Elmurodov jonibek akbar o’G’LI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
Download 424.64 Kb.
|
02.04.2023 Жонибек Маг.Дисс лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgarmasi (UNICEF)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Qozogʻistonda 1993 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tashkil etilgan bo’lib shu davirdan boshlab bu dastur oʻz faoliyatini milliy strategik maqsadlarga muvofiqlashtirib, asosiy eʼtiborni ijtimoiy rivojlanish va qashshoqlikka barham berish, demokratik jarayon orqali samarali boshqaruv, adolatli iqtisodiy oʻsish va barqaror atrof-muhitni boshqarishga qaratib kelmoqda. BMTTD maslahatchilari hukumatga xususiylashtirish milliy dasturini ishlab chiqishda muvaffaqiyatli yordam berdi. Shuningdek, Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi, Ayollar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy harakatlar, Ijtimoiy rivojlanishga ko‘maklashish (SDS), Sog‘lom turmush tarzi dasturi va boshqa rejalarni isloh qilish va amalga oshirish yuzasidan maslahat xizmatlari ko‘rsatildi. Yana bir ustuvor vazifa – davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish edi. BMTTD Semipalatinsk viloyatidagi 40 yil davom etgan yadro fojiasiga javoban Semipalatinsk viloyatining gumanitar-ekologik reabilitatsiyasi va iqtisodiy rivojlanishining kompleks dasturini ishlab chiqqan yetakchi donorlar qatoridan joy oldi. BMTTD koʻmagida Qozogʻiston BMTning inson huquqlari boʻyicha bir qancha hujjatlariga qoʻshildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF)Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik dasturi besh yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: ona va bola salomatligi, ona va bola ovqatlanishi, boshlang‘ich ta’lim, suv va kanalizatsiya, rejalashtirish va targ‘ibot ishlari. Dasturda asosiy e'tibor ona va bola salomatligi va ovqatlanishiga qaratilgan bo’lib UNICEF ko‘magida Qozog‘istonda bolalar o‘limining ko’payishini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Qozog‘istonning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyani (CRC) ratifikatsiya qilishi UNICEFga bolalar huquqlarini himoya qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar berdi. UNICEFning Qozog‘istondagi dasturi, shuningdek, Orol dengiziga ekologik va mintaqaviy yordam dasturida (ASPERA) vaksinalar, shpritslar, asosiy dori-darmonlar va sinflarni jihozlash uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va ta’lim sifatini yaxshilashni o‘z ichiga olmoqda. 2000 yil fevral oyida Qozog'iston Respublikasi hukumati va UNICEF o'rtasida hamkorlik dasturi bo'yicha istiqbolli kelishuvlar imzolandi. Bunda avvalgidek salomatlikka asosiy e'tibor berildi, lekin ko'proq ta'lim, shuningdek, alohida qo'llab-quvvatlashga muhtoj bolalarga yordam berish, yoshlarning jamoat ishlarida ishtirok etishi kabi muommolar o’z yechimini topmoqda. Download 424.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling