Energetika fakulteti
-mavzu. Kirish. Jamiyat taraqqiyotida energiyadan foydalanishning ahamiyati
Download 289.5 Kb.
|
Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari EEE 3-курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Energetika resurslari
- 4-mavzu. Quyosh energetikasi
- 5-mavzu. Quyosh energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish
- 6-mavzu. Quyosh energiyasidan foydalanish qurilmalari va jihozlari
- 7-mavzu. Yuqori temperaturali quyosh qurilmalari
- 8-mavzu. Past potensialli energiya manbalari
- 9- mavzu. Issiqlik nasoslari
- 10-mavzu. Shamol energetikasi
- 11-mavzu. Shamol elektr agregatlari
- 12-mavzu. Gidroenergetika
- Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarining kalendar tematik rejasi
- Amaliy(seminar) mashg‘ulot
- 1-mavzu. Kichik gidroelektr stansiyalarni quvvatini hisoblash
- 2-mavzu. Alohida uyni issiqlik ta’minoti uchun quyosh issiqlik tizimlari hisoblash
- 3-mavzu. Bitta xonadon uy uchun quyosh energiyasini hisoblash
- 4-mavzu. Quyosh elektr stansiyasi uchun fotoelektr modulni hisoblash va tanlash
- 5-mavzu. Quyosh kontrollerining turini hisoblash va tanlash
- 6-mavzu. Berilgan hududni shamol potensialini hisoblash
- 7-mavzu. Shamol energetika qurilmasini hisoblash
- ma’ruza mashg‘ulotlarida
- amaliyot mashg’ulotlarida
“Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarining kalendar tematik rejasi:
Grafik organayzerlar Talabalarning “Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga yegadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster) dan foydalaniladi. “Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanining ma’ruza mashg‘ulotlarida ma’lumotlarni ko‘rgazmali taqdim etish usullari va vositalari: insert jadvali: mustaqil o‘qish, ma’ruza tinglash jarayonida olinadigan ma’lumotlarni yaxlit bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi. oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o‘zaro bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi. Klaster (Klaster - tutam, bog’lash): Ma’lumot xaritasini tuzish va vositasi-barcha fikr konstitutsiyasini fokuslash va aniqlash uchun asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish. Toifali jadval: Toifa - mavjud holat va munosabatlarni aks yettiradigan belgi (umumiy). ajratilgan belgilarga ko‘ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi; tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Kontseptual jadval: O‘rganilayotgan xodisa tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va undan ortiq jihat bo‘yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi. BBB jadvali: Bilaman, Bilishni xoxlayman, Bildim matn (mavzu, bo’lim) bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borish imkonini beradi; tizimli mulohaza kilish, tarkibga ajratish ko‘nikmalarini beradi. T –jadval: Bita konsepsiya (ma’lumot)ning jihati o‘zaro solishtirish (ha/yuq, ha/qarshi). Tanqidiy mushohada rivojlantiradi. SWOD-tahlil jadvali: Tashkilot resurslari holatini tahlil qilish va baholash vositasi. Bu kabi tahlilni tashkilot bo‘yicha umumiy tarzda yoki alohida muammo yoki loyixa bo‘yicha ham amalga oshirish mumkin. Tizimli mushohada kilish, taqqoslash, solishtirish, taxlil va sintezni amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Loyihalash metodi: Kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo‘lib, loyiha, ma’lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g‘oya, fikr. “Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanining amaliyot mashg’ulotlarida muammoni jamoali tarzda hal yetishning usullari va vositalari: Aqliy hujum: Bu uslubda qo‘yilgan savol, maummo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama kilinadi. U talabalarni o‘quv jarayonida mashg‘ulotlarga faol qatnashishlarini topish va bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, o‘z fikrlarini aytishga yo‘naltiruvchi metoddir. Bahs: O‘z fikrini ifoda yetishni xohlovchilar orasida biron bir munozarali masalani muhokama kilish, xaqiqatni aniqlash va to‘g‘ri qarorni qabul qilish. Muzokaralar: Eshitish aniq tashkil yetilgan ikki tomon fikrlari almashinuvi. Pinbord texnikasi: Muammoni hal yetish bo‘yicha g‘oyalarni tizimlashtirish va guruhlashtirish va yagona nuqtai nazarni ishlab chiqish imkonini beradi. Delfi texnikasi: Muammoni hal yetishning jamoali baholash va tanlash imkonini beradi. 6-6 texnikasi: Qo’yilgan muammoni hal yetish bo‘yicha jamoa tomonidan ifodalangan variantlardan yeng yaxshisi baholanadi va tanlanadi, keyin quyidagi harakatlar algoritmga muvofiq ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi. Keys stadi.: Talabalarni qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil kilib, uni yechishni o‘rganish metodi. Shuningdek “Noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanining amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan, slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan foydalanish, shu bilan birga, talabalarga ushbu fanni o’zlashtirishda mavjud o‘quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya yetiladi. Interfaol o‘qitish usullari (Activity)Amaliy mashg‘ulotlarda interfaol o‘qitish usullari qo‘llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan. Download 289.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling