Energetik sharoitlari


 Kelajak uchun neft chiqarishni rejalash


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

 
12.2. Kelajak uchun neft chiqarishni rejalash 
 
10-15 yil muddatga neft chiqarishni rejalash asosan ishlab 
turgan konlar, ishga tushirishga tayyorlab qg’yilgan va ochilishi lozim 
bg’lgan konlar hisobiga bajarilishi lozim. Ishlab turgan konlar hisobi 
tg’g’risida yuqorida fikr yuritdik. 
Ochilmagan konlar hisobini rejalashtirish ulardagi zahiralarga 
qarab belgilanadi. Bunda albatta ochilishi lozim bg’lgan konning katta-
kichikligi, mahsuldor qatlamning joylashgan chuqurligi, uning geologik 
kg’rsatkichlari va gidrodinamik xossalari shu rayonda ishlab turgan 
konlarga solishtirgan holda va dastlabki ma’lumotlar asosida qilingan 
hisob-kitoblarga qarab fikr yuritiladi. Har xil holatlarga qarab qazib, 
olinishi lozim bg’lgan zahiraning yiliga 3-9% ni chiqarish ehtimoli 
mavjudligidan kelib chiqib reja tuziladi. Bunda neft chiqarish sur’ati 
aksariyat katta konlarda va kam mahsuldor konlarda pastroq bg’ladi. 
Bunday rejalash chog’larida o’lkaning umumiy rivojla-nishi va 
bu ishda neft-gaz konlarining tutgan g’rni ham hisobga olinishi lozim. 
Undan tashqari shu muddat davomida sodir bg’lishi mumkin bg’lgan 
g’zgarishlar va takomillashishlar ilmiy texnik g’sish asosida 
rejalashtirilishi lozim. 


171 
Neft-gaz sanoati xodimlari uchun turmush sharoitlari-ning 
odatdagi holatlari ta’minlangan bg’lishligiga ahamiyat berish 
rejalashtiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
 
12.3. Gaz chiqarishning xususiyatlari 
 
Bizda gaz chiqarish uni bir joydan ikkinchi joyga etkazib berish 
saqlash hamda ishlatuvchiga etkazish bir butun ish jarayonidir. Undan
tashqari gaz ishlatishning yilning fasllariga qarab o’zgarishi ham 
hisobga olinishi va gaz ishlatuvchining (u shahar bg’ladimi, sanoat 
korxnasimi yoki elektrostantsiyami) gaz bilan uzluksiz ta’minlanishini 
tashkil asosiy maqsadimizdir. 
Hozirgi kunda mamlakat hududlarini tg’la gazlashtirish 
oldimizda, turgan asosiy vazifalardan bo’lib, bu ish prezidentimiz 
Islom Karimovning yurtni gazlashtirish rejasi asosida olib borilmoqda 
SHu
Q
g’yilgan vazifalarni amalga oshirish hamda ortiqcha gazni 
eksport qilish evaziga xalq farovonligini oshirish - oldimizga qo’yilgan 
asosiy maqsadimizdir. 
Mamlakatimizning 
rivojlanishida 
yoqilg’i 
energetika 
mahsulotlarining ahamiyatini idora etgan holda gazning bu boradagi 
o’rni har bir tuman uchun oldindan rejalanadi va uni gaz bilan 
ta’minlashning g’sishi chamalanadi. Aksariyat bu vazifa besh yillik 
rejalar ko’rinishida turmushga tatbiq qilinadi. 
Bularni amalga oshirishda mavjud gaz quvurlari (gazaprovod) 
quvvatiga tayaniladi hamda ularning yangilarini qurish rejalashtirilishi 
lozim. Bu ishlar bilan vatanimizdagi katta - katta loyihalash institutlari, 
kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda muttasil 
shug’ullanadilar. Albatta bunday hollarda masalani iqtisodiy 
tomonlarini chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan esa 
katta rejalarni amalga oshirish maqsadida. kg’pchilikka ahamiyatsiz 
bo’lib tuyulgan vazifalar amalga oshmay qoladi, chunonchi, katta gaz 
koni yonida turgan qishloq gaz bilan ta’minlanmagan holda bu gaz 
ko’p yuzlab naridagi shahar va korxonaga jg’natiladi. 


172 
Gaz konlarini ishlatish jarayonida uning kg’rsatkich-larini lozim 
bg’lgan tuzatishlar kiritib turiladi. Bularga asosiy sabab, gaz 
zahiralarining holati, yangi konlarning ochilishi, gazning ishlatuvchisi
paydo bg’lganligi va shu kabilardir. 
Gaz konlarini ishlatish asosan magistral gaz uzatgichlarning
quvatiga bog’liq bg’lib, agar ular monelik qilmasa dastlabki davrda 
gazni iloji boricha kg’proq chiqarish maqsadga muvofiqdir. Albatta 
buni ta’minlash uchun magistral uzatgich bilan bog’liq kompressiya 
inshoatlari gaz saqlagichlar va gazning asosiy ishlatuvchilari orasidagi 
mutanosibliklar barqaror bg’lmog’i lozim. Bunda mavsumiy 
g’zgarshlar ham inobatga olinadi. Keyingi bosqichda esa gaz 
konlarining quvvati kamayib qoladi va undan olinadigan gaz faqat 
g’sha atrofni gaz bilan bir qadar ta’minlashgagina qodir bg’ladi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling