Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Ilmiy uslubiy kengash raisi, prof. Xo’jamshukurov N.A


Download 4.29 Mb.
bet18/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Ilmiy uslubiy kengash raisi, prof. Xo’jamshukurov N.A. _________________
KELISHILDI:
O‘quv shlari prorektori,
dots.Safarov T.T.________________
Otpechatano v tipografii TXTI
Tashkent. ul. Lutfiikor 64.




MUNDARIJA









Ma’ruza №1.

Kirish .......................................................................................




Ma’ruza №2.

Solod va solod preparatlari......................................................




Ma’ruza №3.

Хamirni etiltiruvchilar .............................................................




Ma’ruza №4.

Kraхmal va kraхmal mahsulotlari ...........................................




Ma’ruza №5.

Qandli хom ashyolar ...............................................................




Ma’ruza №6.

Yangi va qayta ishlangan meva-rezavorlar..............................




Ma’ruza №7.

Kakao dukkaklari. Kofe. Yong’oqlar .....................................




Ma’ruza №8.

Sut va qaymoq .........................................................................




Ma’ruza №9.

Sut mahsulotlari ......................................................................




Ma’ruza №10.

Tuхum va tuхum mahsulotlari ................................................




Ma’ruza№11.

Oziqaviy kislotalar va bo’yoqlar.Alkogolli ichimliklar................................................................................




Ma’ruza№12.

Хushbo’ylantiruvchilar ...........................................................




Ma’ruza№13.

Suv va osh tuzi ........................................................................




Ma’ruza№14.

Qo’shimcha хom ashyolar va yordamchi materiallar .............




ANNOTATSIYA

Mazkur ma’ruzalar matnida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarida qo’llaniladigan xom ashyo va materiallarning tarkibi, asosiy xossalari, ishlab chiqarish texnologiyasining qisqacha mazmuni bo’yicha ma’lumotlar yoritilgan. Xom ashyo va materiallarning qo’llash, ularni sifatiga va saqlashiga qo’yiladigan zamonaviy talablar ko’rib chiqilgan.



MA’RUZA №1
K I R I S H
Oziq-ovqat mahsulotlari inson uchun energiya manbai, organizm to’qimalari uchun qurilish materiali va almashinuvni amalga oshiruvchi sifatida kerakdir.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati xom ashyolarning xossalari, shu bilan birga xom ashyolarning birlamchi xossalarini o’zgartiruvchi va mahsulotning yangi xossalarini shakllantiruvchi texnologik jarayonlarga bog’liq. Masalan nonning sifati unning sifati va non pishirish jarayonlariga, sariyog’ning sifati qaymoqning sifati va yog’ ishlab chiqarish jarayonlariga bog’liq.
Sifati past xom ashyolardan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlab bo’lmaydi. Shuning uchun xom ashyoga bo’lgan talablarni oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi barcha xodimlar bilishlari shart.
«Oziq-ovqat texnologiyasi» yo’nalishi bo’yicha ta’lim olinayotgan talabalar uchun mutaxasislik fanlarini o’rganish, tarmoqda qo’llaniladigan xom ashyo va materiallarni o’rganishdan boshlanadi.
«Oziq-ovqat xom ashyosi va materiallari» fani ushbu sohaning korxonalarida ishlatiladigan xom ashyolarni ishlab chiqarishining zamonaviy texnologiyasi va assortimenti tavsifini, oziqaviy xom ashyolar sifatiga qo’yiladigan me’yoriy hujjatlarga bo’lgan talablarni, shu xom ashyolarning sifatini baholashning organoleptik va tajribaviy nazorat qilish uslublarini o’rganish bilan bog’liq.
«Oziq-ovqat xom ashyosi va materiallari» fani talabalarning umumiy va noorganik kimyo, organik, analitik, fizik va kolloid kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va oziq-ovqat kimyosi fanlarida o’rganilgan bilimlarga asoslanadi.
Fanning vazifasi talabalarning tabiiy fanlarni o’rganishda egallagan bilimlarini oshirishga qaratilgan. O’z navbatida ushbu fanni o’rganish natijasida olingan bilim talabalarni keng texnik dunyoqarashga ega bo’lishiga, texnologik jarayonlar va xom ashyolarga ta’sir ko’rsatish uslublarini mazmunini tushunishga, ishlab chiqarish amaliyotini samarali o’tishda yordam beradi, mutaxassislik kafedralarida maxsus fanlarni o’rganishga tayyorlaydi. Bu bilimlar oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlarida ijodiy faoliyat yurgizishga qodir bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda zarur hisoblanadi.
Respublikamiz aholisini keng assortimentda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash - xalq xo’jaligining muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani bajarish ishlab chiqarishni kengaytirish, tashish sharoitlarini yaxshilash, xom ashyoni saqlash va iste’mol mahsulotlariga qayta ishlashga bog’liq.
Oziq-ovqat mahsulotlari asosan o’simlik va hayvon mahsulotlaridan, ya’ni qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tayyorlanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligini jadal rivojlantirish natijasida, qishloq xo’jalik mahsulotlari miqdorini ko’paytirish bilan birgalikda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlarini kerak bo’lgan xom ashyolar bilan ta’minlash mumkin. Qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlardan misol qilib O’zbekiston Respublikasining g’alla mustaqilligini ta’minlash siyosatini keltirish mumkin. Ya’ni oziqaviy va em-xashak uchun mo’ljallangan don mahsulotlarini ko’paytirib, Respublikaning donga bo’lgan talabini qondirish va shu bilan chetdan qimmatbaho don mahsulotlarini olib kelishga chek qo’yish, dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bunday tadbirning amalga oshirilishi dondan olinadigan mahsulotlar (un, yorma, non, makaron va unli qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) inson oziqasining asosini tashkil qilganligi nuqtai naziridan kelib chiqadi. Don mahsulotlari chorvachilik uchun muhim boyitilgan, dag’al va yashil oziqa manbai bo’lib, uning mahsuldorligini oshirishda, qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotlari sanalgan go’sht, yog’-moy, sut, tuxum va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ko’paytirishning ishonchli kafolati ham hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining fidokorona mehnatlari natijasida dehqonchilik madaniyatining oshirilish, urug’chilikning yaxshilanishi, hosildor navlar va gibridlarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi, o’simliklarni kasalliklardan, zararkunandalar va begona o’simliklardan himoya qilish tadbirlari tizimini amalga oshirish, hosilning yo’qotilishiga chek qo’yish, ekinzorlarning strukturasini yaxshilash, almashlab ekishni to’g’ri yo’lga qo’yish hisobiga Respublikamizda yildan yilga don etishtirish miqdori oshmoqda.
5 mln tonnadan kam bo’lmagan miqdorda donli ekinlarni yig’ishtirib olish va tayyorlashni ta’minlash, Respublakamiz aholisini va oziq-ovqat sanoatining don mahsulotlariga bo’lgan talabini to’la qondiradi.
Ammo qishloq xo’jalik xom ashyolarini etishtirish va ularning sifatini yomonlashtirmasdan saqlashning o’zi kifoya qilmaydi, asosiysi eng zamonaviy texnologiya va jihozlardan foydalanib xom ashyoni oqilona qayta ishlash hisoblanadi. Shuning uchun yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlari ham muhim o’rin tutadi. Bu nuqtai nazardan donni qabul qilish, tozalash va saqlash, uni un mahsulotlariga qayta ishlash korxonalari birlamchi korxonalar hisoblansa, yorma, non, makaron, unli qandolat mahsulotlari va shu kabi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalari hisoblanadi. Shuning uchun ushbu fan nafaqat qishloq xo’jalik mahsulotlarini, balki ularni texnologik nuqtai nazardan qayta ishlash jarayonlarini, bu jarayonlarning turli oziqovqat mahsulotlarning sifataga ta’sirini o’rganadi.



Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling