Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Download 4.29 Mb.
bet104/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Sut mahsulotlari. Ular tarkibidagi qandlar va yog’ning miqdorini hisobga olib, quruq yog’sizlantirilgan sut qoldig’iga (QYOSQ) qarab almashtiriladi.
Non-bulka mahsulotlari retsepturasida yog’ bo’lishi yoki bo’lmasligiga ko’ra quyidagi almashinuvlar qabul qilingan.
Tabiiy sut (yog’liligi 3,2%). Retsepturasida yog’ bo’lmagan non-bulka mahsulotlari uchun uning 1 kg miqdori qo’yidagi хom ashyolar bilan almashtirilishi mumkin:
-1,07 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan sut bilan;
-0,87 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan seroqsil sut bilan;
-0,98 kg yog’liligi 1% bo’lgan seroqsil sut bilan; - 0,12 kg qurutilgan tabiiy sut bilan;
-0,12 kg qurutilgan yog’sizlantirilgan sut bilan va hokazo.
Yog’sizlantirilgan sut. Retsepturasida yog’ bo’lmagan non-bulka mah-sulotlari uchun uning 1 kg miqdori qo’yidagi хom ashyolar bilan almashtirilishi mumkin:
-0,72 kg yog’liligi 3,2% bo’lgan sut bilan;
-0,76 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan sut bilan;
-0,62 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan seroqsil sut bilan;
- 0,09 kg qurutilgan tabiiy sut bilan;
-0,09 kg qurutilgan yog’sizlantirilgan sut bilan va hokazo.
Quruq tabiiy sut. Retsepturasida yog’ bo’lgan non-bulka mahsulotlari uchun uning 1 kg miqdori qo’yidagi хom ashyolar bilan almashtirilishi mumkin:
-2,33 kg quyultirilgan yog’siz sutga 0,3 kg yog’ qo’shish yo’li bilan;
-0,74 kg quruq yog’sizlantirilgan sutga 0,3 kg yog’ qo’shish yo’li bilan va hokazo.
Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sut mahsulotlarini quyidagi o’zaro almashinuvi qabul qilingan.
Shakar bilan quyultirilgan tabiiy sut. Uning 1 tonnasi quyidagi хom ashyolarning miqdori bilan almashtirilishi mumkin:
-826,9 kg shakar bilan quyultirilgan yog’siz sutga 103,6 kg sariyog’ va 76,2 kg shakar qo’shish yo’li bilan;
-302,8 kg quruq tabiiy sutga 11,3 kg sariyog’ va 440 kg shakar qo’shish yo’li bilan;
-224,0 kg quruq yog’siz sutga 103 kg sariyog’ va 440 kg shakar qo’shish yo’li bilan va hokazo.
Sut zardobi (1 kg) quruq moddalarining miqdori 40% bo’lgan (0,125 kg) yoki quruq moddalarining miqdori 60% quyultirilgan zardob bilan (0,084 kg), hamda quruq zardob bilan.(0,053 kg) almashtiriladi. Almashtirish quruq moddalar miqdoriga ko’ra amalga oshiriladi.

Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling