Energetika, neft va gaz sohasida davlat nazorati


 Neft va gaz sohasida davlat nazorati


Download 117.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi117.72 Kb.
#209803
1   2
Bog'liq
3-mavzu

3.2. Neft va gaz sohasida davlat nazorati 

“O‘zneftgazinspeksiya” 

tomonidan 

o‘tkaziladigan 

tekshirishlar 

tartibi 


“O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan 


foydalanishni  nazorat  qilish  inspeksiyasi”  (“O‘zneftgazinspeksiya”)  o‘z  faoliyatini 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2019-yil  24  -iyunda  qabul 

qilingan  520-son  qaroriga  muvofiq  amalga  oshiradi.  “O‘zneftgazinspeksiya”  neft,  gaz, 

gaz  kondensatini  qazib  olish,  qayta  ishlash,  tashish,  sotish  hamda  ularni  qayta  ishlash 

mahsulotlaridan  foydalanish  sohasida  davlat  nazoratini  amalga  oshirish  bo‘yicha 

vakolatli organ hisoblanadi. 

Davlat nazoratini amalga oshirishda “O‘zneftgazinspeksiya” hukumat qarorlari va 

qonunchilik bilan belgilangan quyidagi tartib va tamoyillarga amal qiladi:  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  27-iyuldagi  PF-5490-sonli 

farmoniga  muvofiq  tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyatini  tekshirish  tashabbusi  bilan 

chiqish  tegishli  tadbirkorlik  sub’ektlari  tomonidan  qonunbuzarlik  sodir  etish  xavfi 

darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil 

etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi. 

Tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyatini  tekshirish  tashabbusi  bilan  chiqish,  ular 

tomonidan  qonunbuzarlik  sodir  etish  “xavfini  tahlil  etish  tizimi”ni  joriy  etish  tartibi 

to‘g‘risidagi  “O‘zneftgazinspeksiya”  boshlig‘ining  2019-yil  5-iyuldagi  57-  son 

buyrug‘iga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

huzuridagi  tadbirkorlik  sub’ektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 

qilish  bo‘yicha  vakil  va  savdo-sanoat  palatasi  raisi  bilan  kelishilgan  nizomda 

belgilangan  tanlash  tamoyillariga  asosan  amalga  oshiriladi.  Tekshiruvlar  bosh 

prokuratura  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  shuningdek  2018-yil  7-noyabrda  Adliya 

vazirligida  ro‘yhatga  olingan  3067-sonli  “Nazorat  qiluvchi  organlar  tomonidan 

tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni kelishish va o‘tkazish 

tartibi  haqidagi  vaqtinchalik  nizom”  bilan  belgilangan  tartiblarga  asosan  amalga 

oshiriladi. 

Tadbirkorlik  sub’ektida  o‘tkaziladigan  barcha  tekshiruvlar  bosh  prokuratura 

tomonidan  ishlab  chiqilgan,  shuningdek  2018-yil  30-noyabrda  Adliya  vazirligida 

ro‘yhatga  olingan  3093-sonli  “Tekshiruvlarni  ro‘yxatga  olish  yagona  tizimini  yuritish 

tartibi haqidagi nizom”ga asosan yagona tizimda majburiy tarzda ro‘yhatdan o‘tkaziladi. 

Tekshiruvlar 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

huzuridagi 

tadbirkorlik 



sub’ektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  vakil 

tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida va maxsus kod orqali amalga oshiriladi. 

 

NAZORAT SAVOLLARI 

1.  “Uzenergoinspeksiya” ning asosiy vazifalari nimadan iborat?

 

2.  Neft va gaz sohasida davlat nazorati deganda  nima tushuniladi?



 

3.  Energetika sohasida davlat nazorati qanday amalga oshiriladi?



 

4.  “Uzenergoinspeksiya” qanday  xizmatlarni ko‘rsatadi? 



5.  “Uzenergoinspeksiya” faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari? 

 

Download 117.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling