Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Download 4.29 Mb.
bet25/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Quruq achitqilar. Quruq achitqilar maydalangan presslangan achitqilarni quritish yo’li bilan tayyorlanadi. Ular chetda joylashgan, tashish qiyin bo’lgan joylarda, ekspeditsiyalarda foydalanish uchun mo’ljalgan.
Quruq achitqilarni tashish qulay, ular saqlashda o’zining xossalarini yaxshi saqla qoladi. Bu achitqilar 5 oydan 12 oygacha saqlanishi mumkin. Ammo ular presslangan achitqilarga qaraganda quritish natijasida hujayrada sodir bo’lgan biokimyoviy o’zgarish tufayli fermentativ aktivligi past bo’ladi. Quritish vaqtida yuqori haroratda oqsil proteolizi natijasida achitqi hujayrasining azot tarkibi o’zgaradi.
Quritishning birinchi bosqichida achitqilar uglevodlarini jadal sarflanadigan nafas olish jarayoning ko’chayishi kuzatiladi. Uglavodlar etishmagan taqdirda oqsil moddalar parchalanadi. Achitqi hujayrasi tarkibidagi bu o’zgarishlar quritilgan achitqilarning ko’tarish kuchi pastligining asosiy sababi hisoblanadi. Presslangan achitqilarga hisoblanganda u taxminan 2 marta past.
Yuqori sifatli quruq achitqilar tayyorlash uchun achitqilarning maxsus turlarini tanlash kerak. Achitqi hujayralarini maksimal hayot faoliyatini ta’minlaydigan ma’lum oziqlantirish va aeratsiyalash sharoitlarida o’stirish lozim. Achitqilarni o’stirish sharoitlari hujayrada katta miqdorda quruq moddalar va tregaloza to’plash imkonini berishi kerak.
Quritishga mo’ljallangan achitqilar qo’yidagi sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak (75 % namlikdagi presslangan achitqilarga qayta hisoblanganda): ko’tarish kuchi 65 minutdan ko’p emas, 35 °C haroratda chidamliligi 72 soatdan kam emas, tregaloza miqdori quruq moddalar miqdorining 10 % dan kam emas.
Quritishga mo’ljallangan achitqilarning namligini pasaytirish uchun osh tuzining 20 % li eritmasidan foydalaniladi. Tuz eritmasining ta’siri natijasida achitqilarning namligi 2,0-2,5 % ga pasayadi. Bu quritish jarayoning davomiyligini 2 soatga qisqartirishga yordam beradi. Achitqi suspenziyasi tuz bilan ishlangandan so’ng vakuum-filtrda filtrlanadi va achitqi xamirida tuz miqdori 0,15-0,2 % bo’lgunicha yuviladi. Olingan presslangan achitqilar maydalanadi va diametri 1 mm bo’lgan qumaloq yoki vermishel shaklida quritishga yuboriladi.
Quruq achitqilarning sifatiga qo’yiladigan talablar. Quruq achitqilar oliy va I navlarda chiqariladi, vermeshil, qumaloq, kichik donachalar, burdachalar shaklida bo’ladi. Kukunsimon zarrachalarning bo’lishiga ham (massasiga nisbatan 25% dan yuqori emas) ruxsat beriladi. Rangi och-sariq yoki och-jigarrang, hidi va ta’mi quruq achitqilarga mos, begona, chirigan, mog’orlangan hidlarsiz bo’lishi kerak.
Quruq achitqilarning sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval

Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling