiz uchun rahmat
Ellikqal’a pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqich talabasi talabasi Tashliyeva Gavharning Pedagogik mahorat fanidan 3- taqdimot ishi.O’QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATINING ASOSIY SIFATLARI VA YETAKCHI XUSUSIYATLARIREJA:1.O’QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.2.PEDAGOGIK QOBILIYATNING ASOSIY SIFATLARI VA XUSUSIYATLARI.3.O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATIDA PEDAGOGIK TA’SIR KO’RSATISH..Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati – bu imkoniyatdir, uning mohir-ligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomil-lashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug‘ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik – insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir..“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g‘oyasi – milliy va umum-bashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’naviy ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya sifatida ulug‘langan. Mazkur g‘oyani yosh avlod ongiga singdirishda o‘qituvchi kadrlarning roli beqi-yos. Bu esa ulardan avvalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bo‘lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foyda-lanishni taqozo etadi.Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqi-qotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan: 1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi. 2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish. 4. Bolalar jamoasiga singib keta olish. 5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish. 6. Javobgarlikni his etish. 7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi...Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomo-nini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega..Pedagogik ta’sir ko‘rsatish – tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyo-qarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq-atvorni xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir..Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini pedagogik jihatdan ma’lum bir maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantiradi.Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab istiqbol rag‘batlantirish jazolash jamoatchilik fikri..O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart.E’tibringiz uchun rahmatDownload 319.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling