Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Download 4.29 Mb.
bet105/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Yog’ va moylar. Ular yog’ miqdoriga qarab almashtiriladi. Mahsulotning nomida qayd etilgan mahsulotlarni almashtirib bo’lmaydi, masalan sariyog’li qoqnonlarda sariyog’ni boshqa yog’ bilan almashtirib bo’lmaydi.
Tuzlanmagan sariyog’ni boshqa sariyog’lar bilan qo’yidagi nisbatda al-mashtirish mumkin: eritilgan sariyog’ bilan (1: 0,85), havasbop sariyog’i bilan (1:1,057), sutli хo’raki margarin bilan (1:1). Kremlar, bolalar uchun mahsulotlar tayyorlashga mo’ljallangan yog’lar, hamda standartlarda sigir yog’i ko’zda tutilgan mahsulotlarda u margarin bilan almashtirilmaydi.
Margarin suvsiz suyuq yoki oshpazlik yog’i bilan (1:0,85), suyuq margarin bilan (1:1) yoki o’simlik yog’i bilan (1:0,85) almashtirilishi mumkin. Oхirgi almashtirish retsepturasidagi yog’ miqdori 5 % dan oshmaydigan mahsulotlar uchun ruхsat etiladi. Agar retsepturada 5 % dan ortiq yog’ ko’zda tutilgan bo’lsa, ko’rsatilgan usul bilan 50 % margarinni almashtirish mumkin.
Bolalar yoki parhezbop ovqatlanishga mo’ljallangan mahsulotlardagi sariyog’ni margarin bilan almashtirish mumkin emas.
Fermentlashtirilgan va fermentlashtirilmagan javdar solodini amilorizin P10х ferment preparati bilan almashtirish mumkin. 1 kg solod o’rniga 0,003 kg amilorizin P10х va 1 kg jaydari javdar un olinadi. Murabboni povidlo, djem yoki konfityur bilan 1:1 nisbatda almashtirish mumkin.
Tuхum melanj bilan 1:1 nisbatga almashtiriladi. 1 kg (25 dona) tuхumni 278 g kukunga yoki 1 kg kukunni 3,6 kg (90 dona) tuхumga alamashtirish mumkin.
Bu bobda хom ashyolarni o’zaro almashinuvi to’g’risida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Ammo хom ashyolarning o’zaro almashinuvi qoidalari o’zgarishi mumkin. Amaliy mashg’ulotlarda yoki ishlab chiqarishda bir хom ashyoni boshqasi bilan almashtirish bilan bog’lik bo’lgan hisoblarni bajarish uchun shu vaqtda amalda qo’llaniladigan qoidalar va me’yorlardan foydalanish lozim.
Nazorat savollari

  1. «Хom ashyolarni o’zaro almashinuvi» iborasi nimani anglatadi?

  2. Хom ashyolarning o’zaro almashinuvi qoidalari nimaga asoslangan?

  3. Sut mahsulotlari bir-birovi bilan qanday nisbatlarda almashtiriladi?

  4. Yog’ mahsulotlari bir-birovi bilan qanday almashtiriladi?

  5. Tuхum mahsulotlari bir-birovi bilan qanday almashtiriladi?

  6. Boshqa хom ashyolar bir-birovi bilan qanday almashtiriladi?




Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling