Endogen o`sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta`siri


inson kapitalining ko‘payishi g‘oyasiga asoslangan endogen ilmiy-texnik taraqqiyot modeli


Download 109.45 Kb.
bet5/5
Sana04.02.2023
Hajmi109.45 Kb.
#1162129
1   2   3   4   5
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot Endogen o’sish nazariyasi va capital jamlanishga ta’siri

inson kapitalining ko‘payishi g‘oyasiga asoslangan endogen ilmiy-texnik taraqqiyot modelini yaratish bo‘yicha urinishlarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
P. Romer moduli asosida 3 ta asosiy qism yotadi:
– iqtisodiy o‘sishnng muhim faktorlaridan biri – jamiyat qo‘l ostida bo‘lgan xomashyo materiallarining turli chatishuvini ishlatishga imkon yaratadigan, nisbatan mukammal instruksiyalar kabi namoyish etila oladigan texnologik o‘zgarishlardir;
– shunga o‘xshash texnologik o‘zgarishlar va olib chiqayotgan bozor rag‘batlariga ta’sir etadigan insonlar faoliyatiga ko‘ra ko‘p hollarda sodir bo‘ladi;
– xomashyo materiallarining turli ko‘rinishlarini qo‘llashga oid yo‘lyo‘riqlarni, prinsipial ravishda boshqa iqtisodiy tovarlarda farq qiladi: yangi texnologiyalarni yaratish doimiy ishlab chiqarishning to‘xtashiga ekvivalent bo‘ladi. Bu texnologiyalarning keyingi qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchi tomonidan hech qanday sarf-xarajatni talab qilmaydi.
Romer g‘oyalar va texnologiyalar yig‘indisiga asoslangan iqtisodiy o‘sishni jismoniy kapitalga asoslangan o‘sishdan ko‘ra barqaror ekanligini isbotladi.
Yangiliklar kiritishdan maqsad sarflangan resurslar samarasini oshirish hisoblanadi. Bu holat taklif emas, talab sohasida yotadi, ya’ni u iste’molchilar resurslardan oladigan foydalilik va qimmatni o’zgartiradi. Buning ustiga, yangiliklar kiritish davomida resurslar yaratiladi. Inson tabiatda foydali bironta narsa topib, unga iqtisodiy qimmat bermaguncha resurslar mavjud bo’lmaydi
Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar bu – tadbirkorlikning «superyulduzlari»dir. Ular eng katta e’tibor qaratiladigan ob’ektlarga aylanadi va eng ko’p daromad keltiradi. Aynan ular jamiyat nigohida asl yangiliklar hisoblanadi. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi va ommalashtiilishi bilimlar diffuziyasini ifodalaydi. Bunday yangiliklar kiritishning hammasi ham keng miqyosli va ahamiyatli emasligiga qaramay, ularning eng muhim (epoxal) yangiliklar kiritish umumiy hajmidagi ulushi juda katta. Ular boshqalardan asosiy xislatlari: vaqt bo’yicha qamrovi, muvaffaqiyatsizliklar ulushi, oldindan aytish mumkinligi, ularni amalga oshiradigan sub’ektlarga qo’yiladigan talablar darajasi va hakozalar bo’yicha farq qiladi. Shu bilan bir paytda aynan shu yangiliklar eng qiyin boshqariladigan hisoblanadi, yangi bilim paydo bo’lishi va uni amaliy foydalanish, bozorda taklif etiladigan mahsulot (xizmat) ko’rinishiga keltirish o’rtasidagi uzilishlar tufayli uzoq vaqt davom etishi bilan farqlanadi. Ular eng ko’p ilm talab qiladi ham. Boshqa yangiliklardan ko’ra muvaffaqiyatli amalga oshirish aynan shu turdagi yangiliklar uchun ko’proq darajada ko’zlangan maqsadni aniqroq tushunishni, aniqroq strategik yo’nalishni, mos keladigan siyosat tanlashni, risk darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘l./ R. I. Gimush, F. M. Matmurodov; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta‘lim vazirligi, Toshkent arxitektura va qurilish in-ti. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – 144 b.

  2. Abdusattarova X.M. «Innovatsiya strategiyasi» - o’quv qo’llanma - T.: TDIU, 2011. 233– bet.

  3. https://daryo.uz/2019/01/17/nega-amerika-hammadan-boy/

  4. http://fayllar.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-to-v3.html?page=28

  5. http://el.tfi.uz/images/Korxona_iqtisodiyoti_UMK.pdf

  6. http://www.tfi.uz/index.php/kurs/1472-kurs/file

Download 109.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling