Emadigan bola bir yoshgacha boʻlgan bola
Download 99 Kb.
|
Goʻdak
Ona suti bilan boqish
Bolani ona suti bilan boqish bir yoshga toʻlgandan keyin ham tavsiya qilinadi, infeksiya tarqalishiga moyil joylarda esa ikki yoshgacha va undan ham koʻproq emizish mumkin. Qurʼoni Karimda (2:233) esa goʻdakni ikki toʻliq yoshga kirguncha emizish farz koʻrsatilgan. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti bolani ikki yoshgacha ona suti bilan boqish zarurligini taʼkidlab, bunga bir qancha sabablar keltiradi. Ikki yoshga toʻlganda bolaning hamma tishlari chiqadi va u ovqatni oʻzi isteʼmol qila oladi. Bundan tashqari, ona sutining tarkibida bor maxsus modda bolaning tishlarini qoplab ularni karies hosil boʻlishidan saqlaydi. Bu jarayonni turli sut aralashmalari esa taʼminlab berisholmaydi. Ona sutining afzal tomonlaridan yana biri uning tarkibidagi tez hazm boʻlib issiqlik almashinuvini taʼminlab turadigan suv (emgan bola suv ichmasa ham boʻlaveradi), goʻdakni energiyasini saqlab turadigan sut shakari, laktoza, yogʻ hujayralari va ularni tanaga singishini amalga oshiradigan lipaza (sut aralashmalarida bu fegment yoʻq) bor. Va nihoyat eng asosiysi, ona suti tarkibidagi immunoglobulin garmoni bolani infeksiyalardan himoya qilib, turli kasalliklardan saqlaydi.[3] Ona sutining yana bir yaxshi tomoni, uning tabiiy kontraseptiv funksiyasini bajarishligidir. Agar ona bolani har uch soat oraligʻida va kechqurun (negaki kontraseptiv funksiyasini oʻtovchi prolaktin garmoni kechqurun eng koʻp miqdorda ishlab chiqariladi) emizsa, bu onani birinchi oyi kirguncha bevaqt homiladorlikdan saqlaydi. Ikki yil, bugungi kunda tibbiyot fani tadqiqotlari asosida tavsiya etilgan navbatdagi bolani rejalashtirishga ona tanasining tayyor boʻlish muhlatidir. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling