Emadigan bola bir yoshgacha boʻlgan bola


Download 99 Kb.
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi99 Kb.
#1033375
1   2   3   4   5
Bog'liq
Goʻdak

Gigiyenasi
Goʻdak sogʻligʻini saqlashda ich kiyimi, oziq-ovqati, idish-tovoqlari va oʻrin-boshlarini ozoda tutish juda muhim. Goʻdak beshikda yotadigan boʻlsa, uni vaqtida belab, vaqtida yechishga eʼtibor berish kerak. Goʻdak beshikdan yechilgach, uning badanlarini, xususan boshi va kuraklarini silab-siypalash, oyoq-qoʻllarini mashq qildirish, beshik hamda unga ishlatiladigan anjomlarini bot-bot shamollatib turish lozim. Goʻdakka quruq soʻrgʻich soʻrdirish yaramaydi, uni yaxshilab qaynatib ishlatish lozim. Goʻdak alohida uyda yotqizilsa tinch uxlaydi, xona toza, yorugʻ boʻlishi va vaqt-vaqti bilan shamollatib turilishi lozim. Xona temperaturasi 20° boʻlgani maʼqul. Bundan isib ketsa, bolani ochiq havoga olib chiqilganda tez shamollaydi. Goʻdak terisi nozik boʻlib, salga zararlanishi mumkin, shuning uchun muntazam parvarish qilish, har kuni ertalab va kechqurun yuzini iliq suv bilan, qoʻlini esa sovunlab yuvish (chunki u qoʻlini ogʻziga tiqadi, soʻradi), tirnogʻini vaqt-vaqti bilan olib turish zarur. Uni har kuni iliq suvda sovunlamasdan, har 2—3 kunda sovunlab choʻmiltiriladi, betob boʻlib qolsa, tuzalguncha choʻmiltirmay turiladi. Choʻmiltirilgandan keyin mayin sochiq bilan artiladi, chov burmalari, qoʻltiq va quloq orqasiga vazelin yoki qizdirilgan oʻsimlik yogʻi, "Bolalar" kremi surtiladi. Qaynatilgan toza suvga hoʻllangan paxta bilan Goʻdak koʻzini burchagidan burunga qarab har kuni artiladi. Xuddi shu zaylda uning burni ham tozalab turiladi. Burundan nafas olganda koʻkrak qafasi va oʻpka yaxshi rivojlanadi, bola tinch uxlaydi va kasallikka kam chalinadi. Goʻdaklar kiyim-kechagi yengil, issiq, keng , ter va boshqa chiqindilar bemalol bugʻlanib ketadigan boʻlishi kerak. Uni haddan ziyod oʻrabchirmash yaramaydi, aks holda u isib ketib tez-tez shamollaydigan boʻlib qoladi. Goʻdak hayotining birinchi kunidan boshlab ochiq havoga oʻrgatilishi kerak. Sof, salqin havoda organizmi chiniqadi, ishtahasi ochiladi, teri va oʻpkasi mustahkamlanadi, kasalliklarga chalinmaydigan boʻladi. Goʻdak organizmini astasekin chiniqtira borish kerak. Ketlikni shoshmasdan (Goʻdakni 1—2 min. yalangʻoch yotqizib qoʻyib) almashtirish lozim, shunda Goʻdak havo vannasiga oʻrgana boradi. Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish muddati obhavoga qarab oʻzgartirib turiladi. Bolani kun boʻyicha qoʻlda koʻtarib yurish yaramaydi, aks holda oʻrganib qolib, onasiga ham, boshqalarga ham tinim bermaydi, oʻzi ham qiynaladi. Ona va oiladagi boshqa kishilar Goʻdakka gapirib, tovushni ajratishga, oʻyinchoqlarni oʻynashga oʻrgatishlari lozim. Sogʻlom bola har qanday sharoitda ham oʻzi uxlab qoladi. U yotgan xonani qorongʻi qilish, tinchlik saqlash shart emas. Bola yigʻlasa, sababini aniqlashga harakat qilish lozim. Atrofdagilar qanchalik shirinsuxan boʻlishsa, bola ham shunchalik sergak va sogʻlom oʻsadi. Goʻdakni 4—5 oyligidan toʻsishga oʻrgatish, emizishdan oldin va keyin, uxlatish oldidan va uygʻonganidan keyin toʻsayotganda uni maqtab, erkalab turish kerak. Goʻdakning harakatlanish qobiliyatini oʻstira borish juda muhim, lekin bunda ehtiyotkor boʻlish lozim. Bolani barvaqt, yaʼni badani hali qotmaganda, hatto atrofiga yostiq qoʻyib oʻtqazilsa ham, bukchayib oʻtiradi, natijada umurtqa pogʻonasi, erta yurishga oʻrgatilganda esa oyogʻi qiyshayib qolishi mumkin. 2,5—3 oyligidan boshlab bolani qattiqroq narsa ustiga qorni bilan yotqizib turish kerak, bunda boʻyin, orqa, oyoq muskullari mustahkam boʻlib boradi. Bola surila boshlagach, uzoqroqqa oʻyinchoq qoʻyib, uni surilib borishga oʻrgatish zarur. 4—5-oydan boshlab har kuni 5 min.cha badan tarbiya qildirish kerak. Yoshiga mos holda tanlangan oʻyinchoqlarni oʻynatish bolaning teran oʻsishiga imkon beradi.
Ona tugʻruqxonadan chiqqach, goʻdakni bolalar poliklinikasi hisobga oladi, shifokorlar ona huzuriga borib, unga bolani toʻgʻri boqish va parvarishlashga oid tegishli maslahatlar berib turadilar.[1]

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling