Energetik sharoitlari


 Atrof-muhitni muhofaza qilish


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

 
13.4. Atrof-muhitni muhofaza qilish 


184 
Ma’lumki, neft va gaz sanoati har bir sanoat tarmog’i kabi 
ma’lum darajada atrof-muhitni ifloslanishiga sababchi bg’ladi. 
SHuning uchun ham bu sohaning xar bir faoliyati shu nuqtai nazardan 
juda aniq tahlil talab qiladi. 
Neft-gaz sanoatining atrof-muhitga ta’siri juda keng kg’lamda 
sodir bg’lishi mumkin, chunonchi, konning mavjudligini aniqlab, uni 
razvedka qilish va qazib chiqarish jarayonini amalga oshirish 
davomida kg’plab quduqlar qazilishi taqozo etiladi. Har bir quduqning 
qazilishi esa ma’lum darajada hosildor erlar yoki g’rmonzorlar 
bag’ridan bir miqdor erning (quduq va uning atrofi) ajratilib olinishi 
bilan bog’liqdir. Quduqni burg’ulash, g’zlashtirish va ishlatish 
jarayonida atrofdagi hosildor erlarning ishdan chiqishiga yoki 
g’rmonlar-ning nobud bg’lishiga yg’l qg’ymaslik kerakdir. Burg’ulash 
texnikasining joylashishi va burg’ulashni amalga oshirish jarayoniga 
ongli ravishda tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan qaralmog’i 
lozim. 
Quduqlarni ishlatish, umuman konlarni ishga tushirish 
jarayoni ham xuddi shunday holatni taqozo etadi. Aksariyat neft 
quduqlaridan neft bilan birga chiqadigan yg’ldosh gaz quvurlar orqali 
chetroqqa chiqarilib yoqiladi. Bunday hol tabiatga katta zarardir. 
Neftni qazib chiqarish natijasida havoga oltingugurt oksidi, uglerod 
oksidi, azot oksidi kabi gazlar hamda uglevodorod gazlarining chiqish 
hollari kuzatiladi. Buning natijasida atmosfera bulg’anadi. Bu holning 
rg’y bermasligiga iloji boricha harakat qilinsa, bu maqsadga 
muvofiqdir. 
Undan tashqari quduqlarni burg’ulash jarayonida uchrab 
turadigan "ochiq favvorlar" g’ta xavflidir. Bunda kg’plab miqdorda 
neft va gaz nobud bg’lgandan tashqari atmosferaga, atrofdagi g’simlik 
va hayvonot dunyosiga ham katta zarar keladi. Kattagina hudud 
qishloq xg’jaligi uchun yaroqsiz holga keladi. Ma’lumki, yonib turgan 
mash’ala atrofidagi yuzlab metr radiusdagi joylarda barcha g’simlik. va 
daraxtlarni quritadi, bu radius janubiy rayonlarda bir necha km ni 
tashkil etishi mumkin. 
Hozirgi kunda dunyo miqyosida olinayotgan neftning tg’rtdan 
bir qismi akvatoriyalarga tg’g’ri kelayotgan bir vaqtda suv ostidan neft 


185 
olish dengiz va okean suvlarini bulg’ashga sababchi bg’lmokda, chunki 
har qancha ehtiyotkorlik choralari kg’rilganda ham dengizga neft oqib 
chiqish hollari turgan gap. Undan tashqari neftni katta hajmdagi 
tankerlar bilan tashish vaqtida rg’y beradigan har xil tasodiflar 
kemalardan ochiq dengizga neftning oqishi va suv yuzini qoplashi 
dengiz hayvonotiga katta talofat keltiradi. 
Umuman olganda, neft va gaz sanoatining er, suv, havoning 
ifloslanishiga, g’simlik va hayvonot dunyosiga, mikrobiologik hayotga 
zararli ta’siri katta, jonli va jonsiz tabiat neft-gaz sanoati faoliyatidan 
katta talofat kg’radi, lekin bunday zararlarning oldini olish ularning 
zararli kg’lami ta’sirini choralarinn qidirish, topish va turmushga tatbiq 
qilish har bir injener-geologning, qolaversa, har bir kon xizmatchisi va 
ishchisining burchidir. 
Hozirgi vaqtda, ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyot jarayoni katta 
qadamlar bilan rivojlanayotgan davrimizda tabiatni muhofaza qilish 
birinchi darajaga molik bg’lgan vazifalardan bg’lib, bu ishga kon 
geologi va boshqa mutaxassislar ziyraklik bilan munosabatda 
bg’lmoqliklari muhim vazifalardan hisoblanadi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling