Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Download 4.29 Mb.
|
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Achitqi suti. Achitqi suti achitqi sanoatining yarim tayyor mahsuloti hisoblanadi. Achitqi suti tindirilganda achitqi hujayralari qatlam hosil qilib cho’kadigan achitqining suvli suspenziyasidan iborat. 1 litr achitqi suspenziyasidagi achitqilarning konsentratsiyasi 75 % namlikdagi achitqilarga hisoblaganda 450 g dan kam bo’lmagan miqdorni tashkil qiladi. Achitqi suti tovar achitqilarni separatsiyalash va yuvish bosqichida olinadi. Achitqi suti separatsiyalash stansiyasidan aralashtirgich va sovutgich bilan jihozlangan yig’gichlarga keladi. Bu yig’gichlarda achitqi suti 4-5 °C haroratda saqlanadi. Sovutilmaganligi va anabiozga uchramaganligi uchun bu mahsulotda achitqi hujayralari faolroq bo’ladi. U novvoylik korxonalarida presslangan achitqilar o’rnida ishlatiladi.
Achitqi suti korxonalarga termoizolyatsiyali maxsus avtosisternalarda yuboriladi. Tashish vaqtida suspenziyaning harorati 3-10 °C chegarasida bo’lishi kerak. Tashish sig’imlari aralashtirish qurulmasi va achitqi suspenziyasini novvoylik korxonasidagi saqlash sig’imlariga yuborish uchun nasos bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Sig’imlar sutkasiga kamida bir marta yuvilishi va dizinfeksiyalanishi lozim. Novvoylik korxonalarida achitqi suti termoizolatsiyalangan sig’imlarda yoki sovutgichli kameralarda 3-10 °C haroratda 24 soatdan ortiq saqlanmasligi kerak. Standart talablariga ko’ra novvoylik korxonalariga yuborilayotgan achitqi suti achitqiga xos bo’lgan sarg’ish kulrang rangga va hidga ega, mog’orlash va begona hidlarsiz bo’lishi kerak. Achitqi sutidan ajratib olingan achitqilar 75 % dan yuqori bo’lmagan namlikka, 75 min dan katta bo’lmagan ko’tarish kuchiga ega bo’lishi, kislotaliligi 100 g achitqi uchun ishlab chiqarilgan kunida 120 dan, 10 °C gacha bo’lgan haroratda 72 soat saqlangandan so’ng 360 mg sirka kislotasi birligidan oshmasligi kerak. Achitqi sutidan presslangan achitqilar o’rnida foydalanish, achitqi ishlab chiqaruvchi korxonasida suvsizlantirish, shakl berish va qadoqlash, novvoylik korxonalarida qadoqdan bo’shatish va eritish jarayonlarining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Shuning bilan birga o’rash qog’ozlari, idish tejaladi, sanitarik-gigienik sharoitlar yaxshilanadi. Download 4.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling