Eneolit va bronza davri


Tarix.Uz O'zbekiston tarixi va madaniyati_Mon, 04 Sep 2023 07:56:32 +0300


Download 149.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana02.06.2024
Hajmi149.2 Kb.
#1835171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Tarix.Uz 2023-09-04 07-56-30

Tarix.Uz O'zbekiston tarixi va madaniyati_Mon, 04 Sep 2023 07:56:32 +0300
11
olimlar al-Xorazmiy, al-Farg?oniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Sharshohiy
va boshqalar yashab ijod etgan. 945-yildan buyon Xurosonda betinim notinchliklar boshlanadi.
Somoniylar Abdul-Malik ibn Nux (954-961) va uning ukasi Mansur (961-976), o?g?li Mansur -
Nux II (976-977), Nux II o?g?li - Abdul-Malik II (997-999) zamonida davlat asta-sekin zaiflasha
boshlaydi. 999-yili Somoniylar Movarounnahrni turk hukmdorlari - qoraxoniylarga boy beradilar
va shu tariqa Somoniylar davlati tugatildi. Sominiylarning so?nggi hukmdori Abdul-Malik II ning
ukasi al-Muntasir 1005-yili o?ldirilgan.
QORAXONIYLAR DAVLATI
X asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag?ma" yoki "elikxon"
boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy millatlar -
qorluqlar, chigillar, arg?ular, yag?malar va boshqa xalqlar kirgan bo?lib, ular 960-yilga qadar
islom dinini qabul qilganlar. 992-yili elikxon Bug?ra boshchiligidagi qoraxoniylar qo?shini
Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar g?alabasiga Bug?raxon bilan Xurosonning
somoniy hokimi Abuali Simjur o?rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning
sotqinligi sabab bo?lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg?ol etadilar, amir Nuh esa
Chorjo?yga qochishga majbur bo?ladi. Ammo Bug?raxon kasallanib, o?z vatani Koshg?arga
ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o?lja bilan qaytadilar.
Qoraxoniyalarning yangi yo?lboshchisi bo?lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi.
995-996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999-yili
qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg?ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga
oladilar.
Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo?lishiga olib keladi.
Qoraxoniylar davlati Koshg?ardan Amudaryogacha cho?zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv,
Shosh, Farg?ona va qadimgi So?g?d yerlarini o?z ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning
so?nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko?psonli
qo?shini pirovard g?alabani ta’minlagan. Bog?dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali
Movarounnahrda o?z hukmronligini o?rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar
dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga
topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi.
Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g?aznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar
olib borishadi, XI asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bo?lib qolishadi.
Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so?ngra Samarqandga ko?chirilgan. Buoro ham
Samarqandga tobe bo?lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko?plab
binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan,
musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo?shishgan.

Download 149.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling