Endokrinologiya


Download 367.5 Kb.
bet1/6
Sana10.05.2020
Hajmi367.5 Kb.
#104770
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Endokrinologiya




O’BEKISTON SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TIBBIYOT BO’YICHA BILIMLARNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

« Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha

prorektor,professor

Тeshayev О.R. _________

«_____»__________2011y.

ENDOKRINOLOGIYA” fanidan yagona metodik tizim asosida mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv-metodik qo’llanma


Davolash fakulteti 6 kurs talabalari uchun

TOSHKENT-2011

O’BEKISTON SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TIBBIYOT BO’YICHA BILIMLARNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Кафедра Внутренних болезней по подготовке ВОП

с эндокринологией
ENDOKRINOLOGIYAfani

Mavzu: “ Poliuriya va polidipsiya sindromi

Gormonlarning diurezga ta’siri.Poliuriya va polidipsiya sindromi bila kechuvchi endokrin sistema kasalliklari:qandsiz diabet,Konn sindromi,giperparatireoz.Qandli diabet.Tasnifi,diagnostikasi.1 va 2 tip diabet differentsial diagnostikasi.UASh taktikasi.

O’quv-metodik qo’llanma

(o’qituvchi va talabalar uchun)

Тoshkent - 2011

Mavzu: Poliuriya va polidipsiya sindromi. Tushuncha. Gormonlarning diurezga ta’siri.Poliuriya va polidipsiya sindromi bila kechuvchi endokrin sistema kasalliklari:qandsiz diabet,Konn sindromi,giperparatireoz.Qandli diabet.Tasnifi,diagnostikasi.1 va 2 tip diabet differentsial diagnostikasi.UASh taktikasi
1.Mashg’ulot o’tkaziladigan joy,uning jihozlanishi

- кафедра подготовки ВОП с эндокринологией

-banerlar,jadvallar,vaziyatli masalarlarglyukometr,test-bo’lakchalari,qandli diabet,Konn sindromi,giperparatireoz bilan og’rigan bemorlar bilan o’g’rigan bemorlar.
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt

Soat - 6 soat


3. Mashg’ulot maqsadi

- Poliuriya va polidipsiya sindromi bila kechuvchi endokrin sistema kasalliklar diagnostikasi va differrensial diagnostikasi bo’yyicha bilimlarni egallash va amaliy ko’nikma hosil qilish


Vazifalar

- poliuriya va polidipsiya sabablarini ko’rib chiqish

-qandsiz diabetning diagnostik metodlarini muhokama qilish va uni psixogen polidipsiya,enurez,pielo- va glomerulonefrit bilan differentsial diagnostika qilish.

- проанализировать лечение различных форм несахарного диабета

- проанализировать патогенез ночной полиурии при синдроме Конна

- Konn sindromining diabetic nefropatiya bilan qiyosiy tashxisini muxokama qilish

- Giperparatireoz va qandli diabetda kuzatiladigan poliuriya patogenezini ko’rib chiqish.

-QD diagnostikasini muxokama qilish,uni psevdoglyukozouriya,renal glyukozuriya va homiladorlar diabeti bilan qiyosiy tashxisini o’tkazish.

- qandli diabetning og’irlik darajalari,kompensatsiya stadiyalari,asoratlari va profilaktikasini ko’rib chiqish

- qandli diabetning homiladorlikdagi va interkurrent kasalliklarda kechishi va davosini tahlil qilish .



Talaba bilishi lozim:

- Poliuriya va polidipsiya sindromi bila kechuvchi endokrin sistema kasalliklarini

- buzilishlardagi poliuriya va polidipsiyaning rivojlanish mexanizmlarini tushunish

- QD kompensatsiya va og’irlik darajalarini belgilovchi mezonlarni baholashni o’rganish

- Poliuriya va polidipsiya sindromi bila kechuvchi endokrin sistema kasalliklarini taxlil natijalarini tahlil qila olish

- Homiladorlikdagi va yondosh kasalliklar bilan kechuvchi QD da bemorlar bilan ish olib boorish ko’nikmalarini o’zlashtirish



Talaba bajara olishi lozim:

- siydikning umumiy va Zimnitskiy bo’yicha tahlilini interpretatsiyasini qila olish;

- qonni qandga olingan tahlilini interpretatsiyasini qila olish ;

- glyukazaga tolerantlik testi natijalarini traktovkasi;

- chegaralangan suyuqlik bilan sinama natijalarini inerpretatsiyasini qila olish;

- pituitrin sinamasi natijalarini interpretatsiyasini qila olish;


4. Motivatsiya

Dunyo aholisining o’rtacha 6.6% i va O’zbeksitonda 3% aholisi qandli diabet bilan aziyat chekadi.Ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlarda har 10-15 yilda QD bilan og’rigan bemorlar soni 2 martaga ko’paymoqda. G’arb industrial mamlakatlarining 11.2% aholisida glyukozga tolerantlik buzilganligi qayd qilingan;har yili ularning 1-5% ida QD II tipi rivojlanadi.Ushbu patologiyani keng tarqalganligini va bu kasalliklarni boshqa endokrin genezli poliuriya va polidipsiya bilan kechadigan kasalliklar bilan qiyosiy tashhis o’tkazish zarurligini hisobga olgan holda bu mashg’ulotni o’tkazish lozim.Bu patologiyaga to’g’ri tashhis qo’yish va davolash uchun UASHdan kasallikni to’g’ri baholay olish va davo taktikasini to’g’ri tanlashni bilish talab qilinadi.

Bu mavzuni o’zlashtirishda talabalarning e’tiborini ushbu kasallikning sababi b’yicha ham,patogenezi bo’yicha ham geterogenligi va shuning uchun turlicha davo va profilaktikani talab qilishligiga qaratish lozim.Yana talabalarining bu mavzuga yanada jiddiyroq qarashlari uchun bu kasallikning yer yuzida naqadar keng tarqalayotganligiga urg’u berib o’tish kifoya.Talabalarga bu kasallikning tashhisi va diagnostik usullarning UASH uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmasligini ham tushuntirib o’tmoq lozim.
5. Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar

Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.


6. Mashg’ulot mazmuni

6.1 Nazariy qism

Mashg’ulotning nazariy qismida navbat bilan qandli diabet,qandsiz diabet,Konn sindromida va feoxromotsitomadagi poliruriya va polidipsiyaning o’ziga hosligi ko’rib chiqiladi.

Ko’rib chiqiladigan savollar:

1. Osmosni boshqaruvchi sistema

2. Poliuriya sabablari

3. Qandsiz diabetdagi poliuriya va polidipsiyaning patogenezi

- qandsiz diabet tashxisi usullari va uning psixogen polidipsiya,enurez,pielo- va glomerulonefrit bilan qiyosiy tashxisi

- qandsiz diaetning boshqa shakllarining sabablari va davosi

4. Konn sindromida tungi poliuriyaning sabablari

- Konn sindromining enurez,diabetic nefropatiya bilan qiyosiy tashxisi

5. Giperparatireozda poliuriyaning sabablari

- дифференциальная диагностика с почечной формой несахарного диабета qandsiz diabetning buyrak shakli bilan qiyosiy tashxisi

- Konn sindromini tashxislash va davolash metodlari

6. Qandli diabetdagi poliuriya va polidipsiya patogenezi

- yaqqol va latent qandli diabet diagnostikasi

- uning psevdoglyukozouriya ,renal glyukozouriya va homiladorlikdagi diabet bilan qiyosiy tashxisi

- dandli diabetning og’irlik darajalri,kompensatsiya bosqichlari,asorati va profilaktikasi

- Homiladorlikdagi va yondosh kasalliklar bilan kechuvchi QD da bemorlar kasallikning kechishi va davosi



Qandli diabet (QD, diabetes mellitus) —Absolyut(1 tip) yoki nisbiy (II tip) insulin yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan sistemali geterogen kasallik bo’lib,avvaliga uglevodlar almashinuvi,keyinchalik esa hamma moddalar almashinuvi,ohir oqibat esa organizmning hamma sistemalari faoliyati ishdan chiqishiga olib keladi.QD-1 bila 20 yoshgacha bulgan aholining 0,25 % aziyat chekadi.Shularning 54% ni bolalar tashkil qiladi.Bu shakl o’smirlar diabeti yoki insulinga bog’liq QD(IBQD).”insulinga bog’liqlik” tushunchasi “insulinterapiya” tushunchasi bilan ekvvalent emas,balki ubu tushuncha bemorlarga insulin hayotiy muhim ekanligini anglatadi. QD-II kategoriali bemorlarga uzoq yillar moaynida qond miqdorni kamaytiruvchi preparatlar buyuriladi va qachonki d-hujayralar holdan toyib absolyut insulin yetishmovchiligi rivojlangandan so’ng ularga insulin buyuriladi.QD-II ---QD ning ko’p uchraydigan turi bolib,nasliy moyillikka va turmush tarziga bog’liq.QD II katta oshlilar diabeti.yoki insulinga bog’liq bo’lmagan diabet deb ham yuritiladi.

Glyukozaga nisbatan tolerantlikning buzilishi bu-uglevod alamshinuvining shunday holatiki,bunda u normadagidan farq qiladi lekin qandli diabet tashhisini qo’yishga asos bo’la olmaydi.GNTB sababi qanaqa bo’lishiga qaramay(stress holatlari,homiladorlik,pankreatit,endokrin sistema kasalliklari va b.) keyinchalik qandli diabet rivojlanishi uchun havf yuqori bo’ladi. Voyaga yetgan GNTB bemorlarning 25% ida va ohirgi 5 yil ichida semirib ketgan bemorlarning 25% ida QD II rivojlanadi.GNTB lekin tana massasi normal yosh bolalarda va kattalarda QD II rivojalanishi asosan immunegenetik markerning mavjudligi bilan bog’lanadi.Homiladorlikdagi QD (gestatsion diabet) homiladorlik davrida organizmning glyukozaga nisbatan tolerantlikning vaqtincha buzilishi va uning tug’ishdan keyin o’tib ketishi bilan harakterlanadi. Gestatsion QD homiladorlikning 2 trimestrining o’rtasida rivojlanib,2% homilador ayollarda uchraydi.Gestatsion diabetni davolashda past kaloriyasli dieta,jismoniy mashqlarni ko’paytirish buyuriladi lekin shunga qaramay bemorlarning tahminan 3/1 I insulin terapiyaga muhtoj bo’lishadi. Statik sinfga QD ning u yoki bu turi rivojlanishi havfi bor kishilar kiradi.Anamnezida GNTB o’tkazgan mavjud bemorlarda QD ning rivojlanishi havfi umumiy populyatsiyaga qaragnada yuqoridir .Potentsial GNTB bemorlarda normoglikemiya kuzatilishiga qaramay QD rivojlanishi jud yuqori.Bu guruxga birinchi navbatda qonida QD I li bemorlar bilan HLA-identik sibslar saqlagan orolchalarga qarshi antitelasi mavjud shaxslar kiradi.Bundan tashari bu sinfga 4.5 kg dan og’ir tug’ilgan chaqaloqlar va ularning onasi,pankreatit yoki metobolik sindrom bilan og’rigan bemorlar kiradi.

Qandli diabetning etiologiyasiga ko’ra klassifikatsiyasi. (ВОЗ, 1999)

I. I.Qandli diabet I tip (absolyut insulin yetishmovchiligiga olib keluvchi B-hujayralar destruktsiyasi)

А. Autoimmun

Б. Idiopatik

II. Qandli diabet II tip ((от преимущественной резистентности к инсулину с относительной инсулиновой недостаточностью до преимущественного секреторного дефекта с инсулиновой резистентностью или без нее)

III. Boshqa o’ziga hos tiplari

A. B-hujayralarning funksiyasining genetik defekti

B. Insulin tasirining genetic defekti

C. Meda osti bezining ekzokrin qismi kasalliklari

D. Endokrinopatiyalar

E. Dori vositalari va kimyoviy moddalar bilan chaqirilagan Qandli diabet

F. Инфекции Infektsiyalar

G. Необычные формы иммуноопосредованного диабета Immun



Н. Diabet bilan ba’zida qo’shilib keladigan boshqa genetic sindromlar

IV. Gestatsion qandli diabet

Кlinikasi. QD klinikasida 2 gurux simptomlar ajratiladi.Birinchi gurux simptomlar QD ning hamma turi uchun hos bo’lgan patogenetik jixatdan giperklikemiya bilan bog’liq.Bularga chanqoq,poliuriya,terida qichishish,infeksion jarayonlarga beriluvchanlik kiradi.Bu simptomlarni noadekvat qand tushiruvchi terapiya fonidaagi kasallikning dekompensatsiya bosqichi belgilari sifatida ham qarash mumkin.Ikinchi guruh simptomlar esa QD-I VA QD-II uchun spetsifikdir.Qayd qilingan belgilar QD-II da unchalik ham yuzaga chiqmasligi mumkin,faqatgina tasodifiy tekshirishlar natijasidagina aniqlanishi mumkin.QD-II uchun holsizlik harakterli emas.Bemorlar odatda mehnat qobiliyatini saqlashadi,ishtaxasi esa normada,bazan esa oshgan bo’lishi mumkin.Ba’zan QD-II dermatologlar(surunkali yiringli protsesslar,lipoidli nekrobioz,shilliq-teri kandidozi,furunkulyoz),urologlar(siydik qopining surunkali infeksiyaslari),okulistlar(surunkali konyuktivit,katarakta),ginekologlar(qindagi qichishish,jinsiy organlarning spetsifik yallig’lanish kasalliklari,dismenoreya).Ko’rsatib o’tilgandek ko’pchilik holatlarda bemorlar ortiqcha vazn yoki semirish,kasallikning 40 yoshdan keyin namoyo bo’lishi,QD-II bo’yicha pozitiv oilaviy anamnezga ega bo’lishikuzatiladi.QD-I uchun ozib ketish,holsizlik,mexnat qobiliyatining pasayishi,uyquchanlik kabi belgilar spetsifikdir.Kasallikning boshida ishtahning oshishi,keyinchalik esa uning ketatsidoz fonida anoreksiya bilan almashinishi kuzatilishi mumkin..Ketoatsidoz og’izdan atseton hidi(yoki meva hidi) kelishi,ko’ngil aynashi,qusish ba’zan qorinda og’riqlar(psevdoperitonit),og’ir darajali suvsizlanish bilan harakterlanadi va komatoz holatning(ketoatsidotik koma) rivojlanishi bilan tugaydi. bilan bilan harakterlanadi.o’rsatilgan simptomlar patogenetik jihatdan absolyut insulin yetishmovchiligi bilan bog’liq.QD-I odatda o’tkir namoyon bo’ladi,ko’pincha kasallikning rivojlanish anamnezi bir necha oyni tashkil etadi. QD-I ga hos bo’lgan simptomlar,ba’zi holatlarda QD-II ga ham hosdir.QD-II da absolyut insulin yetishmovchilikka hos simptomlari(ozish,holsizlik,o’tib ketuchi og’izdan atseton hidi kelishi) kasallikning uzoq vaqt TCP yordamida qoniqarli kompensatsiyasidan so’ng rivojlanadi.QD da 2 gurux asoratlari ajratiladi:o’tkir va surunkali.Otkir asoratlari QD ning turli tiplari uchun hos.QD-I uchun ketoatsidotik koma hos.Insulinga ehtiyojli QD-II da o’tib ketuvchi ketoz rivojlanishi mumkin,lekin insulin ishlab chiqarilishi buzilmaganligi uchun ketoatsdotik koma amalda rivojlanmaydi.Giperosmolyar koma-kam uchraydi lekin QD-II uchun spetsifikdir.Gipoglikemiya va gipoglikemik koma QD ningnhar ikki tuida ham qand tushiruvchi terapiya asorati sifatida uchrashi mumkin. Kechki asoratlai QD ning ikki turida ham uchraydi,va ular tiplar uchun spetsifik hisoblanadi.Klinik jihatdan 5 ta kechki asorat ajratiladi:makroangiopatiya(katta qon tmirlar ateroskleozi) ,nefropatiya,retinopatiya,neyropatiya va diabetic oyoqlar sindromi.

Qandli diabet I tipi davosi..IBQD(insulinga bog’liq qandli diabet) tashhisi qo’yilgandan so’ng zudlik bilan insulinterapiya boshlanadi. O’zvaqtida qilingan va dozasi to’g’ri tanlangan doza 75-90% holatlarda vaqtincha remissiyaga va keyinchalik kasallikning stabil kechishiga,soratlarning rivojlanmasligiga erishiladi. Insulinterapiani ko’op marotaba qo’shilgan in’ektsiyalar,ya’ni sutkasiga 4 mahal qisqa muddatli ta’sirga ega insulin(ovqatlanishda va tunga) va ortacha muddatli ta’sirga ega insulin(sutkalik dozaning 25-30%) yoki ovqatlanish mahalida 3 mahal qisqa muddatli ta’sirga ega insulin va tunga uzoq muddatli ta’sirga ega insulin qabul qilish maquldir. Umumiy sutkalik doza 0.6-1.0 ed/kg.Insulinterapiya 1-3 oy o’tkazilgandan so’ng vaqtincha remissiyaga(asal oyi) erishiladi va insulinga bolgan extiyoj 0.1-0.3 ed/kg/sut gacha kamayadi yoki umuan yo’qoladi.Ohirgi yillarda u 0.6-0.8 ed/kg/sut gacha kamayishi kuzatilayapti.Insulin terapiyaning asoratlari:gipoglikemiya,Somodji sindromi,insulinga allergiya,postin’ektsion lipodistrofiya.Gipoglikemik holat profilaktikasi uchun maqsadida sutkasiga 5-6 marta ovqatlanish buyuriladi.Parxez rejasini tuzayottganda bemorning etnik va oilaviy an’analari hisobga olinadi va yaxshi balansga ega bo’lishi kerak(uglevodlar-50-60% oqsillar-15-20% yog’lar-25-30%).Jismoniy yuklamalar –glikemiya kontroli va kuzatuvchi kuzatuvi ostida bajariladi.

Mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: метод «Qor uhcquni», «Kuchsiz zveno».



Qor uchquni metodi

Kerakli anjomlar:

1) o’rgatuvchi-kontrol testlar to’plami

2) toza oq qog’ozlar

Ish ketma -ketligi:

1) Группа делится на 2 подгруппы guruh 2 ta podgruppaga bo’linadi..

2) guruxdagi talabalar bittadan oq qozoz tayyorlaydi

3) qog’ozga talabaning F.I.O ,gurux,fakulteti,sana yoziladi

4) Talabalarning biri konvertdan ikkala gurux uchun ham bir xil bo’lgan savolni oladi.

5Savolga berilgan har bir to’g’ri javob “qor uchquni” ko’rinishda qog’ozga belgilab qo’yiladi..

6) Maksimal ball to’plagan gurux alo baho bilan baholanadi.

7) Metod uchun ajratilgan vaqt 30 минут.




  1. Konn sindromida qaysi elektrolit buzilishi buyrakning kanalchalari shikastlanishi va ulardagi retseptorlarning ADG ga sezuvchanligi pasayishiga olib keladi?

1) гиперхлорурия

2) гипокалиемия

3) гипохлоремия

4) гиперкальциурия

5 ) гиперкальциемия

6) гиперкалийурия


2. Qaysi kasalliklar qiyosiy tashxisida pituitrin sinamasi o’tkaziladi:

1) Qandli diabet

2) Itsenko-Kushing kasalligi

3) qandsiz diabetning buyrak formasi

4) Shixan sindromi

5) qandsiz diabetnign markaziy shakli

6) Itsenko-Kushuing sindromi
3. Diabetik komadan chiqarish uchun qo’llaniladigan davo choralari:


A. Кетоацидотическая

B. Гипогликемическая


1) 40% раствор глюкозы

2) инсулин

3) маннитол

4) глюкагон

5) 5% pacтвop глюкозы



4. QD asoratlarini to’g’ri joylashtiring

А. O’tkir

В. Surunkali


1) komalar

2) diabetik oyoq

3) ретинопатия

4) нефропатия

5) автоном нефропатия



5. QD asoratlariga kiradi:

A. макроангиопатня

B. микроангиопатия


1) ретинопатия

2) нефропатия

3) диабетическая стопа

4) атеросклероз сосудов

5) нефропатия




6. QD davosi uchun qo’llaniladi:

A. СД тип 1

B. СД тип2


1) инс. Актрапид

2) инс. Монотард

3) манинил

4) сиофор

5) инс. Микстард





«Kuchsiz zveno» oyini otkazish metodi

Kerak bo’ladigan anjomlar:

1. Endokrinologiya bo’yicha savollar.

2. O’yin protokolini tuzish uchun guruxlar ro’yhati yozilgan varaqlar.

3.Секундомер.

O’yining borishi:

1. O’yinni pedagog va talabalardan tashkil topgan yordamchi-hisoblagich olib boradi.

2. Hisoblagich qog’ozga sana,gurux nomeri,fakultet,o’yin nomi va talabalar ro’yhatini yozib chiqadi..

3. O’qituchi tayyorlangan savollar naboridan savollarni bera boshlaydi.

4. Talabaga javob berish uchun 5 sek vaqt beriladi.,

5. o’qituvchi berilgan javoblarni to’gri yoki “noto’g’ri’ sozlari bilan baholaydi agar javob noto’g’ri bo’lsa o’zi to’g’ri javobni beradi..

6. Hisoblagich javobning to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab talabaning familiasi to’g’risiga “+” yoki ‘-“ qo’yadi.

7. Shu tarzda talabalar 2 tur savollarni o’tkazadi..

8. 2 tur savolidan so’ng o’yin to’htatib turiladi va 2 minus olgan talaba o’yindan chiqarilib yuboriladi.

9. O’yin qolgan talabalardan iborat bo’lgan yangi doirada davom ettiriladi.Yana bir tur savollar o’tkazilib birinchi turda minus olgan talabalardan kim minus olsa o’sha talab chiqarib yuboriladi.

10. Turdan turga qarab eng kuchli o’yin ishtirokchisi aniqlanadi.

11. O’qituvchi har bir familiya qarshisiga kim qaysi turda chiqib ketganli va “kuchsiz zveno” ga aylanganligini qayd qiladi. .

12. O’yin 100 ballik sistemda baholanadi.

1 chi 2 turda chiqib ketgan talabalar-“0” ball

3 turdan keyin - «25» ball,

4-turdan keyin - «50» ball,

5-turdan keyin - «75» ball,

Eng kuchli ishtirokchiga esa 100 ball beriladi.

13. Olingan ballar mashg’ulotning nazariy qiqsmi uhcun olingan baholar sifatida qabul qilinadi .

14. Jurnalning pastki bo’sh qismiga o’qituvchi o’yin otkazilganligi haqida yozadi va gurux yetakchisi unga qo’l qo’yadi.

15. O’yin protokoli saqlab qo’yiladi..



Savollat to’plami.

1. Me’daosti bezida qaysi gormonlar ishlab chiqariladi?

2 Bemor og’iz qurishi,chanqash, sutkasiga 15 litrgacha tez-tez siyishga shikoyat qiladi.Umumiy siydik analizida zichlik 1001 ga teng.Shifokor qandsiz diabet tashxisini qo’ydi.Kasallik shaklini aniqlashtirish uhcun qanday diagnostik metodni o’tkazish zarur?

3. Qandli diabetda insulin qabul qilish muddati qancha?

4. Bemor 32 yosh,og’iz qurishi,chanqoq,tez-tez siyish(15-20 martagacha sutkasiga).Bu shikoyatlar gipofizning transfenoidal adenoektomiyasidan so’ng paydo bo’lgan.

- Sizning dastlabki tashxisingiz?

5. Qanday tekshirish usullari qandsiz diabetni tasdiqlashga yordam beradi ?

6. Qandsiz diabetning qanday shakllarini bilasiz?




6.2 Analitik qism

Vaziyatli masalani yechish. Talabaga endokrin kasallikbo’yicha qiysoiy atshxis o’tkazish uchun vaziyatli masala beriladi.Tayyorlanish uchun beriladigan vaqt-5 min.Javob berish uchun-2 min.Javob ishlab chiqilga mezonlar asosida qo’yiladi.Talabalarning to’ldirishlari va hulosalari ham hisobga olinadi.Keyin gurux 2 ta pogruppaga bo’linadi va yechimi qiyinroq bo’lgan masala beriladi.Tayyorlanish uchun beriladigan vaqt-7 min.Yechim doklad qilinadiva boshqa podgruppa bilan muhokama qilinadi.



Masala №1. 21 yoshli erkak. Og’iz qurishi,ozishga shikoyat qiladi,kasallik 2 hafta oldin o’tkir boshlangan.Glikemiya och qoringa-18 mmol/l,sutkalik glyukozouriya-4%,atseton “+”,siydik nisbiy zichligi-1038.

1. Sizning tashxisingiz.

2. Bemorda qanday asorat rivojlangan.

3. Ushbu holatning davosi.



Masala №2. 42 yoshli erkak. Bo’yi 168 см, og’irligi 88 кг. Och qoringa glyukozaning qondagi miqdori tekshirilganda 6.8 mmol/l,1 soatdan keyin-12 mmol/l,2 soatdan keyin-8.2 mmol/l ligi aniqlandi.

1. Dastlabki tashxis.

2. Tavsiyalar.

Masala №3. Bemor 18 yosh hushsiz holda, ketoatsidotik koma tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.Bemor komatoz holatdan chiqarildi.Hafta davomida stabil glikemiya 5.5-6 mmol/l- ochqoringa va 7.8-12- kun davomida ushlab turildi.12 ED.16 ED,8 ED,6 ED har 6 soatda dan oddiy insulin qilinmoqda.

1. QD ning tipini va og’irlik darajasini ko’rsatgan holda tashxis qo’ying.

2. Bemorni davolashni keying taktikasi

3. Ushbu komadan chiqarish uchun qanday insulin qilinadi.



Masala №4 Bemor kasalxonaga tez-tez siyish,og’iz qurishi,chanqash shikoyatlari bilan murojaat qildi.Anamnezida virusli infeksiyani o’tkazgan.Bemorga qandsiz diabet tashxisi qo’yildi va adiuretin 1 tomchidan 2 mahal kuniga olmoqda.Siydikning umumiy analizida siydikning nisbiy zichligi 1001.Dozani korretkirovkalash ahvolning yahshilanishiga olib kelmadi.

1.Qo’yilgan tashxisga sizning fikringiz ?Bemor qanmday kasallik bilan kasallangan?


6.3 Amaliy qism.

Bemorning yotog’ida olib boriladi.Kuratsiya o’qitujvchi kontroli ostida olib boriladi.Talaba amaliyotda endokrin patologiyali bemorlarda to’g’ri anamnez yig’ishni,so’rash davomida asosiy ma’lumotlar va 2 chi ma’lumotlarni differensatsiya qilishni va e’tiborini endokrin bezlarga va ularning disfunksiya belgilariga qaratishni o’rganish lozim.Talabalar bemor bilan muloqot chog’ida uning psixikasi,ta’sirchanligi va tez charchab qolishini hisobga olish,maksimum taktni namoyon qilish va o’ziga ishongan va qatiy bo’lmoqlari lozim.

Mashg’ulotda amaliy ko’nikmalar 3 etapda olib boriladi va maksimal 100 ball bilan baxolanadi.


  1. Qandli diabetda glyukozaga tolerantlik testini o’tkazish

  2. Maqsad:Qandli diabetda glyokozaga nisbatan tolerantlikni aniqlash

  3. Kerakli anjomlar:75 gr. Glyukoza,250-300 ml qaynagan suv.

  4. Bajarish tartibi (qadamlari)



№ Qadamlar

Qadamlar

Bajara olmadi (0 ball)

To’liq bajarildi

1.

Och qoringa olingan qonni glyukozga tekshirish

0

30

2.

Bemorga ichishga 75 ml glyukozani 5 min. 250-300 ml qaynagan suvda eritib beriladi.

0

40

3.

2 soatdan keyin glikemiya darajasi aniqlanadi.Test natijasi agar glikemiya >6,1 mmol/l va 2 soatdan keyin >11,1 mmol/l bo’lsa musbat hisoblanadi.


0

30




Hammasi:

0

100

2. Insulin dozasini hisoblash

Maqsad:Insulin dozasini hisoblash

Kerakli anjomlar:tibbiy tarozi

Bajarish ketma-ketligi (ступени)

3. Bazis-bolyusli insulinterapiyani buyurish sxemasi.

Maqsad: Bazis-bolyusli insulinterapiyani buyurish sxemasi

Kerakli anjomlar: tibbiy tarozi, ростомер

Bajarish tartibi (ступени)


№ Bosqichlar

Qadamlar

Bajarilmadi (0 ball)

To’liq va aniq bajarildi

1.

Bemorning ideal massasini aniqlash uchun uning masasi va bo’yi o’lchanadi.

0

20

2.

Bemorning kg massasiga to’g’ri keladigan insulinning sutkalik dozasi hisoblash: 1, ortiqcha vazn bo’lgan holatlarda insulin ideal massa uchun hisoblanadi. , 2,tana vazni kam bo’lgan holda –faktik massa uchun hisoblanadi.

0

20

3.

Bolyusli va bazis dozani 30/70; 40/60 nisbatda bo’linadi

0

30

4.

Bolyus dozani asosiy ovqatlanish mahali uchun va bazis dozani esa bazis insulinning ta’sir davomiyligiiga qarab bo’linadi




30




Hammasi:

0

100


7. Bilimni va ko’nikmalarni control qilish shakllari,

- Og’zaki

- yozma

- vaziyatli masalalarni yechish ;



- o’zlashtirilgan ko’nikmalarni namoyish qilish
8. Baholash mezonlari




O’zlashtirish ballarda

Baxo

Baxo sifatlar

1.

86-100

A’lo «5»

umumlashtiradi,fikrlaydi,baholay oladi,interpretatasiya qila oladi.Bilimlarni amalda qo’llay oladi.Tushunadi,biladi,gapirib beradi,tassavur qiladi.

2.

71-85


Yaxshi «4»

Mustaqil muxkama qila oladi, baholay oladi,interpretatsiya qila oladi,bilimlarni amalda qo’llay oladi,tushunadi,biladi,gapirib bera oladi,tasavvur qila oladi.

3.

55-70


Qoniqarli “3”.

Минимально знает. Понимает суть, рассказывает Mavzuni minimal biladi,tushunadi,gapirib bera oladi

4

0-54

Qoniqarsiz”2”

Yomon biladi.Ani tasavvurga ega emas.Qo’shimcha tayyorgarlikni talab qila oladi.



9. Mashgulotning xronologik kartasi

1. Talabalarning “Poliuriya va polidipsiya bilan kechuvchi endokrin kasalliklar” bo’yicha mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish

2.Vaziyatli maalalarni yechimi va analiz qilish

3. Bemorlar kuratsiyasi.Kuratsiya qilingan bemorlarni klinik muxokama qilish.

4. Mashg’ulot mavzusi bo’yicha bilimni baxolash uchun interaktiv o’yinlar.




Mashg'ulot tartibi

vaqt

Mashg’ulot davomiylligi

1.

Talabalar davomati.Mavzuning axamiyatini,maqsadi va metodlarini tushuntirish.

8.30-8.45

15 минут

2.

Mavzuning nazariy qismining og’zaki muxokamasi

8.45-10.15

90 минут

3.

Biriktirilgan palatalarda mustaqil bemorlarni kurasiya qilish,professor va dosentlar ko’rigida

10.15-11.55


100 минут



4.

Tanaffus

11.55-12.40

45 минут

5.

Kurasiya qilingan tematik bemorlarning tekshirish natijalarini muxoka,a qilish

12.40-13.30



50 минут

6.

Testlarni muhokama qilish,vaziyatlimasalalarni yechish



13.30-14.05

35 минут

7.

O’zlashtirishni tekshirish..Baholarni e’lon qilinadi.Uyga vazifa berish.

14.05-14.15


10 минут




10.Kontrol savollar

1. Qaysi holat o’tki va surunkali polidipsiya bilan kechadi?

2. Qaysi endokrin kasalliklar poliuriya va polidipsiya bilan kechadi?

3. Tungi poliuriyadan tashqari yana qaysi simptomlar diabetik nefropatiya va Konn sindromi uchun umumiy hisoblanadi?

4. Qandli va qandsiz diabet biga kelishi mumkinmi?

5. Qandli diabetning qanday etiologic variantlari mavjud?

6. Qanday holatlarda qandli diabetda insulinterapiya buyuriladi?

7. Poliklinik sharoitda glyukozaga nisbatan tolerantlik testi qanday o’tkaziladi? ?

8. Homiladorlikdagi diabet qandli diabet bilan nimasi bilan farq qiladi ?

9. Siydikdagi mochevinani aniqlashning qanday ekspress metodlari mavjud?

10. Qondagi glyukoza miqdorini ekspress-metod bilan qanday aniqlanadi?
11. Tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiylari:

1. Дедов И. И., Мельниченко Г. А., Фадеев В. В. Эндокринология. •

2. Потемкин В.В. Эндокринология. • М.: Медицина, 1999г.

3. Балаболкин М.И. Диф. диагностика и лечение эндокринных заболеваний. М.Медицина 2002.

4. Под редакцией Старковой Н.Т. Руководство по эндокринологии • М.: Медицина, 2002.

5. Под редакцией Холодовой Е.А., Справочник клинической эндокринологии, Минск, 1996 г.



Qoshimcha:

1. Клинические рекомендации и фармакологический справочник. Под редакцией акад. РАМН Денисова И.Н., акад. РАМН Шевченко Ю.Л., д.м.н., профессора Назирова Ф.Г., Москва, «Гэотармед», 2005

2. Кеттайл В.М., Аркнн Р.А., Патофизиология эндокринной системы - М.: Медицина, 2001.

3. Лейкок, Основы эндокринологии, М. 2000.

4. Тн М., Мак - Дермотг М.Д. Секреты эндокринологии • М. 2000.

5. Терапевтический справочник Вашингтон, перевод с англ,, (раздел «Эндокринология») 1996.

6. Балаболкин М. И. Диабетология • М.: Медицина, 2002.

7. Под редакцией Лавина П., Эндокринология, М., 1999.

8. Журнал «Проблемы эндокринологии», Москва.

9. Медицинский журнал Узбекистана, Ташкент.

10. Журнал «Терапевтический архив», Москва

11. Журнал «Клиническая медицина», Москва

12. Журнал «Диабет. Образ жизни», Москва

Mavzu:Qalqonsimon bez kattalashishi bilan boradigan kasalliklar:Tireoidit(otkir va surunkali),Hoshimoto boqoqi,Ridel boqoqi.Etiologiyasi,patogenezi,klinikasi.Qalqonsimon bez osmasi bilan qiyosiytashxisi,davolash metodi,prognoz.Autoimmun tireoidit.Klinik namoyon bolishi va bosqichlari,shakllari,endemik boqoq bilan qiyosiy tashxisi,davosi,prognoz.
1. Mashgulot otkaziladigan joy,uning jihozlanishi

- кафедра подготовки ВОП с эндокринологией

- Jadvallar,Tiroshkola yozilgan lazer disk,mavzu bo’yicha bemor,vaziyatli masalalar,analizlar to’plami,o’rgatuvchi-kontrol testlar,qalqonsimon bez kasalliigi bilan og’rigan bemorlar
2. Mavzuni o’rganish uchun ajratilgan vaqt

Soat – 6 soat


3. Mashg’ulot maqsadi

Qalqonsimon bez kattalashishi bilan kechadigan kasalliklar bo’yicha bilimlarni egallash va amaliy ko’nikma hosil qilish



Vazifalar

- QB kasalliklarini yod yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasallik sifatida qarash

- Tireoiditlar klinikasini solishtirish va shu bo’yicha bemorlarni namoyish qilish.
Talaba bilishi lozim:

• bo’qoq rivojlanishi sabablarini

• Yoddefitsit va tireotooksikozning og’irlik darajalairini aniqlay bilish

• Labarotor va instrumental tekshiruvlar natijalarini tahlil qilish

•Tireoiditga patogenetik davoni buyurish

•QB kasalliklari va boshqalarni biri-biri bilan qiyosiy tashxis o’tkaza bilish

• QB kasalligida patogenetik davo o’tka olish

Talaba bajara olishi lozim:

• QB ning funksional holatini baxolash

• QB UZD natijasini interpretatsiya qilish

• QB skanogrammasi natijasini interpretatsiya qilish


4. Motivatsiya

Ushbu patologiyani keng tarqalganligini va bu kasalliklarni boshqa,yod yetishmovchiligi oqibatida QB ning kattalashishi bilan kechadigan kasalliklar bilan qiyosiy tashhis o’tkazish zarurligini hisobga olgan holda bu mashg’ulotni o’tkazish lozim. Bu mavzuni o’zlashtirishda talabalarning e’tiborini “endemiklik” tushunchasiga,O’zbekistonning geografik jixatdan endemic zonada joylashganligiga,bo’qoqniing massali tarqalganligiga qaratish lozim.Yodning mikroelement sifatida MNS,intellektning shakllanishida va jismoniy rivojlanishida ahamiyatiga aktsent berib o’tmoq lozim.Tireoid gormonlarning organizmdagi axamiyatinini belgilab o’ish kerak.Ikkinchi planga bo’qoq endemiyasini og’irlik darajasini baholashni qo’yish mumkin.Endemik bo’qoqning tugunchali shaklining konservativ davosiga e’tiborni qaratish lozim.

Bu patologiyaga to’g’ri tashhis qo’yish va davolash uchun UASHdan kasallikni to’g’ri baholay olish va davo taktikasini to’g’ri tanlashni bilish talab qilinadi.Talabalarning bu mavzuni o’zlashtirishlarida ularning e’tiborini kasallikning etiologiyasi bo’yicha ham,patogenetik mexanizmi bo’yicha ham turli shakllari mavjudligi va shunga ko’ra bu kasallikning davosida va profilaktikasida turlicha yondashihs talab qilishiga qaratish lozim.QB muamosiga e’tiborni jalb qilish uchun uning naqadar yer yuzida naqadar tarqalganligiga aktsent berib o’tish kifoyadir.Talabalarning e’tiborini bu kasallikni tashxislash UASH uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmasligini va tekshirish usullarining dostupniyligiga qaratish lozim.Ikkinchi planga QB ning maxsus diagnostik markerlarini aniqlash,QB kattalashishining turli klassifikatsiyalari,endemik bo’qoq,gipotireoz va diffuz-toksik bo’qoq davosida va profilaktikasida ishlatiladigan dori vositalarini sanab o’tishni qo’yish mumkin.

5. Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar

Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.



6.Mashg’ulot mazmuni

6.1 Nazariy qism.

Ko’rib chiqiladigan savollar:

1.Tireoidlar: o’tkir, o’tkir osti, Ridel bo’qog’i

а) etiologiyasi va patogenezi

б) klinikasi

в) qalqonsimon bez o’smasi bilan qiyosiy tashxis o’tkazish

г) davolash metodlari,prognoz.

2. Autoimmun tireoidit

а) Uning klinik namoyon bo’lishi,bosqichlari va shakllari

б) Endemik bo’qoq bilan qiyosiy tashxis o’tkazish

в) davosi,prognozi.


O’tkir osti tireoidit-(de Kerven tireoiditi)- qalqonsimon bez yallig’lanishi va tireotsitlarning destruksiyasi bilan boruvchi,virus etiologiyali kasallikdir.

Etiologiyasi.Kasallikni virus chaqiradi,lekin aniq bir spetsifik virus aniqlanmagan.U Koksaki,adenovirus,qizamiq virusi,epidemic parotid,gripp virusi bilan chaqirilishi mumkin.

Moyillik omillari bo’lishi mumkin:

-anamnezida virusli kasallik o’tkazganligi;

-virusli infeksiya tarqalgan mahalda kasallanganlarning sonining ortishi;

-bemorning qonida Koksaki,adenovirus,gripp virusiga nisbatan antitela titrining yuqori bo’lishi;



Patogenez.Quyidagi patogenetik omillar ahamiyatga ega:

-virusli infeksiyaning qalqonsimon bezga shikastlovchi ta’siri;

-immun reaksiyaning rivojlanishi,qalqonsimon bez antigenlariga nisbatan antitelaalrning hosil bo’lishi,immune komlekslarning hosil bo’lsihi,kompliment aktivlashishi va immune yallig’lanishning rivojlanishi.

Klinikasi.Mahalliy simptomlar:

-qalqonsimon bez joylashgan sohada og’riq va uning ensa,quloq,pastki jag’,bo’yining orqa qismiga,yutqinga irradiatsiyasi;

-og’riq boshni burganda,yutinganda,chaynashda,bosh egilganda kuchayadi,2-3 hafta davom etadi;

-yutish qiyinlashadi;

-qalqonsimon bez kattalshishi,zichlashishi,ba’zan faqat o’ng bo’lak kattalashadi va og’riydi,keyinchalik esa boshqa qismlar ham shikastlanadi.

-bezni o’rab turgan teri issiq,giperemiyalangan,tegilganda og’riqli;

Umumiy simptomlar:

-Tana haroratning ko’tarilishi;

-qaltirash,umumiy holsizlik,terlash,bosh og’rig’I;

-Ko’pchilik bemorlarda boshlang’ich davrda tireotoksikoz belgilar:tasirchanlik,terlash,temperatura,yurak urib ketishi,ozish,issiq,nam,giperemiyalangan,elastic teri,ko’zning jilolanishi,kaft yoyilganda uning tremor;


Diagnostikasi.Qonda IgM miqdori oshgan,tireoglobulin va mikrosomal fraksiyaga qarshi antitela titri vaqtinchalik oritishi kuzatilishi mumkin.Tireoid gormonlarning qondagi miqdori o’zgarishi.Qalqonsimon bez UTD sidaqalqonsimon bezning 3/1 dan kam bo’lmagan qismida bir oz exogenlikning pasayganligi,.Qalqonsimon bez biopsiyasi:kolloidning oksifil moddasi fonida gigant ko’p yadroli hujayralar aniqlanadi.

Qiyosiy tashxis.

Diffuz toksik bo’qoq.DTB uchun tireotoksikoz fonida yuqori temperaturaning,yutinganda kuchli og’riq,qalqonsimon paypaslanganda og’riq,virusli infeksiya o’tkazganligi,EChT ning oshishining bo'lishi xarakterli emas.

O’tkir yiringli tireoidit.O’tkir yiringli tireidit uchun umumiy intoksikatsiya,yuqori gektik isitma,qaltirash,keskin yuzaga chiqqan leykotsitoz,qalqonsimon bez soxasida flyuktuatsiya xosdir.

Qalqonsimon bez saratoni.Saraton uchun bezning zichligi,og’riqning kamligi,bezning g’adir-budirligi,regionar limfaadenopatiya,glyukortikoidlar bilan davolashning samarasizligi,qalqonsimon bez bioptatida atipik xujayralarning aniqlanishi xarakterlidir

Лечебная программа при подостром тиреоидите. Tireoidit o’tkir osti kechishining davolash dasturi

  1. Glyukokotikoidlar bilan davolash.

  2. NYaQV qabul qilish.

  3. Metronidazol bilan davolash.

  4. Tireoid gormonlar bilan davolash.

  5. Immunomodulyatsiya

  6. Mahalliy davo.

  7. Tireotoksikozni simptomatik davolash.

Glyukortikoidlar bilan davolash tireoiditning o’tkir osti kechishining asosiy davo usuli hisoblanadi.Bunda ko’pincha prednizalon,sutkasiga 30-40 mg buyuriladi.(6-8 tabletka).Davolash davomiyligi qalqonsimon bez sohasida og’riq yo’qolishi va ECHT ning normallashuviga qarab belgilanadi.YQNV berish uchun ko’rsatma:o’tkir osti tireoiditning yengil formasi,qalqosimon bez sohasida kuchli bo’lmagan og’riqlar.Indometatsin qo’llanilganda yahshi samaraga erishiladi.(metindol).Uni 0.025 g kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.Juda kam hollarda tireidit anaerob flora bilan chaqirilishi mumkin.Bunday hollarda metranidozol 0.25 g dan kuniga 4 marta ovqatdan keyin,14 kun beriladi.Tireoid preparatlarni glyukokortikoidlarbilan davolashni boshlagandan so’ng 3-4 kun o’tib beriladi.L-tiroksin 50-100 mkg/sutka,1-1.5 oy.Immunomodulyatsiyalovchjilardan timalin 20 mg dan m/I 5kun davomida,yoki T-aktivin 100 mkg dan 5 kun qilinadi.

Autoimmun tireoidit(AIT)-autoimmun genezli qalqonsimon bezning surunkali yallig’lanishi.AIT birinchi bo’lib Xashimoto tomonidan 1912 yil yoritilgan.
Etiologiyasi.Ichki etiologik omillar bo’lib nasl va moyillik omillari kiradi.AIT ning genetic markerlari bo’lib HLA sistemasining ma’lu bir antigenlari hisoblanadi.Moyillik omillari bo’lib pubertat,klimakterik,homiladorlik,tug’ish va qarilik davrida immun va endokrin gomeostazning buzilishi hisoblanadi.Tashqi etiologic omillar bo’lib:1.Atrof-muxitning ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanshi va uning insonning immune va endokrin gomeastazni buzishi.2.Qishloq ho’jaligida kimyoviy zaxarlarning ko’lab ishlatilishi.3.Litiy preparatlari bilan davolash.4.Uzoq vaqt yod preparatlarini ko’plab qabul qilish,bu kasallikka nasliy moyillika ega bo’lgan insonlarda antitireid antitelalarning ishlab chiqarilishiga olib keladi.5.Ionlovchi radiatsiya kam dozasi.6.Virusli,bacterial,iersinioz kabi infeksiyalar AIT ni induksiyalashi mumkin.7.Interferonlar bilan davolash HLA–II klass molekulalarining tireotsitlarga ekspressiyasi tufayli autoimmune reaksiya rivojlanishi mumkin.AIT qalqonsimon bezning boshqa bir kasalligiga yondosh bo’lib va ikkinchi kasallik sifatida ham rivojlanishi mumkin.Bunday holatlar diffuz toksik,endemic.sporadik bo’qoqda,adenomada va qalqonsimon bezning adenomasida kuzatilishi mumkin.

Patogenez.Kasallikning asosida limfotsitlarning T-supressorlik funksiyasining defitsiti yotadi,qalqonsimon bez antitanalarning ishlab chiqarilishi,ularning qonga chiqarilishi va ularga nisbatan antitanalarning ishlab chiqarilishi yotadi.

Klinika.Kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan 4-7 marta koproq uchraydi,hamma yoshda uhcraydi lekin ko’pincha 60 yoshdan keyin ko’proq uchraydi.Bemorlarning asosiy shikouyatlari:qalqonsimon bezning kattalashuvi,yutishning qiyinlashuvi,bo’yinda holsizlik va bo’yinni bosib turganlik hissiga bo’lishi mumkin.Gipertrofik shakli bilan og’rigan 5 % bemorlarda qalqonsimon bezning funksiyasi kuchayishi kuzatiladi va “hasi –toksikoz” deb ataluvchi- tireotoksikoz kartinasini beradi.Bemorlarni yurak urib ketishi,qizib ketish hissi,ko’p terlash,ozi ketish,ta’sirchanik bezovta qiladi.Atrofik shakli o’ziga hos kechadi:qalqonsimon bez paypaslanmaydi,gipotireozning klinikasi namoyon bo’ladi.Bu shakl ilgari “idiopatik gipotireoz” deb atalgan.Fokal (o’choqli) shaklida bir bo’lakning zararlanishi kuzatiladi.(bo’lak kichkina va zich)Punksion biopsiya bajarilsa bu bo’lakda autoimmun yallig’lanish ketayotganligi aniqlanadi.Latent shakli faqatgina klinikasi yuzaga chiqmagan immuologik o’zgarish bilan namoyon bo’ladi.Qalqonsimon bez o’lchamlari normal.latent shakli ko’pincha tugunli bo’boq bilan birga kuzatiladi.Qayd qilingan autoimmune tireoiditlarning qaysi shakli bo’lishidan qati nazar hohlagan bir shaklida qalqonsimon bez funlksional holati:eutireoz,gipotireoz,gipotireoz bo’lishi mumkin.

AIT rivojlanish havfi katta bolgan shaxslar guruhi:

-diffuz toksik bo’qoq otkazgan

-qalqonsimon bezda operatsiya o’tkazganlar

-endemik bo’qoqning biron bir shakli bilan og’riganlar

-galaktoreya-aminoreya sindromi bilan og’riganlar

-qandli diabet bilan og’riganlar

-Shteyn-levental sindromi bilan og’rigan bemorlar(tuxumdonlar sklerokistozi)

-allergik va autoimmune kasalliklardan aziyat chekuvchilar

-40 yoshdan oshgan ayollar

-AIT,DTB va boshqa allergik va autoimmune kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning qarindoshlari



Qiyosiy tashxis.

Tugunli eutireoid bo’qoq.AIT ning tugunli shakli tugunli eutireoid bo’qoq bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi.Eutireoid bo’qoqning farqli belgilar:

-qonda antitireoid antielalar aniqlanmaydi.

-qalqonsimon bez punktatida limfo- va plazmotsitar infiltrat va Ashkenazi hujayralar aniqlanmaydi.



Qalqonsimon bez saratoni.AIT ning tugunli shakli va qalqonsimon bez saratoni uchun umumiy belgialar-tugunlar va bezning zich bo’lishi hisoblanadi.

Qalqonsimon bez saratonining o’ziga hos belgilari:tugunning kam harakatligi yoki umuman harakatsizligi,atrofdagi to’qimalar bilan birikib ketganligi,regionar limfaadenopatiya va punktatda differentsiyallashmagan proliferatsiya belgilariga ega hujayralarning topilishi.



Diffuz toksik bo’qoq.

AIT bilan og’rigan bemorlarda kasallikning boshlangich davrida gipertireoz klinikasi yuzaga chuiqishi mumkin.(xasi-toksikoz).Lekin DTB farqli o’laroq AIT da tireotoksikozning belgilar kam namoyon bo’ladi va tireostatik terapiya bajarilmasa ham bu belgila progressirlanmaydi.Hattoki eutireoid status qaytishi mumkin.



AIT da davo programmasi.

  1. Tireoid preparatlar bilan davolash.

  2. Glyukokortikoidlar bilan davolash

  3. Prednizolon elektrodregingi va tireoid preparatlarni birgalikda ishlatish.

  4. Imodullovchi terapiya va geparin bilan davolash.

  5. Eferrent terapiya.

  6. Jarrohlik usuli

  7. Dispanzerizatsiya.

Tireoid gormonlar qo’llaniladi:L-tiroksin (tabletkada 100 mkg dan) triyodtironin (25 va 50 mkg dan tabletkada).Davolash oylab va yillab davom ettiriladi,gipotireoz rivojlanganda esa –bir umrga qabul qilinadi.Glyukortikoid gormonlar bilan davolash tireoid gormonlarni davom ettrigan holda qo’llaniladi.Prednizolonnin gboshlang’ich dozasi sutkasiga 30-40 mg va har 10-12 kunda 5 mg dan kamaytirib boriladi.Keng tarqalgan immunomodulyatorlardan levamizol(dekaris)-sutkasiga 150 mg haftasiga bir marta 2-6 oy davomida qabul qilinadi.




Mashg’ulotda foydalanilgan yangi pedogogik texnologiyalar:”Galereya bo’ylab sayoxat”

Kerakli anjomlar :

1. Alohida varaqlarga yozilgan savollar to’plami

2. Alohida varaqlarga yozilgan vaziyatli va diagnostik masalalar to’plami

3. Toza varaqlar

4. Rangli ruchkalar.(ko’k,qizil,yashil, qora)

5. Guruhdagi talabal soniga mos qura uchun raqamlar.

6. Spidometr yoki soat

O’yinning borishi:

1.Gurux qura yordamida 2-3 ta talabadan iborat guruxchalarga bo’linadi.

2.Har bir guruxcha alohida o’tiri bittadan toza varaq,rangli ruchkalarda olishadi va

3.Sana,gurux raqami,o’yin nomi va Guruxchadagi talabalarning ismi-sharifi qaog’ozga yoziladi.

4.O’qituvchining tanloviga ko’ra biron bir guruxdan bir talaba chiqib konvertdan savolni oladi

5.Har bir guruhcha uchun olingan savolning qiyinlik darajasi boshqa guruxchalar bilan deyarli bir xil.

6.10 min vaqt beriladi.

7.Har bir guruxcha o’ziha berilgan savolni 10 min o’zaro munozara qilib,unga o’z fikrlarini yozishadi va o’yin tugayotganda boshqa gurux bilan varaqlarni almashtiishadi.

8.Navbatdagi gurux oldingi guruxcha yozgan javoblarni baholaydi va to’li bo’lmasa to’ldiradi yoki agar ularning javobi to’g’ri bo’lsa o’zlarining variantini taklif qiladi.Bu etapga ham 10 min beriladi.

9.Guruxchalr soniga(3 ta yoki 4 ta) bog’liq holda,o’yin 30-40 min so’ng tugatiladi va varg’da turli rangda yozilgan 3-4 ta javoblar bo’lishi kerak.

10.Qog’ozlar o’qituvchiga beriladi.

11.Hamma ishtirokchilar natijalrni muhokama qilishadi va ball olishga munosib to’g’ri javoblarni tanlashadi.

12.Muhokama uchun 10 min vaqt beriladi.

13.Savollarga eng to’gri javoblarni bergan guruhcha mashg’ulotning nazariy qismi uchun berilagan 100 % ball beriladi.

2-o’rinni egallagan guruxcha-85.9%

3-o’rinni egallagan guruxcha-70.9%

14.Talabalar olgan ball mashg’ulotni baholanganda hisobga olinadi.

15.Talabalrning bajargan ishlari ga o’qituchi va guruxboshi tomonidan qo’l qo’yiladi va saqlab qo’yiladi.


6.2 Analitik qism

Vaziyatli masalalar.

1.Bemor S.46 yosh.Bo’g’ilish,bo’yin sohasi bosilish hissi,havo yetishmasligiga,soch to’kilishi,sovuq qotish va shishga shikoyat qiladi.Korikda:qo’l va oyoq terisi quruq,zich,yahshi burma hosil qilmaydi.O’pkada sustlashgan nafas,yurak tonlari ritmik,bog’iqlashgan,YuUS minutiga 54 ta,AQB 115/60 mm.sim.ust.Qorni teri osti yog’ klechatkasi hisobiga kattalashgan.Ich kelishi qabziyatga moyil.Oyoqlarida zich shish.Qalqonsimon bez 2 darajada kattalashgan,zich,konsintentsiyasi turlicha,kam harakatchan.Qalqonsimon bezni skanirlash natijasi:yosni mozaik to’plaanishi. TTG-11 mME/l(norma 0.5 -5.0)Tireoglobulinga antitela 1:100(norma 1:10000)

1.Tashxis.

A.Alimentar-konstitusional semirish 2 daraja

B.Autoimmun tireoidit,gipotireoz.

V.Birlamchi gipotireoz

G.Ikkilamchji gipotireoz.

D.Endemik bo’qoq 3 daraja,gipotireoz

2.Davo taktikasi.

A.radioaktiv yod bilan davolash.

B.Konservativ davo

B.Tireoid preparatlar.

G.Yod preparatlari

D.Tireostatik preparatlar.
2.Klinikaga bemor bo’yinsohasida og’riq,boshni burganda kuchayishi va uning ensa va pastki jag’ga berilishi bilan shikoyat qildi.Bir necha hafta ilgari grippning ogir shaklini o’tkazgan.Hozirda bemorni yuqori harorat 38°,holsizlik,terlash,yurak urib ketishi,bosh og’rig’i.Teri qoplamlari nam,issiq,til jigarrang karash bilan qoplangan.Yurak tonlari ritmik,taxikardiya,YuUS 84 ta minutiga.Qalqonsimon bez kattalashmagan,paypaslaganda kuchli og’riq,bemor shifokor qo’lidan o’zini olib qochadi.Shu sohadagi teri qoplami giperemiyalangan.Umumiy qon taxlilida Hb-120 g/l,leykotsitlar-8.0x109,ECHT -28 mm/s.Qalqonsimon bez UZD si parenximaning biroz exogenligi oshgan,kapsula shishgan.

1.Qaysi kasallik haqida o’ylash mumkin?

A.O’tkir osti tireoidit.

B.O’tkir tireoidit.

V.Autoimmun tireoidit,gipotireoz.

G.Diffuz-toksik bo’qoq.

D.Qalqonsimon bezning diffuz kattalashishi 2 daraja,gipotireoz

2.Davo taktikasi

A.Radiaktiv yod bilan davolash

B.antibiotiklar bilan davolash

V.Tireoid preparatlar.

G.Yod preparatlari

D.Tireostatik preparatlar
3.Bemor B,31 yosh.qabul bo’limiga boyinnning oldingi sohasida keskin og’riqqa,yutinish qiyinligi,bosh og’rig’iga shikoyat qilib keldi.Qalqonsimon bez kattalashgan,palpasiyada keskin og’riqli,shu sohadagi tei qoplami giperemiyalangan.,bo’yin va jag’ osti limfa tugunlar kattalashgan.Bo’yin shishgan.Tana harorati 38.7 C,intoksikatsiya simptomlari.

1.Qaysi kasallik haqida o’ylash mumkin?

A.O’tkir osti tireoidit.

B.O’tkir tireoidit.

V.Autoimmun tireoidit,gipotireoz.

G.Diffuz-toksik bo’qoq.

D.Qalqonsimon bezning diffuz kattalashishi 2 daraja,gipotireoz

2.Shu kasallik hos boi’lga umumiy qon tahlilidagi o’zgarishlarni ko’rsating.

A.Limfotsitlarning ko’payishi

B.Eozinofillarning ko’payishi.

V.EChT ning pasayishi

G.EChT ning oshishi


6.3Amaliy qism

Endokrinologiya bo’yicha amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish 2 bosqichda amalga oshiriladi v a maksimal 100 ball bilan baholanadi.

Nafasni ushlab turish sinamasi.

Maqsad:Nafasni ushlab turish sinamasi

Jixozlar:sekundomer

Bajariladigan qadamlar



№ Этапа

Qadamlar

Bajara olmadi (0 ball)

To’g’ri bajarildi

1.

Bemordagi 1 min da gi puls sonini o’lchash(5 sek da ham)

0

25

2.

Bemordan chuqur nafas olib uni ushlab turish so’raladi.

0

35

3.

5-10 daqiqa davomida puls o’lchanadi.Agar puls kamaymasa sinama musbat hisoblanadi.


0

45




Jami:

0

100

Qalqonsimon bez palpatsiyasi va uning qay darajada kattalashganligini aniqlash.



Maqsad: Qalqonsimon bez palpatsiyasi va uning qay darajada kattalashganligini aniqlash.

Jixoz: Bemor

Bajariladigan qadamlar



№ qadamlar

Qadamlar

Bajara olmadi(0 балов)

Hammasini to’g’ri bajardi

1.

Bo’yin sohasini ko’zdan kechirish

0

30

2.

Qalqonsimon bezni boshni orqaga bukilgan va yutinish vaqtida ko’zdan kechirish.

0

30

3.

Qalqonsimon bezni ko’zdan kechirish

0

40




Jami:

0

100



Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling