Endokrinologiya


Download 367.5 Kb.
bet4/6
Sana10.05.2020
Hajmi367.5 Kb.
#104770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Endokrinologiya


Davosi.Buyrak usti bezi yetishmovchiligi birinchi bor aniqlanganda,bundan tashqari davolash davomida dekompensatsiya kuzatilganda quyidagi reja asosida m/i gidrokortizon atsetat yoki gemisuktsinat yuboriladi: 8°° - 75 мг, 13°° - 50 мг, 17°° - 25 мг 3-7 kun davomida.So’ng kechqurungi doza olib tashlanib,sumar doza 75 mg gacha kamaytiriladi (8°° - 50 мг, 14°° - 25 мг),so’ngra agar bemorning ahvoli ko’tarsa tabletka shakliga o’tkaziladi.

O’rinbosar terapiayning bir necha sxemalari mavjud:

- qisqa ta’sirli preparatlarni ishlatgan holda: .

gidrokortizon - 20 г утром 10 мг после обеда в сочетании с 0,05-0,2 мг кортинефа утром

- O’rta ta’sirli vositalarni ishlatgan holda преднизолон - 5-7,5 мг утром; 2,5 мг после обеда в сочетании с 0,05-0,2 мг кортинефа утром

- uzoq tungi ta’sir etuvchi vositalarni ishlatgan holda дексаметазон 0,5 мг на ночь в сочетании 0,005-0,2 мг кортинефа утром

- различные комбинации ГК в сочетании с 9 а-фторкортизолом

Yo’ldosh kasalliklar va og’ir stress holatlari kuzatilganda glyukortikoidlarning dozasini 1.5-2 ga oshirish zarur.Kichik jarroxlik amaliyotlaridan(gastroskopiya,tish olish) oldin bemorlarga mushak orasiga 25-50 mg gidrokortizon yuborish lozim.Og’ir somatik kasalliklarda esa(pnevmoniya) bemor gidrokortizonli terapiyaga o’tkaziladi.

Yirik jarroxlik amaliyoti va tug’ruqda quyidagi sxema qo’llaniladi:

Operasiyadan oldin(tug’ish jarayoninning boshlanishida) mushak orasiga 75 mg gidrokrtizon,operasiya paytida (tug’ish paytida) mushak orasiga tomchilab 75-100 mg gidrokortizon gemisuksinatning 5-10% li glyukozadagi eritmasi yuboriladi.Operatsiyadan keying birinchi 3 kun davomida mushak orasiga 100-150 mg/sut,keyinchalik 75-100 mg/sut,so’ng odatdagi sxema bo’yicha tabletka formasiga o’tkaziladi.


Interaktiv oyinlar

"Asalari uyasi"

O’tkazish uchun kerak bo’ladigan jihozlar:

1.Vaziyatli masalalar to’plami,aloxida qog’ozlarga yozzilgan.

2.Qur’a tashlash uchun raqamlar yozilgan qog’ozchalar

3.Toza qog’ozlar va ruchkalar

O’yinning borishi:

1.Hamma reziidentlar qur’a tshlash yo’li bilan har biri 2-3 kishidan iborat 3 ta guruhchaga bo’linadi.

2.Har bir guruhcha alohida stollarga o’tirishadi va qog’oz va ruchkalarni tayyorlashadi.

3.Qog’ozga guruhcha nomi ,sana,reziidentlar I.Sh(o’tkazilayotgan o’yin nomi)

4.Har bir guruhchadan bir kishi chiqib guruhcha uchun konvertdan savol oladi.Savolning qiyinlik darajasi hamma guruxlar uchun bir xil.

5.Har bir guruhchadan bir talaba vazifani qog’ozga ko’chiradi.

6.Guruhcha talabalari birgalashib savolni muxokama qilishadi va ulardan biri javobni yozadi.

7. Har bir javob uchun 15 daq. vaqt beriladi.

8.O’qituvchi kuzatib turadi.

9.Berilgan vaqt tugagandan so’ng qog’ozlar yig’ib olinadi.

10.Hamma ishtirokchilar natijalarni muhokama qilsihadi,to’g’riroq javobni tanlab unga maksimal ball beriladi.

11.Muhokama uchun 15 daq vaqt beriladi.

12.Savollarga eng to’g’ri javob bergan guruhcha 100 ball,2 o’rin 85 ball,3 o’rin 70 ball bilan taqdirlanadi.

12.Talabalar har bir bergan javoblari uchun mashg’ulotning nazariy qismi uchun ball olishadi.

13.Talabalar tomonidan olingan bu ballar mashg’ulotni baholaganda hisobga olinadi.

14.Jurnalning pastda bo’sh joyiga gurux sardori o’yin o’tkazilganli to’g’risida qayd qilib qo’yadi.

15.Talabalar tomonidan bajarilagan ish o’qituvchi tomonidan saqlab qo’yiladi.



O’yin o’tkazish uchun savollar kompleksi:

1.Buyrak usti bezi tuzilishi.

2.Glyukortikoidlar sintezi regulyasiyasi.

3.Mineralokortikoidlarning biosintezi regulyasyasi.

4.Glyukortikoidlar ta’sir mexanizmi.

5.Mineralokortikoidlar ta’sir mexanizmi

6. Buyrak usti bezi androgenlari ta’sir mexanizmi

7.Buyrak usti bezi kasalligi bilan og’rigan bemorlarni tekshirish.

8.Buy.ust.bezi o’tkir yetishmovchiligi sabablari.

9. Buy.ust.bezi surunkali yetishmovchiligi sabablari.

10. Buy.ust.bezi surunkali yetishmovchiligi tashxisiy usullari.

11.Feoxromotsitoma klinik kartinasi.

12. O’tkir va surunkali buy.ust.bezi yetishmovchiligi qiyosiy tashxisoti.

13.Addisonik kriz rivojlanish sabablari.



Vaziyatli masalalr kompleksi:

Masala №1.40 yoshli bemor doimiy mushaklarning holsizligiga,og’riqqa,oyoqlardagi sudoroga va uvishib qolishiga,tungi poliuriya va polidipsiyaga,doimiy turdagi qon bosimining oshishiga shikoyat qiladi.Vaqti-vaqti bilan yurak sohasida irradiasiya bermaydigan og’riq,hansirash,yurak urib ketishi,to’xtab-to’xtab urishi kuzatiladi.Bu holat ohirgi 1 yil davomida asta-sekin kuchayib bormoqda.Bemorning so’ziga qaraganda tuzlamalar is’temol qilganda ahvoli yomonlashib,mushaklardagi og’riq kuchaygan.Ko’ruvda:AQB-180/100 mm.sim.ust,yurak tonlari bo’g’iqlashgan,aorta ustida 2 ton aktsenti,EKG da gipokaliemik belgilar

1.Qaysi endokrin kasalliklar gipertoniya,poliuriya va miasteniya bilan kechadi?

2.Nimani birinchi navbatda tekshirib ko’rish lozim?

3.Tashxis algoritmini tuzing.

4.Gipokaliemiya uchun EKG o’zgarishlarinini tasvirlab bering.

5.Sizning dastlabi tashxisingiz?


Masala №2.Ayol 27 yosh.Holsizlikka,sovuq qotish,terining quruqligiga,aminoreyaga shikoyat qiladi.Uch yil oldin tug’ruq qon ketish va kollaps bilan asoratlangan.Keyinchalik laktatsiya to’xtagan,oylik hayz ko’rish tiklanmagan,holsizlik kuchaygan,sovuq qotish,qabziyat rivojlangan.Ahvoli qoniqarli,tana tuzilishi to’g’ri.Bo’yi 168 sm,vazni 66 kg.Terisi quruq,sovuq,odatdagi rangda.Puls 62 ta/min,ritmik.AQB-100/70 mm.sim.ust.Ichki organlarda normadan chetga chiqish kuzatilmadi.Labarator ko’rsatkichlari:HB-10.2 g%,leykositlar3.5 ming,limfositoz,qondagi xolesterin-4.8 mmol/l.TTG,AKTG,STG konsentrasiyasi qonda kamaygan.17OKS va 17KS siydik bilan eksresiyasi kamaygan.

1.Tashxis.

2.Qondagi tireoid gormonlarning kutiladigan miqdori,

3. Qondagi kortizolning kutiladigan miqdori,

4.klinik simptomlarning mexanizmi va patogenezini tushuntirib bering.

5.Davolash taktikasi.


Masala №3 Sizga qorachadan kelgan 27 yoshli erkak murojaat qildi.Anamnezidan 2 yildan beri uzoq cho’ziluvchi shamollashga moyillik,kunning ikkinchi yarmida kuchli holsizlik,ayniqsa jismoniy mexnatdan so’ng,to’shakdan turgan paytda boshning aylanib ketishiga shikoyat qiladi.Ishtaxasi pasaygan.10 KG ozgan.Terining qorayishi fonida oq dog’lar paydo bo’lgan.Vitiligo shubxasi bilan dermatology qabulida bo’lgan.Og’iz va til shilliq pardasida to’q dog’lar kuzatildi,kaft chiziqlari,shramlar,lablari,oreola va sut bezining so’rg’ichi pigmentatsiyaga uchragan.AQB pasaygan20-25 mm.sim.ust.Barmoqlar dinamometri bemorning yoshi va jinsiga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichni ko’satdi.

1.Dastlabki tashxis.

2.Pigmentasiya,mushaklarning tez chachab qolishi,ozish va gipotoniyaning rivojlanishi mexanizmini tushuntirib bering.

3.Glikemiya,lipid,mineral va gormonlarning kutiladiga miqdori(qonda)

4.Qaysigormonal tekshiruvlarni buyurish kerak?

5.To’q rangdagi teri fonida paydo bo’lgan depigmentativ dog’lar nima bilan bog’liq?


Galereya bo’ylab turineraktiv o’yinini o’tkazish uchun control savollar

1.AKTG,biologik ta’siri.

2.STG,biologic ta’siri.

3.v FSG,LG,prolaktin biologik ta’siri.

4. TTG:biologik ta’siri.

5.Simmond-Shixan sindromi:etipatogenez,klinika

6. Simmond-Shixan sindromi:diagnostika va davolash.

7.Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. yetishmovchiligi-etiopatogenez.

8. Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. yetishmovchiligi-klinik,tashxisot.

9. Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. yetishmovchiligi-qiyosiy tashxis va davolash.

10.Buyrak usti bezi o’tkir yetishmovchiligi-etiologiya,klinik namoyon bo’lishi,birinchi yordam.

11. Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. Yetishmovchiligining og’irlik darajalari mezonilari.

12.Addison kasalligida glyukokortikoidlar berish sxemasi.

13.Birlamchi va ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi qiyosiy tashxisoti.

14.Buyrak usti bezi po’stloq va mag’iz qismida qanday gormonlar ishlab chiqariladi?

15.Addisonik kriz:sabablari,birinchi yordam.


6.3.Amaliy qism

Bemorlar kurasiyasi.Bemor bilan birinchi bor muloqotga kirishganda talaba bemorni o’ziga jalb qila olishi lozim.Bunga o’z ishiga jiddiy qarash,bemor bilan o’ziga ishongan holda muloqot qilish,savollarni to’g’ri qo’yish.Bemorni diqqat bilan eshitish,suhbatni kerakli yo’nalishga bura olishi lozim.Ko’rinishi ham sarishta bo’lishi lozim.Shikoyatlarni eshitgandanda ularni asoasiylarini endokrinologiyaga bog’liqlarini ajratib ola bilish kerak.

Fizikal tekshiruvlarda endokrinsistema buzilishi belgilariga(tana vazni,tana tuzilsihi,tuk o’sishi tipi,ikkilamchi jinsiy belgilari,teri qoplamlarining holati,qalqonsimon bez) e’tibor berish zarur.Talaba qon va siydikning umumiy taxlili normalari,glyukozaning qondagi mqdori bilishi,gormonal tekshiruvlarini interpretasiya qila olishi zarur.

Mavzu:O’sish jarayonining buzilish sabablari.Baland bo’ylilik va pakanalik bilan kechuvchi endokrin sistema kasalliklari:gipofizar nanizm,Shershevskiy-Terner sindromi,xondrodistrofiya,o’smirlardagi pubertat gipogonadizm,kechki pubertat,tireogen nanizm,primordial nanizm.Qiyosiy tashxisi.UASh taktikasi.

1.Mashg’ulot o’tkazliadigan joy,kerakli jixozlar:

-UASH endokrinologiya bilan tayyorlovchi kafedra

- Jadvallar,tematik kasallar,analiz to’plamlari,turli qiyinlik darajadagi vaziyatli masalalar,o’rgatuvchi-kontrol testlar.
2. Mashg’ulotga ajratilgan vaqt

Vaqt - 6 soat


3.Mashg’ulot maqsadi

-Bo’y o’sishi buzlishi bilan kechuvchi endokrin kasalliklar bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarni egallash.



Vazifalar

Bo’y o’sishi buzilishi bilan kechuvchi endokrin kasalliklarni ko’rib chiqish,shu kasallik bilan bemorlarni namoyish qilsih,kasallik simptomlarini muxokama qilish,shu kasalliklardagi labarotor analiz natijalarini taxlil qilsih va davo usullarini ko’rib chiqish.


1.Bo’y oshishi buzlish sabablarini ko’rib chiqish.

2.Kasallik simptomlarini aniqlay olish.

3.Tashxislash usullarini bilish.

4.Instrumental va labarator tekshiruvlar natijasini tahlil qila olishi.

5.davoni buyura olish.

Talaba qila olishi lozim:

1.Akromegaliyani tashxislash va uni boshqa akromegaloid sindromlar bilan qiyosiy tasjxis o’tkaza olishi.

2.Gigantizmni tashxislash.

3.Nanizmini tashxislash va uni boshqa turli genezli pakanlik bilan kuzatiladigan kasalliklar bilan qiyosiy tashxis o’tkazish.(Shershevskiy-Terner sindromi,xondrodistrofiya,tug’ma gipotireoz,nasliy gipotireoz va TA)

4.Gipogonadizmni tashxislash va klinik-patogenetik shakliga ko’ra o’rinbosar gormonal terapiya o’tkazish.

Talaba qilishi lozim:

1.Gipofizning funksional holatini baxolash.

2.Ikkilamchi jinsiy belgilar holatini baholash.

3.Kalla suyagi rentgenogrammasini baholash.

4.Qo’l barmoqlari rentgenogrammasini baholash.

5.Bolalarda bo’yning ohirgi o’sish nuqtasini hisoblash.



4.Motvasiya

Endokrin kasalliklar orasida bo’y o’sishi buzlishi bilan kechuvchi kasalliklar ancha foizni tashkil etadi.UASh shifokori bu kasalliklarga o’z vaqtida tashxis qo’yish va bu bemorlar bilan ishlash uchun,bu holatlarning patogenezini aniqlash,klinik simptomlari,tashxisiy mezonlari va tekshirish usullarini bilishi zarurdir.

Bu mashg’ulotni o’tkazish o’rganuchilarga bu ksalliklarga o’z vaqtida va to’g’ri tashxis qo’yishga,qiyosiy tashxis,patogenetik terapiya va profilaktika o’tkaza olishiga imkon beradi.

5. Fanlar ichi va fanlar aro bogliqlik

Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa o’sish buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar bilan qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.


6.Amaliy mashg’ulot mazmuni.

1.Talabalarning “O’sishning buzilsihi bilan kechuvchi kasalliklar” mavzuiga qanchalik tayyor ekanliklarini tekshirish.

2.Vaziyatli masalalarni yechish va tahlil qilsih.

3.Bo’y o’sishi buzlishi bilan kechuvchi kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni kurasiya qilsih.Ko’rilgan bemorlarni klinik jihatdan muhokama qilish.

4.Mashg’ulotni baholash uchun ineraktiv o’yinlar o’tkazish.

Ko’rib chiqiladigan savollar:

1.Gigantizm.

a)Klaynfelter sindromi,nasliy bo’y uzunlik sindromi bilan qiyosiy tashxis o’tkazish

2.Akromegaliya

a)akromegaloid sindromlar bilan qiyosiy tashxis o’tkazish.

3.Gipogonadizm(erkaklardagi)

a)etiologiyasi

b)klinik-atogenetik shakllari

v)tahsxislash

g)o’rib bosar gormonal terapiya

d)prognoz,profilaktika

4.Nanizm

a)Turli genezli past bo’ylilik bilan qiyosiy tahsxis o’tkazish (Shershevskiy-Terner sindromi,xondrodistrofiya,tug’ma pastbo’ylilik va b.)



6.1.Nazariy qism.

Baland b’oylilik bilan kuzatiladigan kasalliklar.

Gigantizm

Gigantizm-neyroendokrin sindrom bo’lib,o’sih gormonining ortiqcha ishlab chiqarilsihi yoki yuqori biologik aktivligi hisobiga kelib chiqadi.Kasallik bolalarda va o’smirlarda ya’ni o’sish yakunlanmagan kishilarda uchraydi. Характеризуется превышающим физиологические границы, сравнительно пропорциональным эпифизарным и периостальным увеличением костей, мягких тканей и органов.Erkaklarda 200 sm,ayollarda 190 sm dan yuqori bo’y patologik hisoblanadi.Epifizar tog’aylar suyaklanishi yakunlangandan so’ng gigantism akromegaliyaga o’tadi.

Gigantizmni boshqa balan bo’y bilan kechuvchi kasalliklar- Klaynfelter sindromi,nasliy bo’y uzunlik sindromi bilan qiyosiy tashxis qilish lozim.

Klayfelter sindromi-tug’ma xromosomal jinsiy rivojlanish patalogiyasi xisoblanadi.Odatda faqat pubertat davrda tashxislanadi.Infantillik,gipogonadizm va testikulalarning germinativ elementlari degenerasiyasi bilan boruvchi progressirlanuvchi urug’ tizimchasining yoshga bog’liq gialinozi bilan xarakterlanadi.Jinsiy xromatin musbat,ba’zi bir bemorlarda yadroda 2 tadan va undan ortiq Barr tanachalari mavjud.Kariotip-47,XXY,46,XY/47,XXY;qonda 48XXXY


Gonadalar hajmi kichraygan,testikulalar zichlashgan va yorg’oqda joylashgan.Gistologik jixatdan-turli darajadagi urug’ tizimchasining gialinozi,germinativ elementlarning degenerasiyasi yoki umuman bo’lmasligi(yoshi katta bemorlarda) kuzatiladi.Ichki genitaliy erkaklarga hos,prostate bezi olchami normada,yoki biroz kichraygan.Tashqi genitaliy-erkaklarga hos.

Jinsiy olat o’lchami normada yoki ozgina o’sishda orqada qolgan.Yorgoq to’gri rivojlangan.Moyaklar yorg’oqda joylashgan,kam hollarda chov kanalida joylashgan o’lchamlari kichraygan.Ikkilamchi jinsiy belgilar sust rivojlangan,tuk o’sishi kam,ko’pincha ayollarga hos bo’ladi.Bemorlarning yarmidan ko’pida chin ginekomastiya kuzatiladi.Bemorlaning bo’yi o’rtachadan yuqori.Skeletning differensatsiyasi yoshga mos yoki ozgina farq qiladi.



Akromegaliya

Akromegaliya-STG gormoning ko’p ishlab chiqarilsihi hisobiga rivojlanadigan kasallik.Fiziologik o’sish to’xtagan kishilarda kuzatiladi.Skelet suyaklari,yumshoq to’qimalar va ichki organlarning patologik disproporsional o’sishi bilan xarakterlanadi,bundan tashqari turli ko’rinishdagi moddalar almashinuvi buzlishi kuzatiladi.

Akromegaliya gipofizning eozinofil yoki aralash,kam hollarda xromofob adenomasi oqibatida kelib chiqqani uchun bu kasallikning etiologiyasi o’sma kasalligi etiologiyasi muammosi bilan bog’liq.Akromegaliyada gipogizning giperplaziyasi emas,balki har doim gipofizning o’smasi kuzatiladi.

Akromegaliya patogenezi asosida gipofizning adenomasi tomonidan gormonlarning ko’p ishlab chiqarilishi yotadi.Epifizar tog’aylarda suyaklanish va fiziologik o’sish yakunlangan kishilarda STG ning ortiqcha miqdori suyaklarda periostal o’sishiga,ularning qalinlashishiga va noproporsional kattalashishiga olib keladi.Bir vaqtning o’zida tog’aylar va ichki organlarning patologik o’sishi ro’y beradi.

Kasallik odatda yetuk davrda (30-50 yoshda),ko’pincha ayollarda,juda kam hollarda bolalarda uchraydi.Kasallik belgilari juda sekin rivojlanadi.

Akromegaliya bilan og’rigan bemorlar shikoyatlari turlicha:umumiy holsizlik,lanjlik, turli xarakterdagi va intesivlikdagi bosh og’rig’i.Ba’zi hollarda bosh og’rig’i juda kuchli bo’ladi.

Ba’zi hollarda bemorlar yagona shikoyat bilan, ya’ni tashqi ko’rinishining o’zgarishiga shikoyat qiladilar.(burun,quloq,barmoq,oyoqning kattalashishi).

Kuzatuvda bemorning yuz bichimining dag’allashuvi,barmoq va oyoqlarning kattalashuvi,kifoskolioz,ovoz,soch,terining o’zgarishini ko’rish mumkin.Qosh usti ravog’i,yonoq va dahan suyaklarining kattalashadi.Yuzning yumshoq to’qimalari gipertrofiyaga uchraydi,teri qalinlashadi,teri yuzasi yog’li.Til kattalashadi va tishlar orasi kengayadi,prognatizm kuzatiladi.Kalla suyagining o’sishi,asosan yuz suyasklarining o’sishi ro’y beradi.Erkaklarda potensiya,libido,spermatogenezning pasayishi,urug’donning atrofiyasi,ayollarda-menstrual siklning to aminoreyagacha bo’lgan buzlishi bilan yuzaga chiqadi.



Qiyosiy tashxis.Akromegaliyani paxidermoperiostoz,og’ir gipotireoz,Pedjet kasalligi,Mari-Bamberger kasalligi bilan qiyosiy tashxis qilinadi.

Pedjet kasalligi.(deformatsiyalovchi osteodistrofiya) naysimon suyaklarning proksimal qismi qalinlashuvi va deformasiyasi bilan yuzaga chiqadi.Kasallik uchun yuz suyagining kichiklashuvi,”minorasimon bosh” shakllanishi hos.Turk egari o’lchamlari o’zgarmagan.

Paxidermoperiostoz teri va suyak sistemasining nasliy anomaliyasi hisoblanadi,oyoq-qo’l va yuz suyaklari suyak usti pardasinining qalinlashuvi,qo’l va oyoq barmoqlarining kattalashuvi bilan xarakterlanadi.Kasallik uchun uzun naysimon suyaklarning giperostozi xarakterlidir.

Mari-Bamberger sindromi yirik va mayda naysimo suyaklarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi.Bu kasallik ikkilamchi bo’lib,surunkali davom etgan bironbir kasallik oqibatida kelib chiqadi.

Og’ir gipotireoz. Zich mukoid shishlar,,terining quruqligi,nutq va harakatning sekinlashishi bilan xarakterlanadi.Deformasiyalar va yuz suyaklarining kattalashuvi,turk egarinign o’lchamlari o’zgarishi kuzatilmaydi.

Davolash.

Akromegaliyani davolashda davo choralari gipofiz tomonidan ishlab chiqariluvchi STG gormonini kamaytirishga qaratiladi.Bunga gipofizni jarroxlik yo’li bilan olib tashlash bilan,gipofizar sohani nurlantirish bilan,gipofizni kriogen destruksiyaga uchratish,stereotaksik yuqori chastotali elektrokoagulyatsiya va mediakmentoz terapiya bilan erishiladi.



Gipogonadizm(erkaklarda)

Gipogonadizm,yoki testikulyar yetishmovchilik,organizmda androgenlar miqdori kamayishi tufayli jinsiy organlar,ikkilamchi jinsiy belgilarning to’liq rivojlanmasligi va bepushtlik bilan yuzaga chiqadigan kasallik.

Klinik-patogenetik shakllari:

Birlamchi gipogonadizm:

I.Tug’ma


1.-anorxizm;

2.-Klaynfelter sindromi;

3.-XX-sindrom-erkaklarda;

4.-Shershevski-Terner sindromi erkaklarda;

5.-del Kastilio(Sertli-hujayra sindromi);

6.-Noto’liq maskulinizasiya sindromi.

II.Ortirilgan.

1.Testikulalarning infeksion-yallig’lanishli shikastlasnishi;

2.-tashqi muxitning zararli omillari oqibatida kelib chiqqan gipogonadizm;

3.-testikula o’smalari;

4.-jaroxatlar;

Ikkilamchi gipogonadizm:

I-Tug’ma


1-Kallmen sindromi;

2.-LG ning izolyasiyalangan defitsiti;

3.-gipofizar nanizm;

4-kraniofaringioma;

5-sindrom Medloka

II-Ortirilgan

1-gipotalamo-gipofizar soxaning infeksion-yallig’lanishli shikastlanishi;

2-adipozogenital distrofiya;

3-gipotalamo-gipofizar soxa o’smalari;

4-gipotalamo-gipofizar sohaning travmatik yoki jarroxlik oqibatida shikastlanishi tufayli troplik faoliyatining tushib qolishi;

5-giperlaktinemik sindrom.
Birlamchi gipogonadizm gonadotrop gormonlarning gipersekretsiyasi bilan kechadi va shuning uchun gipergonadoropik gipogonadizm deyiladi.Ikkilamchi gipogonadizmda gonadotrop gormonlar sekresiyasi askincha kamayadi va gipogonadotropik gipogonadizm deyiladi.Gipogonadizmning bu shakllarini aniqlash shifokor uchun muximdir,chunki shunga ko’ra adekvat davo olib borish mumkin.Kam hollarda normogonodotropik gipogonadizm uchraydi va normal gonodotropin fonida T produksiyasi pasayishi bilan xarakterlanadi.

Gipogonadizmning pubertat shakli yetuk erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilarning bo’lmasligi bilan xarakterlanadi:yuzda va tanada tuklarning kamligi,boshdagi sochning ingichkalashishi,testikulalarning gipoplaziyasi va jinsiy faoliyatning buzilsihi(jinsiy moyillikning pasayishi;ereksiyaning susayishi;jinsiy aktning davomiyligining qisqarishi,ba’zida orgazmning yo’qolishi)


Gipogonadizm ginekomastiya bilan ham kechishi mumkin.Testikulalarning shikastlanishi his biluv organlarining faoliyati buzilsihi bilan qo’shilishi mumkin.

Tashxis.Erkaklik jinsiy bezlari gipofunksiyasi tashxisi anamnez,kalla suyadi va barmoqlar va bilakuzuk suyaklar bilan birga rentgenografiyasi,xromatinni va kariotipni aniqlash,eyakulyatni morfologik va kimyoviy tahlili asosida qo’yiladi.Zaruriyatga qarab testikulalardan biopsiya olinadi.Informativ usullardan plazmadagi gonodotropin9LG va FSG),testesteron(T) va ko’rsatmaga qarab,prolaktin(PRL) miqdorini aniqlash hisoblanadi.Siydikdagi 17-ketosteroid(17-KS) miqdorini aniqlash kam informative usullarga kiradi.Keng qo’llaniladigan usullardan biri kichik chanoq bo’shlig’i a’zolari uzltratovush tekshiruvidir.Bunda kriptorxizmda testikulalarning joylashuvi va ularning o’lchamlari aniqlanadi.
Ancha oddiy va dostupniy usul bu gipogonadizmni bilvosita tashxisi,ya’ni rentgenologik usuldan foydalangan holda suyak yoshini aniqlash.Jinsiy yetilish davrida androgenlarning bevosita metaepifizar zonadagi suyaklanish jarayonini yakunlaydi.Gipogonadizmda kuzatiladigan androgenlar defitsiti tog’aydagi suyaklasnish jarayonini tormozlab qo’yadi va osteoporoz rivojlanadi.Shuning uchun hamma bemorlarda suyak-bo’g’im sistemasida o’zgarish kuzatiladi.Suyak yoshi organizmning androgenlar bilan to’yinganligiga bog’liq,suyak yoshi esa organizmning jinsiy yetilganligi haqida ma’lumot beradi.Suyak yoshini aniqlashdabir necha rentgenologik usullar mavjud,skeletning yetuklik,differensatsya va sinostoz darajasi aniqlash.Eng informative suyaklar bo’lib kaft barmoqlari va bilakuzuk suyaklari hisoblanadi. Jinsiy yetilishning qachon boshlanganligini 13.5-14 yoshli suyak ancha aniqroq beradi, gonadalarning pubertat aktivasiyasida esa birinchi kaft suyagi epifizning metafiz bilan sinostozi kuzatiladi.To’liq jinsiy yetilganlik bilak naysimon suyaklarining epifizar liniya bilan yopilgan joyida ko’ndalang chiziqlarning yo’qolib ketishi bilan namoyon bo’ladi.Bu darhol prepubertat biologik yoshning pubertat yoshdan ajratishga yordam beradi,ya/ni birinchi kaft-barmoq(pyastno-falangovom) bo’g’imida sinostoz kuzatilmay sesamosimon suyak aniqlansa (suyak yoshi 13.5 yoshgacha to’g’ri keladi),hali infantillik saqlanganligini bildiradi.Birinchi kaft-barmoq bo’g’imida sinostoz kuzatilsa jinsiy gormon lar aktivligidan dalolat beradi.Bunda boshqa suyak rivojlanishiga ta’sir etuvchi endokrin bezlarni ham xisobga olish zarur.(buyrak usti bezi,qalqonsimob bez va b.)

Davolash.Tug’ma ikkilamchi gipogonadizmda davolash uzoq vaqt gonadotropin yoki xoriogonin 1500-2000 ED haftasiga ikki marta kurslar bilan,oylik tanafus bilan yuboriladi.Tuxumdonlarning birdaniga gipoplaziyasi ro’y berganda xorionik gonadotropindan tashqari,erkaklar jinsiy gormonlari ham yuboriladi(testenat 10% 2-3 marta oyiga yoki sustanon-250 1ml dan oyiga bir marta bir yil davomida).Keyinchalik faqat xorionik gonodotropin gormoni bilan davolash mumkin.
Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling