Endokrin sistеmasi, moddalar va enеrgiya almashinuvi
Download 99 Kb.
|
ENDOKRIN BEZLARNING MAKRO VA MIKROTUZILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalqonsimon bez oldi bezlari.
- Gipofiz .
- Buyrak usti bezlari .
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez bo’yinda, xiqildoqning oldida joylashgan bo’lib uchta bo’lak: ikkita yon bo’lak va bitta o’rta bo’lak – bo’yinchadan tashqil topgan. Qalqonsimon bezdan qon limfa tomirlarining qalin turi o’tadi, shunga ko’ra u qon bilan mo’l – ko’l ta’minlanadi. Katta odamlarda bu bezning og’irligi 20 g kelib, u ichki sekretsiya bezlari ichida eng kattasi xisoblanadi. Uning garmonlari tiroksin va trimotrizindir. Qalqonsimon bezdan butun organizmdagi yodning 20 % saqlanadi. Bu bezning garmonlari ancha barqaror bo’lib qonga chiqariladigan keyin 50 -70 kungacha saqlanadi. Bu bezning katta odamlar organizmi uchun ahamiyati shundan iboratki uning garmonlar ta’siri ostida oksidlanish protsislari tezlashadi. Tiroksin organizm tomonidan kislarodning uzlashtirib olishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham tiroksin bezdan ko’plab ajralib chiqarilganidan yurak urishi tezlashadi, odam tez- tez nafas ola boshlaydi. Temperatura ko’tariladi va xakoza. Bundan tashqari tireoid garmonlar uglevodlar, oqsilar va yog’lar parchalanishining kuchaytiradi. Tiroksin MNS-si qo’zg’aluvchanligini ancha oshirib yuboradi. Keyingi tekshirishlar shu narsani aniqladiki, qalqon bezi Yana bir garmon tirokol’tsitoni ishlab chiqarar ekan .Uning asosiy xususiyati shu bilan xarakterlanadiki tirokol’tsitonin ta’sirida qon tarkibida kal’tsiy kamayib,suyak tarkibida oshadi. Qalqonsimon bez yosh organizimining usishi va rivojlanishi uchun qalqonsimon bez garmonlari muxim ahamiyatga ega. Agar bu vaqtda bez garmonlari etarli ajralmas, bo’y o’smaslik, ya’ni kretinizim kasalligi kelib chiqadi, Qalqonsimon bezning giper funksiyasi vaqtda pisixik faoliyatning kuchsizlanishi, gipormiya asosiy almashunuvining kuchsizlanishi kabi xolatlar uchraydi,bez kattalashib,asosiy almashinuv ancha kuchayadi, kishi besaranjon bo’lib qoladi, qo’zg’aluvchanlik oshib ketadi . Qalqonsimon bez oldi bezlari. Bu bezlar ikki juft bo’lib, qalqonsimon bezning orqa tomonida joylashgan, unga juda taqalib turadi .Ularning ajratgan garmonini paratgamonlar deyiladi. Paratgarmoning asosiy xususiyati qon zardobida kalttsiy moddasini ma’lum miqdorda saqlashdir. Bu garmon D vitamini hamda tasitrotlar bilan birgalikda kal’tsiy fosfort almashinuvini boshqarib boradi .Yosh va katta organizimda parat garmonlar kal’tsiy-fosfor almashinuviga ta’sir etar ekan, nerv muskul qo’zg’alishini ham boshqarib boradi. Bu gormonlarning yosh organizimda yetarli bo’lishi suyaklarning usishi va rivojlanishini ta’mimnlaydi. Bu bezlar juda kichik bulishidan kat’iy nazar organizm uchun muxum ro’l uynaydi, ya’ni tanadan ajratib olib tashlansa tirnoklik kasalligi yuzaga keladi va organizm xalok bo’ladi. Qonda ma’lum sabablarga ko’ra «SA» moddasi kamayib ketsa, qalqonsimon bez oldi bezlari shiddat bilan ishlab ketadi. Agar qonda SA miqdori oshib ketsa parat garmon ajralishi birmuncha susayadi. Epifiz yoki miyaning usti ortig’i o’rta miya soxasida joylashgan. Bu bezning asosiy garmonlari bo’lib adrenoglomerulotropin va melatonin xisoblanadi. Adrenoglomerulotropin buyrak usti bezlaridan alvzosteron Ajralishi kuchaytiradi. Melatonik esa jinsiy bezlar ishini tomoslab turadi. Epifiz bezining eng kuchli ishlashi 5-7 yoshlarga to’g’ri keladi. Keyin jinsiy etishish davriga kelib u juda kuchayib ketadi. Lekin 30 yoshlardan keyin yana kattalasha boshlaydi. Epifizning yosh organizm uchun ahamiyati shundan iboratki, u organizmni jinsiy jixatdan barvaqt etishishdan saqlaydi. Agar yosh organizmda bu bezning gino funksiyasi kuzatilsa, erta jinsiy yetishuv ro’y beradi. Giper funktsiya esa etishishni tormozlaydi va semirishni keltirib chiqaradi . Gipofiz . Gipofiz yoki pastki miya ortig’i miya asosida turadi va ponosimon suyakning turk egaridagi chuqurchada joylashgan bo’ladi. Gipofiz massasi-0,5-0,7g keladigan kichkina bezdir.U uchta bo’lak oldingi, oraliq va orqa bo’lakdan iborat. Gipofizning organizm funktsiyalariga ko’rsatadigan juda xilma-xil ta’siri ikki yo’l bilan yuzaga chiqadi. A) tananing o’sishi, moddalar almashinuvi, siydik xosil bo’lishi,sut ajralishi, qon tomirlar devorlari tonusini saklab turish va boshqalarga gipifiz gormonlarining to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish yo’li bilan. B) boshqa ichki sekretsiya bezlari faoliyatini istumilash yo’li bilan. Gipofizning xilma-xil funktsiyalaridan oldingi bulagining samatrop garmonining organizm usishiga ko’rsatadigan ta’siri aytib o’tamiz. Gipofiz shu bo’lagining funktsiyasi susayib qolsa (gipofunktsiya) organizmning o’sishi va rivojlanishidagi bir qancha prtsesslar izdan chiqadi. Gipofiz oldingi bo’lagining funktsiyasi bolalik davrida susayib qolsa bolaning bo’yi o’smay qoladi. Bunda moddalar almashunuvi susayib ikkinlamchi jinsiy bezlar rivojlanmaydi, jinsiy organlar etilmay qoladi. Gipofiz oldingi bulagi yaxshi ishlamaganligidan bo’yi o’smay pakana bo’lib qolgan kishi kretindan farq qilib, aqliy jixatidan odatdagicha rivojlanib boradi. Va undan tananing t’og’ri proportsiyalari saqlanib qoladi. Organizm o’sib borayotgan davrda gipofiz oldingi bo’lagi funktsiyasining kuchayib ketishi gigantizmga olib keladi. Jinsiy bular funktsiyasi susayib qoladi. Usish va rivojlanishining qanday borishi nerv sistemasi va gipofiz qolqonsimon bez va jinsiy bezlarga ta’sir ko’rsatiadigan gonotrop garmonlar, shuningdek qolqonsimon bez va buyrak usti bezlarning faoliyatini stimullab turadigan garmonlar xosil bo’ladi. Gipofizning oraliq va orqa bulaklarida bir qancha garmonlar ishlanib chiqiladi. Buyrak usti bezlari. Buyrak usti bular juft bo’lib, qorin bushlig’i orqasida 11-ko’prok umrtqasi damida buyraklar ustida joylashgan xar bir bezning masasi urtacha 5-8 g atrofida bo’ladi. Buyrak usti bezlari qon va limfa tomirlari turi bilan mul-kul ta’minlangan boshqa xar qanday organga qarganda ko’proq qon oladi. Xayotning dastlabki yillarida buyrak usti bezlari sekin o’sadi degan ma’lumotlar bor, 6 yoshda va 10 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan davrda ularning o’sishi zurayadi. Buyrak usti bezlari ichki qavatdan: ichki miya (manez) qavati va tashqi pustlokq qavatidan tashqil topgan. Shu qavatlarning har biri genesdan ham nisbatan mustaqil ichki sekretsiya bezi bo’lib, aloxida qonuniyatlarga muvofik o’sib, rivolanib boradi, hamda har hil fiziologiyaga ahamiyat tutadi. Buyrak usti bezlari miya qismining garmonli adrenalin xudi simpatik nerv sistemasi singari organizmning juda xilma-xil funktsiyalariga ta’sir ko’rsatadi. Adrenalin ta’sirida yurak tomirlaridan tashqari mayda artekiyalar va artermolalar torayadait, qon bosimi ko’tariladi. Adrenalin qondagi qand miqdorining ko’payishiga sabab bo’ladi va jigardagi olixigening qonga o’tishi yordam beradi. Moddalar almashunuvi keskin kuchaytirib, oksidlanishi protsesslarning stimullaydi. Adrenalin ta’sirida me’daichak yulidagi muskullar bo’shashadi, sfinkterlar ko’zg’aladi, kuz qorachig’lari kengayadi, charchagan sklet muskullining faoliyati asliga qaytadi. Adrenalin suyak kuz yoshi bezlari va xazm hamda nafas yo’llaridagi shilimshik bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi. Adrenalinning ta’siri uzoqqa chuzilmaydi, chunki qonda bo’ladigan aloxida fermentlar uni ancha tez parchalab yuboradi. Bolaning buyrak usti bezida pustlok moddasi 3 yoshgacha miya moddasidan ustun turadi. Sungra buyrak usti bezi pustlogining rivojlanishi birmuncha susayadi va bezning bu qismi o’smirlik davriga kelib etiladi. Buyrak usti bezi po’stlog’i ekstaktidan steriodlar grupasiga kiradigan 40 tadan ortiqroq modda ajratib oligan. Bularga usti bezlari po’slog’ining garmonlari uchta gruppaga bo’linadi. Mineralokartikatsiyalar-al’dosteron, kartinosteron va dezeksikortikasiteron. Glyukokartikodilar-gidrokortizon, kartizon va kartixosteron. Jinsiygarmonlar –androgenlar, estrogenlar va pristeron. Mineralkartikaidlar organizmlari mineral tuzlar almashunuvini idora etishda qatnashadi. Ular organizmda ion mu’azanatini, jumladan kaliy va natriyning ion balansini saqlab turishga yordam beradi. Minerelokortikaidlardan al’dosteron hammadan aktiv hisoblanadi. Glyukolortikoidlar moddalar almashuniviga ta’sir ko’rsatadi. Shu gruppa garmonlarining eng aktivi, ya’ni gidrokortizon ta’siri ostida qondagi kanun miqdorida ortadi, organizmda oqsil parchalanishshi zuryadi, yog parchalanisht ham uning yog’ depolaridan sarflanishi ham ko’payadi. Bugarmonlar organizmning muxit noqulay ta’sirlari va infektsiyalariga ko’rsatadigan qarshiligining oshiradi. Chunki ular yalig’lanishi prtsesslarining susaytirib quyish xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni yaliglanishiga qarshi garmoenlar deb ham ataladi. Foydalangan adabiyotlar: 1. U. Z. Qodirov «Odam fiziologiyasi» Toshkеnt . " Ibn Sino" nashriyoti 1996 yil . 2. R. I, Xudoybеrdiеv, N.K. Ahmеdov, X. Z. Zoxidov, R. A. Alaviya, S.A. Asomovlar "Odam anatomiyasi". Toshkеnt. "Ibn Sino nashriyoti 1992 yil 3. N. K.Ahmеdov. " Normal va patologik anotomiya bilan fiziologiya. Toshkеnt " Ibn Sino nashriyoti" 1997 yil. 4 . K.S, Inomov. "Hamshiralik ishi" Toshkеnt " Ibn Sino" nashriyoti. 1998 yil. 5. www.ziyonet.uz Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling