Energetika va atrof muhit Darsning maqsadi


Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri


Download 87 Kb.
bet3/6
Sana09.01.2022
Hajmi87 Kb.
#266378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Energetika va atrof muhit Darsning maqsadi

Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri

Hozirgi vaqtda Er yuzida ishlab chiqilayotgan elektr energiyasining 23 % gidroelektrostansiyalar hissasiga to`g`ri keladi. Suv resurslarining turli mintaqalarda turlicha joylashishiga ko`ra qurg`oqchil mamlakatlarda energetikaning bu sohasi rivojlanmagan. Rossiyada 20 % dan ko`proq elektr quvvati GES larda olinadi. O`zbekistonda esa bu ko`rsatkich 8,5 – 13 % (4,0 – 6,5 mlrd. KVt/s).

Gidroenergetika - energetika sohasida nisbatan ekologik xavfsiz va toza hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga ta’siri sezilarli darajada. Gidroelektrostansiyaning turbinalarini harakatga keltiruvchi kuch – bu suv oqimidir. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari qurish va ularda suv to`plashni taqozo qiladi.

Suv omborlarining tabiiy muhitga ta’siri nimada? Birinchidan, tekislik maydonlarda quriladigan suv omborlari yuzlab, minglab gektar unumdor erlarni egallaydi. Ikkinchidan, suv omborlari o`zlarining atrofidagi hududlardagi er osti suvlari sathining ko`tarilishiga, shu asnoda ekinzorlarning meliorativ holati yomonlashib, ikkilamchi sho`rlanish jarayonini keltirib chiqarishga sabab bo`ladi. Uchinchidan, suv ombori yaqinidagi hududlarda joylashgan aholi punktlari va muhandislik kommunikasiyalari suv toshqini xavfidan holi bo`lmaydi. Toshkent viloyati /azalkent shahrining yuqorisida qurilgan Chorvoq suv ombori Chirchiq daryosi vohasida joylashgan /azalkent, Chirchiq va Toshkent shaharlari uchun suv bosish xavfini tug`diradi. Tog`li hududlarda qurilgan suv omborlarining xavfi ancha kuchli bo`ladi. Ular er silkinishi va ko`chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari er ostidagi tektonik harakatlar natijasida bunday joylarda to`g`onlarning buzilish xavfi ham yuqori bo`ladi. 1960 yilda Hindistonda suv ombori to`g`onining buzilishi 15 ming kishining halok bo`lishiga sabab bo`ldi.

Suv omborlari qurilishi daryo oqimi yo`liga g`ov quyish bilan bajariladi. Bunda suv oqimi tranzit tizimdan tranzit akkumulyativ tizimga o`tadi, ya’ni suvda oqib kelayotgan biogen moddalar, kimyoviy zaharlar, og`ir metallar va radioaktiv moddalar to`g`onlarda qisman ushlab qolinadi va to`planadi.

Suv omborlarining tashkil qilinishi ularning joylashgan mintaqalari atmosfera havosiga ham ta’sir qiladi. Bunday joylarda suvning bug`lanib turishidan o`ziga xos mikroiqlim hosil bo`ladi - havoning harorati boshqa erlarga ko`ra odatda past bo`ladi, tumanli kunlar nisbatan ko`p bo`lib, quyosh radiasiyasi kamayadi, suv ombori va atrofdagi quruqlik er orasida issiqlik balansi o`zgarishidan shamolli kunlar ko`payadi. Buning oqibati dehqonchilikka ham ta’sir ko`rsatadi.

Yuqorida keltirilgan salbiy ta’sir holatlari ekotizmlarda o`z aksini topadi. Suv omborining tashkil qilinishi mahalliy joyning ekotizimlarini tubdan o`zgartirib yuboradi, to`g`onlarda to`plangan zararli moddalar esa ko`pgina suv organizmlari uchun ekologik vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Mana shu sabablarga ko`ra kelajakda jahon energobalansida gidroelektrostansiyalar ulushini 5 % dan oshirilmaslik ko`zda tutilmoqda.


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling