Eneolit davri arxeologiyasi


Download 93 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi93 Kb.
#1543284
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eneolit davri kurs

Sialktepa manzilgohi 3 ga maydonni tashkil etib, bir nech bosqichdan iborat va o`ziga xos madaniyatni hosil qilgan (Sialk I). Tehron vohasida aynan shu madaniyatga xos, juda ko`p va qiziqarli ashyolarni o`zida jam qilgan Ray shahri yaqinida Chashma Ali manzilgohi topib o`rganilgan (Sialk III). Markaziy Eronning katta hududida, Qum shahridan Sialk II bosqichiga xos Qalai Duxtar manzilgohi topib o`rganilgan. Ularning hammasida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida rangli sopol buyumlari, turli xil mis va jezdan yasalgan qurollar, paxsa va xom g`ishtdan qilingan ko`p xonali uylar, tosh qurollari topilgan. Uylarning asosi xom g`ishtdan qilinib devori paxsadan iborat bo`lgan, pol qismi ham ba`zi hollarda xom g`ishtdan iborat bo`lgan, devorlari esa loy bilan suvalib qizil rang bilan bo`yalgan.
Sialk manzilgohida bevosita XX asrning 60-yillarida qazuv ishlrini olib borgan R.Girshmanning ta`kidiga ko`ra, sopol buyumlarini asosan maxsus xumdonlarda pishirishgan. Ular asosan geometrik shakldagi naqshlar bilan bezatilgan, ayrim hollarda esa echki tasviri ko`zga tashlanadi.
Hozirgi Xuziston viloyatida, Diza yoki Abi-Diza daryosi irmoqlari bo`yida 1,5-2 ga maydonga ega ko`plab manzilgohlar joylashgan. Ular Eronning Suza madaniyatiga xos bo`lgan eneolit davri yodgorliklaridir. Bu protoelam yoki suza kompleksi nomini olgan manzilgohlarga Jafarobod, Jovi va Bendebalni kiritish mumkin.
Jovida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida mis buyumlari topilmagan bo`lsa-da, ko`plab sopol buyumlari, tosh qurollar, ho`kiz, echki va qo`y, ba`zan ayol haykalchalari topilgan. Tosh bolta va motigani bitum bilan mahkamlanganligini ko`rish mumkin. Sopol buyumlarning zoomorf va antromorflar belgilar uchraydi.
Bendebal kompleksidagi sopol buyumlarining katta qismida hayvonlarning tasviri tushirilgan.
O`zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o`rganilgan. Arxeolog S.P. Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o`tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.G`ulomov, A.Asqarov, O`.Islomovlar tomonidan o`rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan.
Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to`rt joydan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu yerdan toshdan ishlangan yorg`uchoq-lar, o`roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib olingan.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling