Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Download 0.77 Mb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1471353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o’zidir. Bu jarayonda nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. So’zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo’linadi.

Nutqning o`ziga xos turlari mavjud

  • TASHQI NUTQ
  • ICHKI NUTQ

Nutq ikkiga bo`linadi

  • Monolog – bir kishining o’ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o’qituvchining bayoni, o’quvchining to’laroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Mono­logik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berishi kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o’qituvchilar o’quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak.

Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.

  • Noverbal kommunikatsiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi.
  • Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar namoyon bo`ladi.

Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 % ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi.
Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida uning deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon bo`ladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling