Endogen o`sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta`siri
Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar va bilimlar diffuziyasining tasnifi
Download 109.45 Kb.
|
Innovatsion iqtisodiyot Endogen o’sish nazariyasi va capital jamlanishga ta’siri
3.Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar va bilimlar diffuziyasining tasnifi
Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar juda qiyin nazorat qilinadigan bo’lishi mumkin. Ular uchun, masalan, ishlab chiqish muddatining eng uzoqligi xarakterli: yangi bilimlar paydo bo’lgan vaqtdan ularni amaliyotda qo’llash mumkin bo’lgan texnologiyaga aylantirishgacha ancha katta muddat talab qilinadi. Bu texnologiya muayyan jarayon, mahsulot yoki xizmat timsolida amalga oshirilishi uchun ham kam vaqt sarflanmaydi. Bu turdagi innovatsiyalar odatda birdaniga turli sohalarda bir nechta kashfiyotni uyg’unlashtirishga tayanadigan hollarda muvaffaqiyatga uchraydi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar vaqt bo’yicha kesishishi mumkin, demak, bir vaqtning o’zida kompaniyada o’z kuchlarini sarflash uchun birdaniga bir nechta yo’nalish tanlash imkoniyati paydo bo’lishi mumkin. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar bu – tadbirkorlikning «superyulduzlari»dir. Ular eng katta e’tibor qaratiladigan ob’ektlarga aylanadi va eng ko’p daromad keltiradi. Aynan ular jamiyat nigohida asl yangiliklar hisoblanadi. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi va ommalashtiilishi bilimlar diffuziyasini ifodalaydi. Bunday yangiliklar kiritishning hammasi ham keng miqyosli va ahamiyatli emasligiga qaramay, ularning eng muhim (epoxal) yangiliklar kiritish umumiy hajmidagi ulushi juda katta. Ular boshqalardan asosiy xislatlari: vaqt bo’yicha qamrovi, muvaffaqiyatsizliklar ulushi, oldindan aytish mumkinligi, ularni amalga oshiradigan sub’ektlarga qo’yiladigan talablar darajasi va hakozalar bo’yicha farq qiladi. Shu bilan bir paytda aynan shu yangiliklar eng qiyin boshqariladigan hisoblanadi, yangi bilim paydo bo’lishi va uni amaliy foydalanish, bozorda taklif etiladigan mahsulot (xizmat) ko’rinishiga keltirish o’rtasidagi uzilishlar tufayli uzoq vaqt davom etishi bilan farqlanadi. Ular eng ko’p ilm talab qiladi ham. Boshqa yangiliklardan ko’ra muvaffaqiyatli amalga oshirish aynan shu turdagi yangiliklar uchun ko’proq darajada ko’zlangan maqsadni aniqroq tushunishni, aniqroq strategik yo’nalishni, mos keladigan siyosat tanlashni, risk darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. Innovatsion jarayon innovatsiyalar diffuziyasi bilan yakun topadi. Download 109.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling