Energetik sharoitlari


Elastik suv siquvi rejimi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

Elastik suv siquvi rejimi neftni quduq tubiga haydovchi asosiy 
kuch qatlamidagi jinslar va ularga shimilgan chekka suvlarning 
elastiklik kuchlari tufaylidir, Bu rejimda olinayotgan mahsulotning 


27 
g’rnini chekka suvlar qisman egallaydi, shu tufayli qatlamdagi 
bosimning kamayishi butun uyumga tarqaladi va undan tashqariga 
ham g’tadi hamda havzaning katta qismini egallaydi. 
Bosim pasayishi natijasida uning siquvidan kutilayotgan jinslar 
va suvlar ma’lum miqdorda kengayadi va shu kuch suyuqlikni quduq 
tubiga haydaydi. Suvning va jinsning siqiluvchanlik koeffitsienti kichik 
sonlar, lekin katta hajmdagi (uyumdan bir necha g’n hatto yuzlab 
marta katta bg’lgan hajm) bu kg’rsatkich natijada katta kuchni tashkil 
etadi va quvvat manbai bg’la oladi. 
Bu kg’rsatkichni jinslar va suyuqliklarning siqiluvchanligini 
kg’rsatuvchi miqdordan foydalangan holda havza uchun hisoblash 
mumkin. 
Bu erda uyumdagi neftning siqiluvchanligi umumiy jins va suv 
hajmiga nisbatan juda oz bg’lganligi uchun alohida e’tiborga loyiq 
emas. Suv siquvi rejimi har xil geologik sharoitlarda namoyon bg’lishi 
mumkin. Bunday holat infiltratsion suv havzasiga namoyon bg’lishi 
mumkin, bunda uyum bilan uning tashqarisidagi aloqalar uncha yaxshi 
emas, ba’zan deyarlik yg’q, qatlamning notekisligi aniq, havzaning 
ta’minot g’lkasi bilan uyum orasidagi masofa katta va ular orasida 
tg’siqlar mavjud bg’lishi mumkin. 
Undan tashqari bunday rejim neftlarining qovushqoqligi 
yuqori bg’lganda va uyum elizion havzada bg’lganda namoyon bg’ladi. 
Elastik suv siquvi rejimi sharoitida kollektor-qatlam uyumdan 
tashqari yana havzaning katta qismida tarqalgan bg’lishi lozim. Undan 
tashqari bunday sharoitda tg’yinganlik bosimi qatlam bosimidan 
ancha past bg’lib, qazib chiqarishing oxirigacha bu shart saqlanish 
lozim.
Neftni suv bilan siqib chiqarilishi avvalga rejimdagiga g’xshash, 
lekin qatlam g’tkazuvchanligi pastliga, undagi neft qovushqoqligining 
yuqoriligi avvalgi rejimdagidek natija bermaydi, pirovardida anchagina 
neft qatlam bag’rida qoladi. Bunday rejimning chizmasi 9-rasmda 
kg’rsatilgan. Asosiy e’tiborga loyiq holat shundan iboratki, bu rejimda 
qatlamning bosimi paydar-pay pasayaveradi, lekin keyinroq borib 
bunday kamayish biroz sekinlashadi. 


28 
SHuni alohida qayd etish lozimki, ba’zan elastik suv siquvi 
rejimini elastik rejim bilan aralashtir-maslik kerak. Elastik suv siquvi 
rejimida olinadigan mahsulot miqdori qatlamdan olinishi mumkin 
bg’lgan zahiraning 5-7 % dan ortmaydi, asosiy qazib chiqarish davrida 
uning 80 % olinadi. Qazib chiqarishning II-davridan boshlab qatlam 
mahsulotida suv paydo bg’la boshlaydi va u kun sayin ortib boradi. 
Qazib chiqarish davrining oxirida olingan neftning miqdori 50-55% ni 
tashkil qiladi. Albatta har xil geologik muhitga qarab bunday rejimning 
kg’rsatkichlari ham rang-barangdir. 
9-rasm. Tabiiy gaz suvi tarzida qazib chiqariladigan neft uyumi.
a-qazib chiqarish jarayonida qatlam hajmining g’zgarishi, b-qazib 
chiqarishning asosiy kg’rsatkichlarining g’zgarishi.
1-neft, 2-SNCH-dastlabki holatini belgilovchi qatlam, GNCH
D
-dastlabki 
holati, GNCH
J
-joriy holati, GNCH
O
-oxirgi holati. (Qolgan shartlar 8-rasmdagidek). 
Bunday rejimda ishlagan konlar kg’p uchraydi, chunonchi 
SHimoliy Kavkaz, CHechen-Ingushetiya, Farg’ona vodiysi konlari shular 
jumlasidandir.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling