Reja: - Emotsiyalar haqida tushuncha va nazariyalar.
- Shaxs xronologik yoshi haqida umumiy tushuncha
- Xronologik yosh haqidagi tavsiflar va metodikalar.
Emotsiyalar haqida - Emotsiya so’zi aslida, (lot. Emovere-qo’zg’ataman degan ma’noda) shaxsning voqelikka o’z munosabatini shu vaqtda his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq pozitiv yohud negativ kechinmalardir. Ular aktual holdagi ehtiyojlarning qondirilgani yoki qondirilmay qolganida ko’pincha yuzaga keladi.
Emotsiya nazariyalari: - CH.Darvinning Evolutsion nazariyasi
- V.Vundtning ‘’Assotsiativ’’ nazariyasi
- Djems-Langening Periferik nazariyasi
- Anoxinning biologik nazariyasi,
- Simonovning ehtiyojli-informatsion nazariyasi,
- Emotsiyalar aktivlashishi (M.B.Arnold, G.Lindsey),
- Shexterning 2 komponentli nazariyalari mavjud
- Mazkur nazariyaning asoschisi V.Vundt hisoblanib, uning fikricha, emotsiya bu- hissiyotning bevosita ta’siri ostida namoyon bo’luvchi ichki o’zgarishlar.
- Vundt tana sezgi reaksiyalarini faqat his qilishdan paydo bo’lgan holos deb tushuntiradi.
- Vundtning ta’riflashicha, mimika elementar sezgilar bog’liqligida paydo bo’lgan
- Keyinchalik esa , biroz murakkabroq emotsiyalar vujudga kelgan.
- Qachonki, shaxsda murakkab emotsiya vujudga kelsa, assotsiatsiya sifatida, quyi emotsiya turlari ham paydo bo’ladi.
Periferik nazariya - Djems-Lange ta’rificha, emotsiya bu- tanamiz o’zgarishi natijasida, organik hislarimiz summasi.
- Avvalo, ichki organlarda periferik funksional o’zgarish paydo bo’ladi keyinchalik, emotsiya yuzaga keladi.
- Sxema: Tashqi hodisa– stimul qabul qilinishi—organizmning kinestetik reaksiyasi—emotsiya yuzaga kelishi.
Psixoanalitik nazariya - Z.Freyd bo’yicha emotsiya yuzaga kelishi mexanizmi: tashqaridagi perseptiv obrazning idrok etilishi ongsiz jarayonni ishga tushiradi va natijada, insonning anglanilmagan instinktiv energiyasi mobilizatsiyalanadi.
- Freyd va uning shogirdlari faqat konflikt jarayonida paydo bo’lgan negativ emotsiyalarni o’rganishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |