Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Ilmiy uslubiy kengash raisi, prof. Xo’jamshukurov N.A


Download 4.29 Mb.
bet127/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Ilmiy uslubiy kengash raisi, prof. Xo’jamshukurov N.A. _______
KELISHILDI:
O‘quv shlari prorektori
dots.Safarov T.T.______
Otpechatano v tipografii TXTI
Tashkent. ul. Lutfiikor 64.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
1. Mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʼyicha ishlarni tashkil etish toʼgʼrisidagi namunaviy nizomga (roʼyxat raqami 273, 1996 yil 14 avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
2. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
3.mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʼlomlashtirish chora-tadbirlari boʼyicha boʼlimni oʼz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
4.tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʼrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʼrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
5.mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʼqitish, yoʼl-yoʼriq berish va bilimlarini sinovdan oʼtkazish dasturlari;
6.mehnatni muhofaza qilish boʼyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
7.xodimlarga yongʼinga qarshi yoʼl-yoʼriq berish va yongʼin-texnikaviy minimum mashgʼulotlarini oʼtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʼyicha mehnatni muhofaza qilish yoʼriqnomalari.
8. «Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Аxborotnomasi, 1993 y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʼlgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yoʼl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʼz maqomiga koʼra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʼysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʼriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʼliq ravishda sodir boʼlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori (Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʼplami, 1997 y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan 12.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.



Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling