Energetik sharoitlari


 Suv haydash usulini tanlashnnng geologik asoslanishi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

9.2. Suv haydash usulini tanlashnnng geologik asoslanishi 
Neft konlarini qazib chiqarishda qg’llanishi mumkin bg’lgan 
suv haydash turlarini yuqorida ko’rsatgan edik. Endi uni qg’llash 
uchun qaysi birini tanlash va qanday sharoitlar belgilash haqida fikr 
yuritamiz.
Qatlamga suv haydash yg’li bilan ta’sir etishni tanlash uyum 
turiga, uning g’lchamlariga hamda suv-neft zonasining o’lchamiga, 
qatlam 
sharoitidagi 
neftning 
qovushqoqligiga, 
qatlam-
kollektorlarining turi va ularning g’tkazuvchanlik xususiyatlariga,
qatlamning xilma-xilligiga, har xil uzilmalarning mavjudligi va shu kabi 
belgilariga qarab bajariladi. Biz 
Q
uyida suv haydashning har xil turlari 
tg’g’risida va ularni qo’llashning geologik sharoitlari to’g’risida fikr 
yuritamiz. 


63 
Uyum tashqarisidan turib suv haydash. Bunday usul tatbiq 
qilinganda suv haydash quduqlari uyum tashqarisidagi suvli zonaga 
joylashtiriladi. Dastlabki vaqtlarda bunday usulda uyum chegarasidan 
3-5 km ga haydovchi quduqlar joylashtirilar edi, lekin ularni qanchalik 
chegaraga yaqinroq joylashtirsak, natija shunchalik
 
yaxshi bg’lishi 
ma’lum bo’ladi. Bunda biz tabiiy suv siquvi rejimiga g’xshash sharoit
barpo qilamiz va neftni suv bilan siqib chiqarish jarayoni xuddi g’sha 
rejimdagiga g’xshab ketadi. Uyumning kengligi uncha katta 
bg’lmagan hollarda gaz-neftli va neftli uyumlarda bu usulni qg’llash 
yaxshi natijalar beradi. Undan tashqari natijaning yaxshi bg’lishi 
qatlam sharoitidagi neftning kamroq qovushqoqlik xususiyatiga ega 
bg’lishiga va anchagina yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega 
bg’lishligiga, hamda qatlamning 
12-rasm. Neft uyumiga chiziqdan tashqaridan suv haydash 
usuli bilan qazib chiqarish. 
1-tashqi neftli chegara, 2-ichki neftli chegara, 3-haydovchi quduqlar, 4-
oluvchi quduqlar.   
ozmi-kg’pmi bir xilligiga va nihoyat qatlamning uyum tashqarisi bilan 
uning orasidagi bog’langanligi yaxshi bg’lishiga aloqador bg’ladi.


64 
Bunday usul qatlam turidagi hamda massiv turdagi karbonat 
kollektorlarda yaxshi natijalar berganligi tajribadan ma’lum. 
Geologik jihatdan qulay bg’lgan hollarda bu usulni qg’llash 
natijasida yuqori neft beruvchanlik darajasiga erishish mumkin. Bunda 
asosan oluvchi quduqlar neftli zonaga joylashtirilgan bg’lib, suv-neftli 
zonadagi neftlar tashqarisidan haydalgan suv yordamida quduqlar 
tubiga haydab kelinadi, natijada neftning qatlamda qolib ketishi 
unchalik kg’p bg’lmaydi, undan tashqari neftli quduqlarning soni xam 
uncha kg’p
bg’lmaydi. SHuni qayd qilish lozimki, bunday usulni erkin 
gaz mavjud uyumlarda gaz-neft chegarasini siljitmagan holda uning 
quvvatini ma’lum darajada qazib chiqarish jarayoniga jalb qilib 
ishlatish hollarida ham muvaffaqiyat bilan qg’llash mumkin. Bu usul 
bilan qatlamga suv xaydash jarayonida bir dona xaydovchi quduqqa 
aksariyat 4-5 ta mahsulot oluvchi quduq tg’g’ri kelishi mumkin. SHuni 
qayd etamizki, bunday usulni qg’llash uchun kerakli sharoitlarning 
mavjud bg’lavermasligi tufayli uni tajribada kamroq uchratamiz. 
Bu usulda qatlamlarni qazib chiqarish kg’pgina joylarida 
muvaffaqiyatli qg’llangan, jumladan Bavli konining D
1
qatlami, 
Tg’ymaza konining D
p
va Xg’jaobod konining (Farg’ona) VIII qatlami 
shular jumlasidandir. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling