Eneolit davri arxeologiyasi


Download 93 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi93 Kb.
#1543284
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eneolit davri kurs


Mavzu: Eneolit davri arxeologiyasi


Reja:
Kirish

  1. Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o`rganilishi.

  1. Eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari.

  1. Qurilish va me`morchilik.

  2. Kulolchilikning mukammallashuvi.

  3. Eneolit davri san`ati.

Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa
Kirish
Enolit – lotin va grek so`zlaridan yasalgan bo`lib, «alneus» - lotincha mis, «litos»-grekcha tosh degan ma`noni anglatadi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to`g`ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo`lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Evropa va Osiyoning ko`p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo`lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan. Evropa va Osiyoning boshqa o`lkalarida aynan shu paytda metaldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning ho`jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metalning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.
Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko`plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo`lib, shu xususiyatga ega bo`lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko`zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o`xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san`atning bir-biriga o`xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o`xshasa ham aynan bir xil emas.
Eneolit makonlari birinchi bo`lib Ikki daryo oralig`i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo`lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko`rsatadilar:

  1. Ho`jalikning hamma turidan ko`ra motiga bilan qilinadigan dehqonchilikning ustunligi;

  2. Chaqmoqtosh qurollar ko`p bo`lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo`lishi.

  3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining mavjudligi;

  4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug`iga xos bo`lgan haykalchalarning mavjudligi;

  5. Rangdor sapol buyumlari (gul solingan)ning tarqalishi.

Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopatamiya makonlarida, keyinroq Evropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko`zga tashlanadi Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Evropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan.
Eneolit makonlarining ko`pchiligida, ya`ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo`lsada, ba`zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Evropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo`q. Aksincha, bu erdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o`yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo`lgan. Markaziy Osiyo, xususan O`zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo`yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo`lgan.


Tarixni yoritishda va o`rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So`nggi yillar ichida jahonning, jumladan O`rta Osiyoning turli hududlarida ko`plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma`lumotlar to`plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o`rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to`laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo`lgan. Ular ibtidoiy to`da davri, ibtidoiy xo`jaliklari va mehnat qurollari, urug`chilik tuzumining vujudga kelishi, xo`jalikning ishlab chiqarish shakllariga o`tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o`rta asrlar me`morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko`pdan-ko`p voqealar bilan bog`liq.
Talabalar qadimgi tarixni o`rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e`tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo`pol cho`qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o`rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko`satish, jahon, jumladan O`rta Osiyo, shuningdek O`zbekiston hududida yashab o`tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o`ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko`rsatib berishdir.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling